Z. N. Yulchiyeva, N. A. Mirashirova, sh. D. Usmanova, G. G. Kuvandikova, I. N. Mustafaeva, D. F. Hamroqulova kasbiy psixologiya oliy texnik ta’lim yo’nalishlari uchun darslik Toshkent 2021



Download 496,01 Kb.
bet54/141
Sana01.01.2022
Hajmi496,01 Kb.
#288079
TuriУчебник
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141
Bog'liq
2 5339106487409054110

Kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va rivojlantirish xodimlar faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Ularga kasbiy ziyraklik, idrok, kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasavvur kiradi. Ushbu xislatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy jihatdan muhim ma’lumotlarni esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurlarini rivojlantiradi.

Turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o’rnatish uquv mahorati hamda ko’nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish. Psixologik tayyorgarlik davomida xodimlar psixologik aloqa o’rnatish usullari va yo’llari tizimini egallashlari kerak. Ularda notanish kishilar bilan tezda aloqa o’rnatish va ularni o’ziga moyil qilish, odamlarning fikrini eshita olish, muloqot jarayonida psixologik to’siqlarni enga olish mahorati shakllangan bo’lishi kerak. Psixologik tayyorgarlik xodimlarning psixologik aloqa o’rnatish jarayonini engillashtirishga imkon beruvchi muayyan qoidalarni o’zlashtirishlarini taqozo etadi.

Hamkasblar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik usullarini qo’llash mahoratini takomillashtirish. Xodimlarda nizoli vaziyatni bartaraf etish mahoratini shakllantirish, ularga nizolarni hal qilish usullarini o’rgatish juda muhim. Xodimlar faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan odamlarga psixologik ta’sir ko’rsatishning ishontirish, majburlash, rag’batlantirish singari muayyan usullaridan mohirlik bilan foydalanishlariga bog’liq. Xodimlarda nizoli vaziyatda o’zini tutish, turli taktik usullarini qo’llash hamda nizoli vaziyatdan operativ maqsadda foydalanish ko’nikmalari ham shakllangan bo’lishi kerak.

O’zini tuta olish, psixologik barqarorlikni shakllantirish. Xodimlar kundalik amaliy ishlarida kasbiy harakatlarini bajarish sifatiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan ko’plab noqulay psixologik holatlar ta’siriga duch keladilar. Psixologik barqarorlik xodimlarning salbiy holatlar ta’siriga berilmaslik qobiliyatida namoyon bo’ladigan psixologik tayyorgarlikning muhim ko’rsatkichlaridan biri sifatida qaraladi. Bu o’rinda xizmat vazifalarini bajarish chog’ida mazkur qiyinchiliklarni oldindan ko’rish qobiliyatini shakllantirish muhim. Psixologik barqa- rorlikning shakllanganligi xodimlarga eng qiyin psixologik sharoitda o’z vazifalarini kamchiliksiz bajarishlariga yordam beradi. Bunga mashqlar va amaliy mashg’ulotlar jarayonida og’ir vaziyatlarni modellashtirish yo’li bilan erishish mumkin.

Shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga o’zini tutish va boshqarish usullarini o’rga- tish. Xodimlarning psixologik barqarorlik va og’ir vaziyatlarda o’zini tuta bilish qobiliyati ularda mas’uliyat, muvaffaqiyat- sizlikka chidash, tavakkalga moyillik va barqarorlik, o’zini boshqara olish, sobitlik kabi muayyan hissiy-irodaviy xislatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Xodimlar o’z xatti-harakatlari va his-tuyg’ularini nazorat qilish va boshqarish olishlari shart. Ular mashg’ulot va mashqlar jarayonida o’zlarini boshqarish, asabiy zo’riqishni yo’qotish, ichki imkoniyatlarni qo’yilgan vazifani bajarishga safarbar qilish usullarini egallashlari kerak.

Irodaviy faollik va irodaviy harakat ko’nikmalarini shakllantirish. Ish faoliyatida qiyinchiliklar va to’siqlarga duch keladilar. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchilik va to’siqlarni engishga undovchi irodaviy faollikni namoyish etishlariga to’g’ri keladi. Irodaviy harakat ko’nikmalarini rivojlantirishga mashg’ulotlar jarayonida qo’yilgan vazifani bajarishga to’sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to’siqlar kiritish yordam beradi. Bunday mashqlar jarayonida to’plangan irodaviy faollik tajribasi shaxs irodasini, irodaviy xislatlarini rivojlantirishga ta’sir etadi.

Ishdagi ruhiy zo’riqishlarga tayyorlik. Muxandis xodimlar faoliyatiga xos xususiyatlardan biri shundaki, ta’sir etuvchi omillar ko’pincha stress holatini keltirib chiqaradi, asab tizimiga haddan tashqari katta og’irlik tushadi. Bu, o’z navbatida, ular amalga oshiradigan faoliyat samaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shu bois xodimlar ushbu jarayonlar kechishining asosiy qonuniyatlari hamda qisqa vaqt ichida ish qobiliyatini tiklash va ortiqcha asabiy zo’riqishni bartaraf etishga yordam beradigan usullar (psixologik boshqaruv mashqlarini bajarish usullari) bilan tanish bo’lishlari lozim.

Turli kasblarning psixologik tuzilishida bilish faoliyati turli mazmunga ega bo’lishi mumkin. Bu bilish faoliyatining o’ziga xosligini belgilab beruvchi maqsad, ob’ekt, sharoit va usullarga bog’liq. Ichki ishlar organlari faoliyatdagi bilish jarayoni ham o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.

Bularning hammasi xodimlarda kasbiy jihatdan muhim bo’lgan va bilishning samaradorligini ta’minlaydigan xislatlarni rivojlantirish zaruratini keltirib chiqaradi. Muxandis xodimlarda bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlantirishda maxsus trening katta ahamiyat kasb etadi. Trening jarayonida mazkur xislatlar rivojlantiriladi.


Download 496,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish