Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev


§ 3.3 Aerodromni qordan tozalash mashinalari



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

§ 3.3 Aerodromni qordan tozalash mashinalari 
 
Qordan tozalashda qor kuraydigan mashinalar (plug-cho
'tkali, 
rotorli, 
pnevmatik, qoror tuvchi va kichik kuragichlar) va umumiy vazifadagi
 
mashi-
nalar (avtogreyder, tirkama greyder, buldozer) ishlatiladi. 
Plug-cho'tkali PM-130, KPM-64 va rotorli DE-211 (D-902), DE-220 
mashinalaridan foydalanganda SUQM ni yangi yoqqan qordan tozalash uchun, 
yondan esayotgan shamol kuchiga qarab, quyidagi sxemalar ishlatiladi: 
Shamol tezligi 3 m/s. gacha bo'lsa - SUQM o'qidan boshlab chetlarigacha 
aylanma sxema (41- rasm); 
shamol tezligi 3-5 m/s atrofida bo'lsa - shamol yo'nalishida SUQM enin-
ing 2/3 qismi, teskari yo'nalishda 1/3 qismi; 
 
 
3.4-rasm. SUQM ni plug-cho'tkali va rotorli mashinalar bilan 
aylanma sxemada tozalash; 
1-6- plug-cho'tkali mashinalar otryadi; 9- kuralmagan qor uyumlari. 
Shamol tezligi 5 m/sekunddan ortiq boisa - faqat shamol yo'nalishida, 
uyuladigan joydan teskari tomonga. Mashinalar mayatnik sxemasida 
yuradi va har bir o'tish oxirida 70-80° ga buriladi, cho'tkalar 56-60° ga 
buriladi. 


Plug-cho'tka-pnevmatik DE-224A, DE-224, shnek-rotorli DE-210, DE-H. 
frezer-rotorli D-558, DE-212S mashinalari ishlatilganda, plug-cho'tkali mashi-
nalar uchun yuqorida aytilgan sxema qo'llaniladi. Biroq maxsus uskunalar, ma-
salan, katta havo yoki gaz bosimi beradigan generatori bo'lsa, ishni aralash 
holda tashkil etish kerak. 
Pnevmatik mashinalar ishlatilganda, quyidagi sxemalardan biri tanlanadi: 
yonlama shamol tezligi 3 m/s gacha bo'lganda, SUQM o'qidan boshlab 
chetiga tomon tozalanadi; bir nechta mashina baravariga ishlatilishi mumkin
yonlama shamol tezligi 3m/s. dan ortiq bo'lganda, qor shamol yo'nalishida, 
SUQM ning bir chetidan ikkinchisi tomon tozalanadi. Bunda mashina bir 
tomonga qor kurab, ikkinchi tomonga bo'sh yuradi. 
Mashinaning birinchi o'tishi shamol esayotgan tomondan, qoplama cheti-
dan 6-7 m naridan boshlanadi. 
Qor kurash, odatda, u yog'a boshlagandan boshlanadi va uchish-q
o
'nishlar 
orasidagi vaqtdan iloji boricha ko'p foydalanishga harakat qilinadi, 
Uchishlarga ruxsat berilmagan va manfiy harorat bo'lgan paytda qor 
to'xtagandan keyin tozalash boshlanadi, aks holda, agar qor yomg'irga aylanib 
ketsa, qoplama yuzasida yaxmalak hosil bo'ladi. 
Uyib qo'yilgan qor zudlik bilan rotorli qor kuragichlar bilan chetga 
chiqarib tashlanadi yoki yondagi gruntli qismga bir tekis yoyib tashlanadi. Qor 
tozalash ishlarida qatnashayotgan mashinalar guruh-guruh bo'lib yoki patrul 
usuli bilan ishlaydi. Patrul usulini qo'llash uchun uchish-qo'nishlar orasidagi 
vaqt A,B klass aerodromlar uchun 30 min, qolgan klasslar uchun-25 minut 
bo'lishi ruxsat etiladi. Qor tozalash ishlarida shamolli (pnevmatik) mashi-
nalarga ko'proq e'tibor beriladi, chunki ular bilan ishlaganda ish unumi eng 
yuqori bo'ladi. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish