Grunt suvlari –
birinchi suv o’tkazmaydigan qatlam ustida hosil bo’lgan
va erkin yuzaga ega bo’lgan yer osti suvlari grunt suvlari deyiladi. Grunt
suvlarining paydo bo’lishi atmosfera yog’inlari va ustki suvlari bilan bog’langan.
Yerga shimilgan suv, suv o’tkazmaydigan qatlamga yetguncha o’z
og’irligi natijasida harakatni davom ettiradi. Suv o’tkazmaydigan qatlamga yetgan
so’ng, u yerda ushlanib ustki qatlamdagi tog’ jinslarini g’ovakliklarini,
bo’shliqlarini va yoriqlarini to’ldirib erkin yuza hosil qiladi. Suv o’tkazmaydigan
qatlam ko’pincha gilli tog’ jinslari (glina, og’ir suglinok) yaxlit ohaktoshlar, zich
qumtoshlar, magmatik tog’ jinslari va boshqalardan iborat bo’ladi. Grunt suvlari
erkin yuzaga ega bo’lib, bu yuza
Do'stlaringiz bilan baham: |