4.Kasbiy buzilish tushunchasi va ularning oldini olish yo‘llari
Muhandis sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi
navbatda, respublikamiz uchun har tomonlama yetuk va munosib
kadrlar tayyorlash masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda. Ayni damda
olib borilayotgan islohot va kadrlar tayyorlash dasturlari e’tiborni
xodimlarda mavjud kasbiy xususiyatlarga qaratishni, ularning jismo-
nan, ma’nan sog‘lomligi, dunyoqarashi, fikrlash doirasining kengligi,
Vatan himoyasida o‘z aqidalariga sodiqligi, o‘quv va ish jarayonida
axborot, bilim va tajribalarni o‘zlashtirishda shaxsning psixik
xususiyatlari dolzarb ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlamoqda.
Xo‘sh, xodimlarning kasbiy buzilishlariga qanday omillar sabab
bo‘lmoqda?
Masalan, Rossiyada bu muammoni bir qator ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazish natijasida psixolog olim A.V.Budanov 3 ta asosiy omillar
guruhiga bo‘lib o‘rgandi, ya’ni:
–
xizmat sohasining o‘ziga xosligi (spetsifikasi);
–
shaxsiy fazilatlar omili;
–
ijtimoiy-psixologik omillar
1
.
137
Bu tadqiqotni o‘tkazgan Rossiya psixologlari xodimlarning
kasbiy buzilishlarini ularning ish tajribasi bilan solishtirganlarida
quyidagi natijalarni taqdim qilganlar:
5)
besh yilgacha ishlagan xodimlarda kasbiy tanazzul arzimas
bo‘lib, bu toifa xodimlar xizmat sirini endi tushunib borayotganligi
bois kasbiy buzilish past darajada;
6)
6–10 yil ishlayotganlarda – o‘rtacha darajada;
7)
11–15 yil ishlayotganlarda kasbiy buzilish darajasi juda yuqori;
8)
15 yildan ortiq ishlayotganlarda esa axloqiy-kasbiy buzi-
lishlar bo‘lishi aniq.
Axloqiy-kasbiy buzilishning xavfli tomoni shundaki, uning eng
past darajasi ham muhandis xodimlarining shaxsiy va xizmat
qobiliyatlariga jiddiy zarar yetkazadi.
Psixologik nuqtayi nazardan bu muammoga xodimning shaxsiy
xususiyatidan kelib chiqib yondashish qabul qilingan.
Xodimlarning kasbiy buzilishida ularning shaxsiy xususiyatlari
ta’sirini rus psixologi A. V. Budanov quyidagicha tahlil qiladi
1
:
3)
xodimning intellekti ta’siri (ya’ni mustaqil fikrlash va
mustaqil qaror qabul qilishi tormozlanadi, mustaqil tarzda o‘z ustida
ishlashi va kasb mahoratini oshirishda layoqatsiz bo‘lib qoladi,
ekstremal yoki kutilmagan vaziyatda qaror qabul qila olmaydi);
4)
shaxsiy salbiy sifatlar ta’siri (ochko‘zlik, qo‘pollik, tajo-
vuzkorlik, faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlash, bilimsizlik, to‘porilik,
o‘z shaxsiga yuqori baho berish) kabi.
Bu xususiyatlar xizmat ta’sirida (vakolat doirasining kengligi,
xizmat kiyimidan havolanish, hammaning diqqat-markazida bo‘lish)
xodimga yanada o‘ziga yuqori baho berishiga sababchi bo‘lib
qolishi mumkin.
Muhandis xodimlari faoliyatining samarasini belgilovchi
shaxsiy xususiyatlarini aniqlash uchun, avvalo, ushbu faoliyatning
psixologik jihatlarini tahlil qilish, o‘ziga xos tomonlarini aniqlash,
shu orqali bu faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari tizimini
ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish talab qilinadi.
Bundan tashqari, nomzodda xizmatda uchraydigan tashqi
omillar ta’siriga ruhiy immunitetning rivojlanmaganligi, qaltis
138
vaziyatda tez va aniq qaror qabul qila olish reaksiyasining pastligi,
o‘ziga yuqori baho berishi, iroda qobiliyatlarining yaxshi
rivojlanmaganligi, dunyoqarashi va madaniyat darajasining pastligi
tufayli xizmat boshlagandan keyin qisqa muddat ichida uning
axloqiy jihatdan yemirilishiga sabab bo‘ladi.
Kasbiy tanazzul avvalo, shaxsning o‘zida, keyinchalik esa uning
harakatlari orqali kasb faoliyati va atrof-muhitidagi munosa- batlarda
ifoda bo‘lishni boshlaydi. Bu holat muhandis jamoalarida ham yuz
berishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish holati shu
bo‘lim yoki bo‘linmada xizmat intizomining sustligiga dalil bo‘la oladi.
Kasbiy tanazzulning xavfli tomoni shundaki, u «latent», ya’ni
yashirin tarzda kechadi. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pgina
holatlarda xodimning mast tarzda xizmatga chiqishini, avvalo, rahbar-
larning o‘zlari (o‘zlariga gap tegmasligi uchun) yashiradilar. Xodimlar
psixologik, psixoterapevtlik yordamini psixiatriya xizmati bilan adash-
tiradilar va bu o‘z o‘rnida psixodiagnostika ishlarini qiyinlashtiradi.
Ularning xizmat vazifalariga quyidagilar kiritildi:
–
shaxsiy tarkibni bir yilda bir marotaba majburiy psixologik
diagnostikadan o‘tkazish hamda jamoadagi ruhiy muhitni o‘rganish,
xodimlarning individual xususiyatlari, psixologik holatlari, asab
turg‘unligi darajalari, qobiliyati, xizmatga yaroqliligi, shaxsiy
tarkibning xizmatdan qoniqganligi va xodimlar o‘rtasidagi
munosabatlarni aniqlash va hokazo;
–
xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish,
o‘z joniga qasd qilish (suitsid) holatlari, xizmat faoliyati davomida
yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar va yo‘l quyiladigan intizom
buzilish sabablarini o‘rganib, ularning oldini olish chora-tadbirlarini
ishlab chiqish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;
–
uzoq xizmat safaridan qaytgan xodimlarni xizmatga
ko‘nikma hosil qilishlariga ko‘maklashish;
–
ishga yangi qabul qilingan xodimlar bilan psixologik
usullarni qo‘llab suhbat o‘tkazish va boshqalar.
Bu yangilik muhandis xodimlarining kasbiy buzilishi, uning
kelib chiqish sabablarini tugatish yo‘llaridagi muhim qadamdir.
xodimlarning obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Shuning uchun
139
kasbiy buzilishning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik bugungi
kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Muhandis xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olishda asosan
qo‘yidagi yo‘nalishlardagi chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
3.
Professional faoliyatni tashkil etish sohasida:
–
har bir xodimni tanlash va ishga tayinlashda qiziqishlarini
inobatga olish;
–
xodimlarga aniq vazifalar, topshiriqlar berish, ularning
bajarilishi uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish;
–
xodimlarga hamkasblar bilan muomala qilish madaniyatini,
ruhiy aloqa o‘rnatish mahoratini o‘rgatish;
–
xizmat vazifasini bajarishda ishga ijodiy yondashuvchi,
chigal masalalarning yechimini tezlikda topuvchi, muammolarni hal
qilishda ilm-fan yutuqlaridan unumli foydalanuvchi xodimlarni
taqdirlash, izzat-hurmatini joyiga qo‘yish;
–
qo‘l ostidagilarni o‘z ishini o‘zi tahlil qilishga, o‘zini o‘zi
nazorat qilishga o‘rgatish;
–
xodimlarning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari
uchun, oilasining tinchligi, hayotining sermazmun bo‘lishi uchun
g‘amxo‘rlik qilish;
–
o‘zgalarga ruhiy ta’sir o‘tkazish usullarini amalda qo‘llash-
ni o‘rgatish va xodimni janjalli va qo‘rqinchli vaziyatlarda ishlashga
ruhiy jihatdan tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
– jismonan chiniqtirish va chidamliligini oshirish.
4.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida:
–
xodimlarda ilmiy dunyoqarashni, axloqiy-huquqiy e’tiqodni,
g‘oyaviy-siyosiy madaniyat va irodaviy xislatlarni, qisqacha
aytganda, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish;
–
ularni tanqid va o‘z-o‘zini tanqid ruhida tarbiyalash;
–
iroda va xarakter kuchini chiniqtirish;
–
jinoyatchilar dunyosining ta’siriga qarshi tura olish
qobiliyatini hosil qilish;
–
xizmatda va turmushda shaxsiy namuna orqali ta’sir
ko‘rsatish;
140
–
tarbiyalash jarayonida o‘rgatish va majburlash, rag‘batlan-
tirish va jazolash usul va vositalaridan unumli foydalanish;
–
jamoada sog‘lom ruhiy muhitni vujudga keltirish;
–
qo‘l ostidagilarning yashash sharoitlarini, dam olishini
yaxshilash borasida g‘amxo‘rlik qilish;
–
tarbiyaning barcha turlarini, usul va vositalarini, prin-
siplarini birga qo‘shib olib borish, ayniqsa, huquqiy va axloqiy
tarbiyaning uzviy birligiga asosiy e’tiborni qaratish;
–
xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf- odatlari
va tili bilan bog‘liq qadriyatlardan tarbiya jarayonida milliy g‘ururni
o‘stirish va milliy ongni shakllantirishda unumli foydalanish.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, muhandis xodimlar
kasbiy buzilishlarining oldini olish asosan ikki yo‘nalishda, ya’ni
umumiy chora-tadbirlar va bevosita chora-tadbirlarni qo‘llash
asosida olib boriladi.
Shunday ekan qonunga bo‘ysunish yuksak huquqiy onglilik,
jamiyat va davlat manfaatlarini chuqur tushunib yetish, ijtimoiy
burch, ya’ni o‘z qilmishlari uchun davlat oldida javobgarlik tuyg‘usi
bilan uzviydir. Qonunlarga itoatkor har bir fuqaro qonunlarning
talablari jamiyatning yuksak manfaatlarini ifoda etishini, huquqiy
qonunlarga rioya qilish faqat xalq manfaatlariga emas, balki uning
o‘z manfaatlariga ham xizmat qilishini yaxshi tushunadi. Mazkur
ma’noda qonunlarga itoat qilishni xalq birligi va kuch-qudratining
manbai deb atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |