Z. N. Yulchiyeva, N. A. Mirashirova, sh. D. Usmanova, G. G. Kuvandikova, I. N. Mustafaeva, D. F. Hamroqulova kasbiy psixologiya oliy texnik ta’lim yo’nalishlari uchun darslik Toshkent 2021



Download 496,01 Kb.
bet57/141
Sana01.01.2022
Hajmi496,01 Kb.
#288079
TuriУчебник
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   141
Bog'liq
2 5339106487409054110

Nazorat uchun savollar:

1. Muxandis xodimining ijtimoiy ongi va uning asosiy funktsiyalarini izohlang.

2. Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat qanday o’rin tutadi?

3. Kasbiy buzilishning sabablari va ularni hal etish yo’llari qanday?

4. Kasbiy buzilishning oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

5. Professiografiya nima

6. Muxandis xodimlar faoliyatiga psixologik tavsif.

7. Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat.

VI-BOB. KASBIY TANLOVNING UMUMIY MASALALARI VA UNING TUZILISHI
Kasbiy shakllanishda kasbiy sifatlar va taraqqiyot
Kasbiy shakllanishda kasbiy sifatlar va taraqqiyot bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir: kasbiy sifatlar bir tomondan kasbiy taraqqiyot jarayonida shakllansa, boshqa tomondan –shaxsning mutaxassis sifatida namoyon bo’lishining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Amaliy jihatdan bu quyidagilarni anglatadi: yangi ijtimoiy-iqtisodiy dinamik sharoitda o’z sha’niga ega bo’lish, raqobatda sinmaslik, farovon kelajakni ta’minlash uchun mutaxassis doimiy rivojlanishda bo’lishi, qolaversa, ijtimoiy va mehnat sharoitida o’zining mavqeini tahlil qilib borishi lozim. Shuning uchun kasbiy sifatlarni tadqiq qilishning zamonaviy yo’nalishi shaxsning ijtimoiy va kasbiy taraqqiyoti jarayoni bilan bog’liq jihatlarni o’rganish hisoblanadi.

Kasbiy shakllanish individning mutaxassisga aylanish sifatida insonning o’zi haqidagi, kasbiy va ijtimoiy muhitdagi mavqei haqidagi tasavvurlarining o’zgarishi, qolaversa, yangi kasbiy sifatlarni o’zida tarkib toptirishi, keng ma’noda aytadigan bo’lsak – shaxsning kasbiy o’z-o’zini anglashi bilan hamohanglikda kechadigan jarayondir. Kasbiy shakllanish inqirozlari davrida kasbiy sifatlar yaqqol namoyon bo’ladi.

Kasb tanlashga yo’llash - umuminsoniy madaniyatni shakllantirish jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodning kasbiy tiklanishi, tabiat in’om etgan (tug’ma) layoqatlarini rivojlantirishga ko’maklashish, insonga kasbiy o’zligini anglashiga yordam beruvchi maxsus chora-tadbirlar majmuasi bo’lib, uning imkoniyat va ehtiyojlarini xisobga olgan holda, bandlik va maqbul ta’lim turini tanlash ishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo’lgan ehtiyojlarda jamiyatning g’amxo’rligi sifatida namoyon bo’ladi.

Kasb tanlashga yo’llashning bosh maqsadi o’ziga xos usullar yordamida mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va aholining samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat.

Kasb tanlashga yo’llashning asosiy maqsadi - yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda ta’lim yunalishini tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo’lgan extiyojidan kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.

Kasb tanlashga yo’llash quyidagi ikki asosiy vazifani xal qilishga qaratilgan:

- mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish xisobiga mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustaxkamlash;

- shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o’z qiziqishlari, moyillik va imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy jihatdan tezroq uni o’zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.

Kasb tanlashga yo’llash ishining pirovard natijasi ijtimoiy - iqtisodiy omil bo’lib, shaxsga ham, davlatga ham real foyda keltiradi.

Kasb tanlashga yo’llashda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:

- kasb tanlashga yo’llash xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;

- iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o’rganish va prognoz kilish orkali jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;

- shaxsni kasb tanlashga yo’llash va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;

- O’zbekiston fuqarolarining va (lozim bo’lganda) boshqa davlat fuqarolarining o’qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb tanlashga yo’llash xizmatlaridan foydalanishga teng xuquqligi;

- kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi;

- kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi;

- kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob’ektivligi, maxfiyligi va tavsiyaviy xarakterda ekanligi;

- kasb tanlashga yo’llash xizmatlari xodimlarining kasbiy axloq normalariga rioya etishligi.

Kasb tanlashga yo’llash ishlarining asosiy ob’ekti:

- umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1 - 11 sinf o’kuvchilari;

- oliy o’kuv yurtlari talabalari va kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari;

- ishdan bo’shashi kutilayotganlar;

- ish qobiliyati cheklangan shaxslar.


Download 496,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish