birinchisi
kasbiy
taraqqiyotga, shaxsning o‘z ustida ishlashiga yo‘naltirilgan,
150
ikkinchisi
esa, kasbiy shakllanishning ijtimoiy tomonlari va
omillariga yo‘naltirilgandir.
M.Argayl 1970-yillarning boshlaridayoq kasbiy sifatlar va
individning kasbiy shakllanishi orasidagi bog‘liqlik haqida yozib
qoldirgan. Shu bilan bir qatorda o‘zida quyidagilarni mujassamlash-
tirgan murakkab jarayon sifatida ko‘rib chiqilgan: kasbiy treninglar,
faoliyatni amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar va
standartlarni o‘zlashtirish, kasbiy guruh doirasida xulq-atvor
normalarini tushunish va boshqalar. Aynan mehnat jamoasidagi
boshqa shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik individga o‘zi egallab
turgan kasbning aniq standartlarini o‘zlashtirish imkonini beradi.
Dj.Sonenfeld kasbiy sifatlar kasbiy taraqqiyot jarayonida
yuzaga kelishi va shakllanishini aytib o‘tgan. Kareraning o‘sishi
turli kasbiy sifatlarning o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Alohida, xususiy
kasbiy sifatlardan biroz umumiyroq konseptual sifatlarga o‘tish
sodir bo‘ladi. Aynan konseptual sifatlar lavozimidagi o‘sishni va
kasbiy taraqqiyotning bosqichini aniqlab beradi.
R.Finchman ishlarida asosiy e’tibor kasbni egallash jarayonida
kasbiy talablar, axloqiy normalar, qadriyatlarni anglashga
qaratiladi. Kasbiy sifatlarining shakllanish jarayoni insonga kasbiy
o‘z-o‘zini boshqarish imkonini beruvchi kasbiy taraqqiyot
davomidagi individual xususiyatlar va ijtimoiy ta’sirlarning o‘zaro
muvofiqligi sifatida namoyon bo‘ladi.
S.Djoshli o‘zining ijtimoiy tadqiqotlarida Rim aholisining
kasbiy sifatlari va mavqeini tahlil qilib, shunday xulosaga kelgan:
kasbiy sifatlar faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, kasbning rasmiy va
norasmiy mavqeining o‘zaro muvofiqligi asosida shakllanadi.
Faoliyat haqidagi mavjud tasavvurlar bilan muvofiq kasb nomlari
o‘ziga yarasha me’yoriy talablarga egadir va shuning uchun ham
o‘z-o‘zidan shaxsga ma’lum ma’noda ta’sir o‘tkazadi. Faoliyat
mazmunidan tashqari kasbiy sifatlarga munosabatlar tizimi,
insonning boshqalar bilan o‘zaro hamkorligi ham ta’sir qiladi.
K.Mak-Goven va L.Xartlar asosiy urg‘uni o‘z tarkibiga kasbiy
rollarni amalga oshirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va
kasbiy sifatlar tarkibini rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus
151
bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni qamrab oluvchi ijtimoiy
o‘rganish jarayoniga qaratadilar.
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvo-
fiqligi g‘oyasi “psixoijtimoiy sifatlar” tushunchasida to‘laligicha aks
ettirilgan bo‘lib, u kasbiy taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan
bog‘liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu bilan shaxs taraqqiyoti va fao-
liyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli alohida ko‘rsatib
o‘tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning ijtimoiy
sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so‘ng ommalashib ketdi.
Faoliyat va o‘zaro hamkorlikni o‘zlashtirish natijasida shakllanuvchi
ijtimoiy sifatlar ishchilar guruhining o‘zaro munosabatlariga hamda
individning kasbiy taraqqiyotiga ta’sir o‘tkazadi.
Kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishda kasbiy muhit
ta’sirida inson o‘zining verbal va noverbal xatti-harakatini qayta
qurish vaziyatlari batafsil yoritilgan adabiyotlarga e’tibor qaratish
lozim. Shunday qilib, inson xulq-atvorining faoliyat va mehnat
jamoasi talablari bilan muvofiqligini tadqiq qilish Dj.Xollandning
tipologik nazariyasi, faoliyatga yaroqlilik nazariyalarida o‘z aksini
topdi. Bu yondashuvlar doirasida faoliyat va ijtimoiy muhitning
mehnat natijasi va mehnatdan qoniqqanlikka, individual salomatlik
va boshqalarga ta’sirining turli aspektlari o‘rganilgan.
A.Mishel va S.Vortning bank xodimlarida olib borgan tadqi-
qotlarida kuzatishimiz mumkin. Bunda mualliflar umumiy faoliyat-
dagi hamkasblarning qiziqishlari qanday qilib yangi kasbiy sifatlar-
ning yuzaga kelishi, shaxsning individual sifatlari va kognitiv jara-
yonlari o‘zgarishiga ta’sir qilishini ko‘rsatib berganlar. Mualliflar
“Men”ni tushuntirish uchun kognitiv yoki ijtimoiy madaniy
omillarni qo‘llash lozimligini ta’kidlaydilar. Ularning ishlarida
kasbiy sifatlar guruh madaniyatining tashkiliy darajasiga o‘zaro
ta’sir qiluvchi u yoki bu omillarning ta’siri ostida shakllanadi.
Kasbiy sifatlar boshqa insonlar bilan suhbat jarayonida
namoyon bo‘ladi va subyektlarning muloqotchanlik xarakteriga
bog‘liq bo‘ladi.
Boshqa nuqtayi nazarga ko‘ra kasbiy sifatlar – bu dinamik, shu
bilan bir qatorda muvozanatlilik jarayonidir. Har bir davrda ijtimoiy
152
va iqtisodiy vaziyatlar ta’sirida inson o‘ziga nisbatan turlicha
munosabatda bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda inson ba’zida tarixdagi
voqeliklarni inkor eta olmaydi. Amerikalik sotsiologlar P.Berger va
T.Lukmanlarning ta’kidlashicha, kelajakda barcha ijtimoiylashgan
insonlar “o‘zlariga xiyonat” qiladilar. Shaxsiy xoinlik aynan
“Men”ni u yoki bu vaziyatda qanday bo‘lganligiga bog‘liq.
O‘zining yangi sifatlarini qabul qilish va kasbiy sifatlarini
qayta qurish uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. P.Vaynrich o‘zining
tadqiqotlarida Dj.Kellining shaxs tuzilishi testining zamonaviy
interpretatsiyasini qo‘llab, repertuarlar yacheykasi texnikasi
yordamida kasbiy sifatlar tuzilishini tahlil qilib beradi. Kasbiy
sifatlar tuzilishi o‘zida asosiy uchta blokni mujassamlashtiradi:
elementlar tizimi, o‘zaro ta’sir holatlari tizimi va mavjud faoliyatlar
tizimi; birinchi va uchinchi tizimlar kasbiy sifatlar tuzilishining
asosiy komponenti hisoblanadi. Shaxs tuzilishi normativ madaniy
ahamiyatlilik darajasidan kelib chiqqan holda sodir bo‘lib, u
individual biografiya bilan shartlangan muhim xususiyatga egadir.
Shuning uchun ham shaxs konsepsiyasi va faoliyatida ijtimoiy va
predmetlar olamini eksperimental tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
shaxsiy ustanovkalar namoyon bo‘ladi.
Shaxsiy taraqqiyot va kasbiy shakllanishning ijtimoiy
kontekstini muvofiqligi muammosi kasbiy sifatlarni tadqiq qiluvchi
jahon olimlarining ishlarida ham o‘z aksini topgan.
L.B.Shneyder asos solgan kasbiy sifatlarni tatbiq qilishning
zamonaviy yo‘nalishida ushbu fenomen kasbiy o‘z-o‘zini anglash
sifatida ko‘rib chiqiladi, bunda shaxs o‘zini muayyan bir kasb va
mehnat jamoasining vakili sifatida anglaydi, o‘z menining kognitiv
emotsional xulq-atvor jihatidan tavsiflashda o‘zini ishini
boshqalardan farqli ekanligini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |