Z. N. Yulchiyeva, N. A. Mirashirova, sh. D. Usmanova, G. G. Kuvandikova, I. N. Mustafaeva, D. F. Hamroqulova kasbiy psixologiya oliy texnik ta’lim yo’nalishlari uchun darslik Toshkent 2021


Kasbiy buzilish tushunchasi va ularning oldini olish yo’llari



Download 496,01 Kb.
bet55/141
Sana01.01.2022
Hajmi496,01 Kb.
#288079
TuriУчебник
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141
Bog'liq
2 5339106487409054110

Kasbiy buzilish tushunchasi va ularning oldini olish yo’llari.


Muxandis sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi navbatda, respublikamiz uchun har tomonlama etuk va munosib kadrlar tayyorlash masalasini kun tartibiga qo’ymoqda. Ayni damda olib borilayotgan islohot va kadrlar tayyorlash dasturlari e’tiborni xodimlarda mavjud kasbiy xususiyatlarga qaratishni, ularning jismonan, ma’nan sog’lomligi, dunyoqarashi, fikrlash doirasining kengligi, Vatan himoyasida o’z aqidalariga sodiqligi, o’quv va ish jarayonida axborot, bilim va tajribalarni o’zlashtirishda shaxsning psixik xususiyatlari dolzarb ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlamoqda.

Xush, xodimlarning kasbiy buzilishlariga qanday omillar sabab bo’lmoqda?

Masalan, Rossiyada bu muammoni bir qator ilmiy tadqiqotlar o’tkazish natijasida psixolog olim A.V.Budanov 3 ta asosiy omillar guruhiga bo’lib o’rgandi, ya’ni:


  • xizmat sohasining o’ziga xosligi (spetsifikasi);

  • shaxsiy fazilatlar omili;

  • ijtimoiy-psixologik omillar1.

Bu tadqiqotni o’tkazgan Rossiya psixologlari xodimlarning kasbiy buzilishlarini ularning ish tajribasi bilan solishtir- ganlarida quyidagi natijalarni taqdim qilganlar:

  1. besh yilgacha ishlagan xodimlarda kasbiy tanazzul arzimas bo’lib, bu toifa xodimlar xizmat sirini endi tushunib borayotgan- ligi bois kasbiy buzilish past darajada;

  2. 6–10 yil ishlayotganlarda – o’rtacha darajada;

  3. 11–15 yil ishlayotganlarda kasbiy buzilish darajasi juda yuqori;

  4. 15 yildan ortiq ishlayotganlarda esa axloqiy-kasbiy buzi- lishlar bo’lishi aniq.

Axloqiy-kasbiy buzilishning xavfli tomoni shundaki, uning eng past darajasi ham muxandis xodimlarining shaxsiy va xizmat qobiliyatlariga jiddiy zarar etkazadi.

Psixologik nuqtai nazardan bu muammoga xodimning shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib yondashish qabul qilingan.

Xodimlarning kasbiy buzilishida ularning shaxsiy xusu- siyatlari ta’sirini rus psixologi A. V. Budanov quyidagicha tahlil qiladi1:


  1. xodimning intellekti ta’siri (ya’ni, mustaqil fikrlash va mustaqil qaror qabul qilishi tormozlanadi, mustaqil tarzda o’z ustida ishlashi va kasb mahoratini oshirishda layoqatsiz bo’lib qoladi, ekstremal yoki kutilmagan vaziyatda qaror qabul qila olmaydi);

  2. shaxsiy salbiy sifatlar ta’siri (ochko’zlik, qo’pollik, tajovuzkorlik, faqat o’z manfaatlarini ko’zlash, bilimsizlik, to’porilik, o’z shaxsiga yuqori baho berish) kabi.

Bu xususiyatlar xizmat ta’sirida (vakolat doirasining keng- ligi, xizmat kiyimidan havolanish, hammaning diqqat-markazida bo’lish) xodimga yanada o’ziga yuqori baho berishiga sababchi bo’lib qolishi mumkin.

Muxandis xodimlari faoliyatining samarasini belgilovchi shaxsiy xususiyatlarini aniqlash uchun, avvalo, ushbu faoliyatning psixologik jihatlarini tahlil qilish, o’ziga xos tomonlarini aniqlash, shu orqali bu faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish va yo’lga qo’yish talab qilinadi.

Bundan tashqari, nomzodda xizmatda uchraydigan tashqi omillar ta’siriga ruhiy immunitetning rivojlanmaganligi, qaltis vaziyatda tez va aniq qaror qabul qila olish reaktsiyasining pastligi, o’ziga yuqori baho berishi, iroda qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi, dunyoqarashi va madaniyat darajasining pastligi tufayli xizmat boshlagandan keyin qisqa muddat ichida uning axloqiy jihatdan emirilishiga sabab bo’ladi.

Kasbiy tanazzul avvalo, shaxsning o’zida, keyinchalik esa uning harakatlari orqali kasb faoliyati va atrof-muhitidagi munosa- batlarda ifoda bo’lishni boshlaydi. Bu holat muxandis jamoalarida ham yuz berishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarga ruju qo’yish holati shu bo’lim yoki bo’linmada xizmat intizomining sustligiga dalil bo’la oladi.

Kasbiy tanazzulning xavfli tomoni shundaki, u «latent», ya’ni yashirin tarzda kechadi. Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, ko’pgina holatlarda xodimning mast tarzda xizmatga chiqishini, avvalo, rahbarlarning o’zlari (o’zlariga gap tegmasligi uchun) yashiradilar. Xodimlar psixologik, psixoterapevtlik yordamini psixiatriya xizmati bilan adashtiradilar va bu o’z o’rnida psixodiagnostika ishlarini qiyinlashtiradi.

Ularning xizmat vazifalariga quyidagilar kiritildi:



  • shaxsiy tarkibni bir yilda bir marotaba majburiy psixo- logik diagnostikadan o’tkazish hamda jamoadagi ruhiy muhitni o’rganish, xodimlarning individual xususiyatlari, psixologik holatlari, asab turg’unligi darajalari, qobiliyati, xizmatga yaroq- liligi, shaxsiy tarkibning xizmatdan qoniqganligi va xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash va hokazo;

  • xodimlar o’rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish, o’z joniga qasd qilish (suitsid) holatlari, xizmat faoliyati davomida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar va yo’l quyiladigan intizom buzilish sabablarini o’rganib, ularning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;

  • uzoq xizmat safaridan qaytgan xodimlarni xizmatga ko’nikma hosil qilishlariga ko’maklashish;

  • ishga yangi qabul qilingan xodimlar bilan psixologik usullarni qo’llab suhbat o’tkazish va boshqalar.

Bu yangilik muxandis xodimlarining kasbiy buzilishi, uning kelib chiqish sabablarini tugatish yo’llaridagi muhim qadamdir. xodimlarning obro’siga putur etkazishi mumkin. Shuning uchun kasbiy buzilishning oldini olish, unga yo’l qo’ymaslik bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Muxandis xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olishda asosan qo’yidagi yo’nalishlardagi chora-tadbirlarni qo’llash tavsiya etiladi.

  1. Professional faoliyatni tashkil etish sohasida:

– har bir xodimni tanlash va ishga tayinlashda qiziqishlarini inobatga olish;

  • xodimlarga aniq vazifalar, topshiriqlar berish, ularning bajarilishi uchun barcha chora-tadbirlarni ko’rish;

  • xodimlarga hamkasblar bilan muomala qilish madaniyatini, ruhiy aloqa o’rnatish mahoratini o’rgatish;

  • xizmat vazifasini bajarishda ishga ijodiy yondashuvchi, chigal masalalarning echimini tezlikda topuvchi, muammolarni hal qilishda ilm-fan yutuqlaridan unumli foydalanuvchi xodimlarni taqdirlash, izzat-hurmatini joyiga qo’yish;

  • qo’l ostidagilarni o’z ishini o’zi tahlil qilishga, o’zini o’zi nazorat qilishga o’rgatish;

  • xodimlarning bo’sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun, oilasining tinchligi, hayotining sermazmun bo’lishi uchun g’amxo’rlik qilish;

  • o’zgalarga ruhiy ta’sir o’tkazish usullarini amalda qo’llash- ni o’rgatish va xodimni janjalli va qo’rqinchli vaziyatlarda ishlashga ruhiy jihatdan tayyorlash ishlarini amalga oshirish;

– jismonan chiniqtirish va chidamliligini oshirish.

  1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida:

– xodimlarda ilmiy dunyoqarashni, axloqiy-huquqiy e’tiqodni, g’oyaviy-siyosiy madaniyat va irodaviy xislatlarni, qisqacha aytganda, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish;

  • ularni tanqid va o’z-o’zini tanqid ruhida tarbiyalash;

  • iroda va xarakter kuchini chiniqtirish;

  • jinoyatchilar dunyosining ta’siriga qarshi tura olish qobi- liyatini hosil qilish;

  • xizmatda va turmushda shaxsiy namuna orqali ta’sir ko’rsa- tish;

  • tarbiyalash jarayonida o’rgatish va majburlash, rag’batlantirish va jazolash usul va vositalaridan unumli foydalanish;

  • jamoada sog’lom ruhiy muhitni vujudga keltirish;

  • qo’l ostidagilarning yashash sharoitlarini, dam olishini yaxshilash borasida g’amxo’rlik qilish;

  • tarbiyaning barcha turlarini, usul va vositalarini, prin- tsiplarini birga qo’shib olib borish, ayniqsa, huquqiy va axloqiy tarbiyaning uzviy birligiga asosiy e’tiborni qaratish;

  • xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf- odatlari va tili bilan bog’liq qadriyatlardan tarbiya jarayonida milliy g’ururni o’stirish va milliy ongni shakllantirishda unumli foydalanish.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, muxandis xodimlar kasbiy buzilishlarining oldini olish asosan ikki yo’nalishda, ya’ni umumiy chora-tadbirlar va bevosita chora-tadbirlarni qo’llash asosida olib boriladi.

Shunday ekan qonunga bo’ysunish yuksak huquqiy onglilik, jamiyat va davlat manfaatlarini chuqur tushunib etish, ijtimoiy burch, ya’ni o’z qilmishlari uchun davlat oldida javobgarlik tuyg’usi bilan uzviydir. Qonunlarga itoatkor har bir fuqaro qonunlarning talablari jamiyatning yuksak manfaatlarini ifoda etishini, huquqiy qonunlarga rioya qilish faqat xalq manfaatlariga emas, balki uning o’z manfaatlariga ham xizmat qilishini yaxshi tushunadi. Mazkur ma’noda qonunlarga itoat qilishni xalq birligi va kuch-qudratining manbai deb atash mumkin.



Download 496,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish