Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev


-rasm. Yonilg’i haydash nasosi



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

 
4.18-rasm. Yonilg’i haydash nasosi: 
a – tuzilishi; b – ishlash shakli; v – qo’l yuritmali haydash nasosining ish-
lash shakli. 
1-9 – porshenlar; 2 – korpus; 3 va 10 – haydash va kiritish klapanlari; 5 
– turtkich; 6 – shtok; 7 - qo’l yuritmali haydash nasosi; 8 – dastak; 11 – pru-
jina. 
Yonilg‘ini haydashdan oldin mayin tozalash filtrining ventili ochilishi za-
rur. Dastak porshen bilan birgalikda yuqoriga surilganda silindr ichida hosil 
bo‘ladigan siyraklanish ta‘sirida kiritish klapani (10) ochiladi va porshen 
tagidagi bo‘shliq yonilg‘i bilan to‘ladi. Dastak porshen bilan birgalikda pastga 
harakatlantirilganda (5.18-rasm, v) yonilg‘i bosim ta‘sirida kiritish klapanini 
yopadi, haydash klapani esa ochiladi va yonilg‘i haydash naychasi orqali 
mayin tozalash filtriga o‘tadi. Tizimdagi havo chiqarib bo‘linganidan keyin 
dastak pastga tushiriladi va havo surilmasligi uchun dastak silindr qopqog‘iga 
tiralguncha burab quyiladi. 


Havo filtrlari. 
Havo filtrlaridan foydalanish silindr porshen guruhi detal-
larining yeyilishini bir necha marta kamaytiradi, ular havoni qattiq zarrachalar-
dan iborat changdan tozalaydi. Avtomobillarda ikki pog‘onali inersion-moyli 
havo filtrlari va filtrlovchi elementlari almashtiriladigan quruq havo filtrlari 
keng tarqalgan. Inersion-moyli (kombinasiyalashgan) filtr korpus, qopqoq va 
ular orasida joylashgan filtrlovchi element dan tashkil topadi. Filtr korpusining 
pastki qismida shtamplangan moy vannasi B mavjud bo‘lib, unga motor moyi 
quyiladi. ZIL dvigateli filtrining yuqorida ko‘rilgan filtrdan asosiy farqi shun-
daki, unda dvigatel kapot va filtrning yuqorigi qismi oralig‘ida joylashgan pru-
jina bilan siqib turiladigan qo‘shimcha zichlovchi rezinali mufta mavjud. 
Dvigatel kapoti tagida maxsus zaslonka mavjud. Yilning sovuq paytlarida 
zaslonka prujina yordamida ochiq turadi va filtrga kapot tagidan qizigan havo 
o‘tadi. Issiq paytlarda zaslonka yopiladi va sovuq havo kapotdagi jalyuza 
tirqishlaridan o‘tadi. Dvigatel ishlayotganda kiritish quvuri yo‘lida hosil 
bo‘ladigan siyraklanish hisobiga havo yig‘gich - mufta orqali o‘tkazgich 
qopqog‘i tagiga va halqali tirqish orqali moy vannasiga, undan qaytargichga 
o‘tadi. 
Havo moyning ustiga urilib birdaniga harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi va 
filtrlovchi element tomon ko‘tariladi. Havo harakat yo‘nalishini o‘zgartirganda 
inersiya hisobiga changdagi yirik zarrachalar moy yuzasiga tushadi va korpus 
tubiga o‘tiradi. Filtrlovchi elementda tozalangandan keyin havo o‘tkazgich or-
qali karbyuratorga o‘tadi. 
Quruq tipdagi ikki pog’onali havo filtri
. 1 pog‘onada changni bunkerga 
to‘plovchi monosiklon xizmat qiladi. Dizel ishlayotgan paytda kirituvchi havo 
quvuri orqali suriladigan havo chang ajratgich orqali o‘tib filtr korpusiga 
yo‘naladi va korpusda aylanma harakatga keladi. Markazdan qochma kuch 
ta‘sirida changdagi zarrachalar korpus devoriga urilib bunkerga to‘planadi. 
Yirik zarrachalardan tozalangan havo qogozdan yasalgan filtrlovchi element va 
tozalangan holda chiqarish havo quvuri yo‘liga va undan dizelning kiritish 
kollektoriga o‘tadi. 
Filtrlovchi element teshiklarining ifloslanganlik darajasini nazorat qilish 
va o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish uchun havo tozalagichlarda indikator 
kiritilgan. U chiqarish havo quvur yo‘liga yoki kabinaga o‘rnatiladi. Indikator 
och rangli korpusdan iborat bo‘lib, uning tagidagi aylana bo‘ylab och qizil 
bo‘yoqqa bo‘yalgan porshen o‘rnatilgan. Agar havo tozalagichning filtrlovchi 
elementda tiqilib qolsa indikator avtomatik ravishda ishga tushadi. Kiritish 
quvur yo‘lida siyraklanishning oshib ketishi natijasida porshen prujina 
qarshiligini yengib, och rangli korpusga suriladi. Ko‘rish oynasida qizil buy-
oqqa bo‘yalgan porshenning bir qismi ko‘rinib qoladi. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish