Kapillyar suvlar
– tog’ jinslaridagi juda kichik yoriq va bo’shliqlarni
to’ldiruvchi suvga aytiladi. Kapillar suvlar tog’ jinslarida kapillyar bo’shliqlar
orqali ko’tarilish hususiyatiga ega. Bu ko’tarilish ma’lum bir balandlikkacha
davom etadi, chunki suvga kapillar kuchlardan tashqari tortishish kuchi ta’sir etadi.
Kapillyar suvlar ta’sirida gidrostatik bosim hosil bo’ladi.
Erkin suvlar
– aeratsiya qavatida o’z og’irligi natijasida tog’ jinsi
g’ovaklarida pastga qarab harakatlanuvchi suvlardir. Ular ham tog’ jinslariga
gidrostatik bosim ko’rsatadi. Bu suvlarning harakati suv o’tkazmaydigan qatlamga
yetguncha davom etadi, so’ngra tog’ jinsi g’ovaklarini to’ldirib yer osti suvlarini
hosil qiladi. Tog’ jinslari esa suvga to’yingan qavatga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |