Muxandis xodimlarining kasbiy qobiliyati va mahoratini takomillashtirishning etakchi omillaridan biri xodimlarni psixologik jihatdan tayyorlashdir.
Kasbiy faoliyat – bu ijtimoiy muhim faoliyat bo’lib, uni bajarish maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar, shuningdek, shaxsning kasbiy shartlangan sifatlarini talab etadi. Kasbiy faoliyat – bu mehnat faoliyati (E. F. Zeer).
Muxandis xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini oshirishda shaxsiy xislatlariga alohida talablar qo’yiladi. Ushbu faoliyat xodimlarda hissiy-irodaviy barqarorlikni rivojlantirish, zo’riqishni vujudga keltiruvchi omillar ta’siriga qarshi psixologik tayyorgarlikni shakllantirishni talab etadi.
Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning faoliyat tizimi va kasb mahoratining kompleks tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan va rivojlangan psixologik xususiyatlari majmui bo’lib, tergov, operativ xizmat va profilaktik faoliyatning o’ziga xos muhim psixologik xususiyatlariga javob beradi, ularni amalga oshirishning zarur shart-sharoitlari hisoblanadi. U to’rt guruhga kiruvchi tarkibiy qismlardan iborat:
xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo’naltirilganligi va his-tuyg’ulari (o’zi ishlayotgan vaziyatlarni psixologik jihatlarini va kishilarni tushunishga intilishi, qiziqishlari va ularni tushuna olishi);
- xodimning kasbiy mahorat va taktik faoliyat samara- dorligini oshirishga oid psixologik tayyorgarligi. Ushbu tayyorgarlik kasbiy mahorat samaradorligini oshirishda, kasbiy faoliyat tizimida psixologik sharoitlarni tushunish va ularni yarata olishda, kasbiy (nutqli va nutqsiz) harakatlarni amalga oshirishning psixologik vositalaridan mahorat bilan foydalanish, operativ xizmat vazifalarining samarali hal etilishini ta’minlovchi psixologik usullarning butun kompleksini mohirlik bilan qo’llay olishda namoyon bo’ladi;
xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi (kasbiy kuzatish samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va qoidalarni qo’llash mahoratini o’z ichiga oladi) rivojlangan kasbiy diqqatlilik, sezgi va tasavvur organlarining mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo’lgan vazifalar uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarni tez, to’liq va aniq esda olib qolish, xotirada yaxshi saqlash va to’g’ri bayon etish bo’yicha mashq qilganlik;
psixologik barqarorlik (xodimning tergov, operativ xizmat faoliyatining psixologik jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, xavfli va mas’uliyatli vaziyatlarda xotirjam va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon bo’ladi).
Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning psixologik bilimlarga egaligi muhim ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional ta’lim tizimiga psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo’nalgan tarzda oshirib borishning maxsus vazifalari, shakl va usullarini kiritish zarurligini ko’rsatmoqda. Bugungi kunda kasbiy mahorat – ichki ishlar organlarining faoliyat samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biridir.
Shu ma’noda muxandis xodimlarining kasbiy mahorati, xodimlarda operativ xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali bajarish uchun zarur bo’lgan xislatlarni shakllantirish, rivojlantirish va faollashtirish bo’yicha maxsus tashkil etilgan maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatish jarayonidir.
Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish va kasbiy qobiliyat hamda mahoratini rivojlantirishda ular ma’lum bir kasbiy yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim.
Xodimlar kasbiy mahorati mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin:
kasbiy jihatdan muhim bo’lgan bilish xislatlarini shakl- lantirish va rivojlantirish;
hamkasblar bilan psixologik aloqa o’rnatish ko’nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish;
operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish ko’nikmalarini shakllantirish;
fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik usullarini qo’llash mahoratini takomillashtirish;
og’ir vaziyatlarida o’zini tuta bilish, psixologik barqarorlikni shakllantirish;
shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga o’zini tutish va boshqarish usullarini o’rgatish;
irodaviy faollik va irodaviy harakat ko’nikmalarini shakllantirish;
ishdagi ruhiy zo’riqishlarga tayyor turish.
Do'stlaringiz bilan baham: |