BO‘YOQLI TARKIBLAR
Reja:
1. Kukunsimon lak-bo‘yoq materiallari.
2. Materiallarga bo‘lgan talab.
3. Kukunsimon bo‘yoqlar.
4. Bezakli materiallar.
5. Kukunsimon yuqori himoyali va manzarali hususiyatlarga ega polimer qoplamalarni olish usuli.
6. Kukunsimon bo‘yoqlar.
7. Dispers kompozitsiyalar.
8. Qotiruvchilar, to‘ldiruvchilar, pigmentlar va maqsadli qo‘shimchalar.
9. Fizik va kimyoviy tarkib.
10. Kompozitsiyani tayyorlash.
11. Tashqi ko‘rinish va qoplama hususiyati.
12. Tayyor kukunsimon bo‘yoq po‘lat, alyuminiy, rangli materiallar, shisha, keramika, yog‘och, plastmassa va silikat materiallar.
Qurilishda bo‘yoqchilik ishlari
Yuzalarni bo‘yash ishlari bino konstruksiyalarini tashqi agressiv muhit ta’siridan himoyalash bilan birga dekorativ bezash hamda xonalarning sanitariya-gigiena holatini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi. To‘g‘ri tanlangan rang kishilar kayfiyatiga va ularning mehnat unumiga ijobiy ta’sir qiladi.
Bo‘yoqchilik ishlarini bajarish texnologiyasi ancha murakkab bo‘ladi. Bunda juda ko‘p jarayonlar bajariladi, har xil bo‘yoq aralashmalar va ashyolar ishlatiladi, turli mexanizmlar, asbob-uskunalar hamda moslamalardan foydalaniladi.
Yuzalar uch hil: oddiy, sifatli va yuqori sifatli qilib bo‘yalishi mumkin. Ular bir-biridan yuzalarni bo‘yashga tayyorlashda va bo‘yashda bajariladigan ishlarning soni bilan farq qiladi.
Oddiy qilib bo‘yash yordamchi xonalar, ombor va boshqa ikkinchi darajali xonalarni pardozlashda qo‘llaniladi.
Sifatli qilib bo‘yash turar joy, jamoat va sanoat binolarini pardozlashda qo‘llaniladi.
Teatr, vokzal, muzey va boshqa shu kabi noyob binolarning asosiy xonalarini yuqori sifatli qilib bo‘yab pardozlash tavsiya qilinadi.
Yuzalarni bo‘yashga tayyorlash
Bo‘yaladigan yuzalar bo‘yoq surtishdan oldin quritilgan, chang va kirdan tozalangan, suvalgan yuzalardagi g‘adir-budurliklar tekislangan, yoriqlar esa suvalgan bo‘lishi kerak.
Yog‘och-taxta buyumlarning yuzasini tayyorlashdayog‘och ko‘zlari va qotib qolgan smolalar 2-3 mm chuqurlikda qirqib (o‘yib) tashlanadi, keyin bu joylar shpaklyovka surtib berkitiladi hamda boshqa nuqsonlar ham to‘g‘rilanadi. Metall trubalar, radiatorlar va boshqa konstruksiyalarni bo‘yashga tayyorlash-da ularning yuzalari zang va moy dog‘lardan tozalanadi. Metall yuzalar po‘lat cho‘tkalar bilan, shuningdek, elektr cho‘tkalar va qum purkash apparatlari yordamida tozalanadi.
YUzani gruntovkalash unga bir-ikki marta, ba’zan esa, bo‘yash turiga qarab, uch marta grunt aralashma berib dastlabki grunt qatlam hosil qilishdan iborat.
Gruntlangan yuza avval surkash aralashmasi bilan yoki sidirg‘a shpaklyovkalanib tekislanadi. Yuzaga keyin qanday bo‘yalishiga qarab, elimli, moyli va lakli shpaklyovka beriladi. Suvalgan yuzalar yog‘och-taxta yoki metall yuzalardagi notekisliklar va mayda chuqurchalarga shpatel yoki maxsus mexanizmlar yordamida shpaklevka aralashmasi surtib to‘ldiriladi. Yuza bir-ikki marta shpatlyovkalanadi.
YUzalarni bo‘yash
Yuzani bo‘yashga tayyorlash ishlari: gruntovkalash, shpaklyovkalash, silliqlash ishlari tugallangandan so‘ng uni bo‘yashga kirishiladi. Yuzada bir xil tusdagi bo‘yoq parda hosil qilish uchun unga bo‘yoq aralashma bir marta, ba’zan esa ikki marta beriladi. Birinchi qatlam to‘liq quriganidan so‘ng ikkinchi qatlam beriladi, aks holda yuza yorilib ketadi. Bo‘yoq qatlam, odatda, mexanizmlar – bo‘yoq pultlar, purkagich-to‘pponchalar va boshqa mexanizmlar yordamida beriladi, uncha katta bo‘lmagan yuzalarga bo‘yoq qo‘lda cho‘tkalar bilan surtiladi. Bo‘yoq aralashmalar yupqa va tekis qilib surtiladi, bo‘yoq pardada cho‘tka qillarining izi qolmasligi, yuzaning hamma joyi bir tekis bo‘lishi kerak.
Yuzalarni bo‘yash uchun cho‘tkalar o‘rnida mo‘yna valiklardan foydalaniladi. Bunday valikni maxsus vannachadagi bo‘yoq aralashmaga tekizib olinadi. Vannachada valikka shimilgan ortiqcha bo‘yoqni siqib tashlash uchun to‘r bo‘ladi.
Yuzalar mexanizmlar yordamida bo‘yalganda mehnat unumi bir necha marta ortadi, bo‘yoqchilik ishlarining sur’ati tezlashadi.
Xona ichini bo‘yashda qo‘sh oyoqli narvon va engil so‘rilardan, bino tashqarisini bo‘yashda esa inventar havozalar va osma kajavalardan foydalaniladi.
Yuzalarni suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yash
Suvli bo‘yoqlar bilan, odatda, suvoq qilingan, g‘ishtin va beton yuzalar, hamda gips karton qoplangan yuzalar bo‘yaladi. Bino ichida bo‘yash ishlari bajarilganda suv-emulsiyali bog‘lovchilar qo‘llaniladi. Metall yuzalar suvli tarkiblar bilan bo‘yalmaydi, chunki bu korroziyani keltirib chiqarishi mumkin.
Yuzalarni bo‘yashdan oldin ularni tayyorlash va ularga ishlov berish kerak. Tayyorgarlik ishlari o‘z ichiga yuzalarni tozalashni, eski bo‘yoqlarni va chirklarni yo‘qotishni oladi.
Ishlov berishga bo‘yashdan oldin bajariladigan darzlarni yopish, ularni silliqlash, gruntovkalash, shpaklyovka qilish ishlari kiradi.
Suvli bo‘yoqlar bilan yuzalarni bo‘yash uchun asos tayyorlashda tekis yuza hosil qilish maqsadida turli hil shpaklevka va gruntlash vositalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |