a - vtulkani yonilg’i bilan to’ldirish. b - yonilg’ini forsunkaga uzatish, v -
yonilg’i uzatilishining to’xtatilishi. g - plunjerning yonilg’i uzatishi oshilgan
tomonga burilishi, d - yonilg’i uzatilayotganda plunjerning holati; I - plunjer.
2 - vtulka. 3 - haydash klapani o’rinligi. 4 - P shaklldagi kanalning kirituvchi
qismi. 5 - haydash klapani, 6 - prujina, 7 - vtulkaning o’tkazuvchi darchasi.
Yuksizlantiruvchi belbog‘cha klapanni o‘tqazishda yuqori bosim yonilg‘i
nasos naychasidan yonilg‘ining bir qismini so‘rib qoladi. Keyinchalik bosim
keskin pasayadi va forsunkadan yonilg‘ining aniq o‘tishi to‘xtaydi. Plunjerning
ishchi yurishi plunjer vtulkasining kiritish oynasi yuqorigi qirrasining yopilishi
tugashidan o‘tkazuvchi vintsimon ariqcha oynasi qirrasining ochila boshlashi-
gacha davom etadi. Yonilg‘ining plunjerning bir itaruvchi yurishida haydalishi
sikldagi uzatish deyiladi. Plunjerni gilzada tegishli burchakka burish bilan un-
ing ishchi yurishining davomiyligini o‘zgartirish mumkin (4.13-rasm, 2). Bun-
da yonilg‘i uzatishni boshlash momenti o‘zgarmaydi, lekin yonilg‘i uzatilishin-
ing tugashi ilgarilashi yoki kechikishi mumkin (plunjerning gilzadagi holatiga
qarab). Vintsimon ariqchaning qirrasi o‘tkazish darchasi tomonga aylangan ho-
latda plunjerning yuqorigi toresiga yaqin turganida yonilg‘ining uzatilishi il-
gariroq to‘xtatiladi. Ariqcha qirrasidan plunjer toresigacha bo‘lgan kichik
oraliq yonilg‘i uzatilishining qo‘shilishini boshlaydi (4.14-rasm, d). Har bir
seksiya tomonidan yonilg‘i uzatilishi tishli gardishga nisbatan rostlanadi.
Buning uchun siqiladigan vint oldindan bo‘shatib qo‘yiladi. Barcha nasos
seksiyalaridan uzatiladigan yonilg‘i miqdorlari nasosning tishli reykasining su-
rilishi hisobiga tishli gardishlar va buriluvchi
vtulka yordamida hamma plun-
jerlarni o‘z o‘qi atrofida bir vaqtda burab o‘zgartiriladi. O‘rganilayotgan na-
sosning korpusi ajralmaydigan kallakli moment konstruksiyaga ega. U quyma
gorizontal panjaralar bilan ikki qismga ajratiladi. Korpusning yuqorigi qismida
yonilg‘i nasosi seksiyalarini o‘rnatish uchun to‘rtta vertikal teshik mavjud.
Gorizontal parmalangan kanal P shakldagi yonilg‘i kanalini tashkil etadi
va u haydash nasosining yonilg‘i naychalari bilan birlashgan. Yonilg‘ini hay-
dash nasosiga uzatish shtuseriga o‘rnatilgan o‘tkazuvchi klapani P shakldagi
kanalda yonilg‘ini 0,1 MPa bosimda ushlab turadi. Nasos korpusining pastki
yarmida ikkita sharikli podshipnikda (barcha seksiyalar uchun umumiy) ku-
lachokli val o‘rnatilgan.
Kulachokli valda bir-biri bilan 90° burchakda yotadigan to‘rtta kulachok
joylashgan. Ikkinchi va uchinchi kulachoklar vali orasida ekssentrik mavjud
bo‘lib, u haydash nasosini harakatga keltiradi. Yonilg‘i nasosining kulachokli
vali shlisali vtulka yordamida yuritma shesternyasidan harakat oladi.
Shlisali
vtulka shponka yordamida kulachokli val bilan birlashgan va ikkita bolt hamda
shlisali shayba orqali yuritma shesternyasi bilan birlashgan. Shesternya
o‘rnatilgan flanes stupisada erkin o‘tqazilgan. Shesternyasining markaziy
teshigiga bronza vtulka presslab qoqilgan. Shayba bevosita vtulka yordamida
shlisaga belgilangan holatda o‘rnatiladi. Bu holat yonilg‘i nasosini belgilangan
yonilg‘i uzatish momentini buzmasdan echish va yig‘ishni ta‘minlaydi. Nasos
seksiyalari tomonidan yonilg‘i uzatishning umumiy momenta shlisali shaybani
nasos shesternyasiga nisbatan burish bilan o‘zgartiriladi. Buning uchun shay-
bada har 21° dan bitta radiusda bir nechta teshiklar parmalanadi.
Shesternyaning oldingi gupchak toresida har 22.5"
da rezbali teshiklar
bor. Bunday joylanishda bir-biriga qarama-qarshi faqat ikkita teshikchalar bor.
Agar shlisali shayba soat buralishiga teskari yo‘nalishda buralsa, yonilg‘i
uzatishni boshlash burchagi kamayadi. Soat strelkasi yo‘nalishi bo‘ylab key-
ingi juft teshiklari bir-biriga to‘g‘ri kelguncha buralsa forsunkaga yonilg‘i ber-
ishni boshlash momenti 3° oldin sodir bo‘ladi.
Yonilg‘i nasosi me‘yorda ishlab turganda har bir seksiya siqish taktida
porshenni YUCHN ga bir qancha gradus etmasidan forsunkalarga yonilg‘i
uzata boshlaydi. Agar qotiriladigan boltlarni shlisali shaybadan yonilg‘i nasosi
shesternyasiga o‘tkazilib, nasos seksiyalari yordamida yonilg‘i uzatishni
boshlashning umumiy momentini o‘zgartirish mumkin bo‘lsa, u holda har bir
seksiyadagi yonilg‘i uzatishni boshlash momenti turtkichning rostlovchi bolti
yordamida o‘zgartiriladi. Yonilg‘i nasosi detallarini
moylovchi moy yuqori
bosim bilan dvigatelning umumiy moylash tizimidan uzatiladi. Oldin
o‘rnatilgan yonilg‘i nasosidan KamAZ dizellarining yonilg‘i nasosining farqi
uning ikki qatorli, V shaklda hamda har bir qatorda to‘rttadan seksiya mavjud-
ligidadir.
Bunday yonilg‘i nasosning kulachokli vali nasos korpusiga o‘rnatilgan va
qopqoq bilan yopiladigan konussimon rolikli podshipniklarda aylanadi.
Konussimon podshipniklarning o‘qiy tirqishi rostlovchi qistirmalarni tan-
lab o‘rnatish bilan rostlanadi. Rostlagich nasosining orqa qismiga barcha rejim-
larda ishlaydigan mexanik rostlagich o‘rnatilgan. U
dvigatel yuklanishlariga
qarab silindrlarga uzatiladigan yonilg‘i miqdorini o‘zgartirish uchun xizmat qi-
ladi. Rostlagich o‘qlar yordamida yonilg‘i nasosining kulachokli valida erkin
o‘tiradigan to‘g‘in bilan birlashgan to‘rtta yukchadan iborat. Rostlagich yukla-
rining notekis aylanishini kamaytirish maqsadida val to‘g‘in
bilan spiral pru-
jina yordamida bog‘langan. Kulachokli val dumida tayanch sharik podshipnikli
rostlagich muftasi erkin yuradi. Rostlagichning orqa qismida o‘qda asosiy va
oraliq richaglari o‘rnatilgan. Oraliq richagi yuqoridan nasos reykasi tortqisi bi-
lan birlashtirilgan. Oraliq richagda rolik, kollektor va bo‘shatish prujinasiga
mahkamlangan shpilka joylashgan. Oraliq va asosiy richaglar orasida kerakli
burchakli erkin yurish joyini ta‘minlash uchun
ular bir-biri bilan boltlar
yordamida biriktirilgan. Asosiy richag rostlagich prujinasi yordamida
boshqarish richagi o‘qlarida mahkam o‘rnatilgan richaglar bilan bog‘langan.
Rostlagich prujinasini cho‘zilishdan saqlash maqsadida rostlagich kor-
pusining orqa devoriga yonilg‘ini me‘yorda uzatish uchun bolt va yonilg‘i
uzatishni to‘xtatish vinti burab kiritilgan.
Dizellarda ishlatilgan gazlarda yonmasdan qoladigan yonilg‘i zarrachalari
miqdorini va yonilg‘ining ekspluatatsion sarfini kamaytirish uchun
rostlagichda nadduv bo‘yicha tutunga qarshi kollektor o‘rnatilgan. YUBE na-
sosining bazaviy modeldan
UTNM nasosining farqi shundaki, rostlagich
qopqog‘ining o‘rniga NBK uzeli o‘rnatilgan va asosiy richag o‘zgartirilgan
(richag NBK bilan birlashtirilishi uchun yuqorigi qismi burlik qilib yasalgan).
Pnevmokamera shtuser va havo o‘tkazish naychasi orqali dizel turbokom-
pressori bilan bog‘lanadi. NBK dan foydalanilsa tugun miqdori kamayadi, bir
rejimdan boshqa rejimga o‘tayotgan vaqtda (yuklanish birdaniga pasaytiril-
ganda) nadduv bosimi yetarli bo‘lmaganida yonilg‘i uzatishni cheklanishiga
erishiladi. Rostlagich quyidagicha ishlaydi: dizel yurgizilayotganda boshqarish
richagi o‘q bo‘ylab vint ga tiralguncha buriladi.
Buning natijasida rostlagich va boyitkichning prujinalari cho‘ziladi(4.14-
rasm). Prujina (3) kuchi ta‘sirida richag (5) yonilg‘ini nominal uzatish bolti (6)
kallagiga tayanguncha chapga suriladi, boyitgich prujina (1)
esa richag va
yonilg‘i nasosi reykasini (2) (tortqi orqali) ham chapga suradi, yonilg‘ining
uzatilishi ortadi.
Dizel yurgizib yuborilgandan keyin tirsakli val aylanishlar chastotasining
oshishi yuk (11)larda markazdan qochma kuchning oshishiga olib keladi. Bu
esa prujina (3) kuchini yengib, mufta (8) ni o‘z richaglari bilan birga surib, un-
dan yonilg‘i nasosi reykasi bilan richag o‘ngga suriladi, yonilg‘ining uzatilishi
kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: