3 BOB. AERODROMLARNI MUZLASHGA QARSHI
KURASHUVCHI MASHINALARI VA MAXSUS TOZALOVCHI
MASHINALARI
§ 3.1 Aerodromni qordan tozalash chora va tadbirlari
20
asrning ikkinchi yarmiga kelib, boshqa sohalar kabi aviatsiya sohasi
ham jadal rivojlandi. Buning isbotini aerodromda xizmat ko‘rsatish
mashinalarining yaratilishi, qo‘l mexnatini bir muncha kamaytirib ish
unumdorligini oshishiga olib keldi.
Aerodrom erusti xizmati mashinalaridan eng asosiylari aerodromlarni
qordan tozalovchi mashinalardir. Hozirda bu
mashinalarning bir nechta
turlaridan foydalanib kelinmoqda. Aerodromni qordan tozalashdan maqsad
uchish apparatlari aerodrom hududida harakatlanganda erkin harakatlanishi,
sirpanib ketmasligi, uchish qo‘nish vaqtida bahtsiz hodisalarga uchramasligi
uchun qo‘llaniladi.
Zamonaviy qor tozalash mashinalar quyidagi
ishlarni bajarishga
moslashtirilgan:
Qorni surish
Qorni va suvni supirish
Qorni frezerli va rotorli mashinalar yordamida olib uloqtirish
Muzni eritish reagenti purkash va boshqa ishlarni bajaradi.
Bu mashinalarning ayrimlari ko‘p funktsiyali hisoblanib, bir nechta
ishlarni bajarishga mo‘ljallangan. Qor erigan va yomg‘ir yoqqanda faqat
supirish ishlari olib boriladi. Agar yo‘laklar muzlasa maxsus reagentlar
purkovchi mashinalar eritish ishlarini olib boradi.
Aerodromlarni qish mavsumida
tozalash eng murakkab, mehnat-talab va
mas'uliyatli vazifa, chunki qor kurash, zichlash, yaxmalakning oldini olish,
yo'qotish, qor to'sish kabi ishlar ko'plab mashin
ava mexanizmlarni talab
qiladi.
Aerodromni qishki ekspluatatsiyaga tayyorlashda sun'iy qoplamalar,
uchish maydonining gruntli qismi va suv qochirish qurilmalari capital yoki
joriy ta'mir qilinishi kerak, qor tozalovchi,
zichlovchi, muz ko'chi-mvchi va
boshqa texnika vositalari, traktorlar, tirkamalar taxt qilib qo'yilishi kerak;
yaxmalakka qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar, sirpanchiqqa qarshi yirik
donaliqum, ta'mirlar uchun qurilish materiallari tayyorlab qo'yiladi;
aerodromning tamg‘a belgilari tiklanadi, yangilanadi, ko'chmabelgilar
ta'mirlanadi
yoki yangisi tayyorlanadi; asosiy va zaxira UQM lari
ekspluatatsiyaga tayyorlanadi. Manfiy harorat boshlanishidan 2 oydan
kechiktirmay kuzgi-qishki davrdagi tadbirlar rejasi, qorto'sish, qor-
muzko'chirish ishlarining texnologik kartasi tuziladi. Texnologik kartalar
albomi (TKA) ga quyidagilar kiradi: aeroport sxemasi
va unda qoplamalarni
tozalash navbatlari va qor kurash ishlarida o'zaro aloqani tashkil etish sxemasi
ko'rsatilgan holda; qorni tashlash joyi; kerakli mexanizatsiya vositalari,
ularning texnik tavsiflarini ko'rsatgan holda. Uchish maydonini qordan tozalash
uchun texnologik karta tuzayotganda, qor o'rtacha va eng ko'p yog‘ishiga
mo'ljallanadi (meteostansiya ma'lumotlariga asoslanadi).
Yangi yoqqan qorning, erigan qor va suvning
qalinligini aniqlash uchun
metall chizg'ich, yanada aniqroq o'lchash uchun L.I. Goretskiy v aN.L.
Naumov konstruksiyasidagi o'lchagich ishlatiladi . O'lchagichning diski (2)
niqor (yomg'ir) ustiga tekkizib, sterjen (5) ni pastga, qoplama yuzasiga
tekkunicha tushiriladi. O'lchagichni vertical holda salgina zarb bilan
qo'yiladiki,
sterjen uchi qor qatlami, balchiq yoki suvdan o'tsin. Sterjendagi
shkalaga qarab, qalinlik millimetrlar bilan aniqlanadi. O'lchovlar SUQM ning
o'qibo'ylab, har 400 metrda, shuningdek, o'qdan 10-15 metr chapdava o'ngda
o'lchanadi. Natijalardan o'rta arifmetik qiymat chiqariladi (SUQM uzunligining
har uchdan bir qismi uchun). Masalan, balchiq qalinligi 4/5/3 degan yozuvdan
bilish kerakki, SUQM ning birinchi qismida qalinlik - 4 mm, ikkinchisida - 5
mm, uchinchisida - 3 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: