Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

Xodimlar kasbiy mahorati mazmuniga 
quyidagilarni kiritish 
mumkin: 

kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan bilish xislatlarini shakl- 
lantirish va rivojlantirish; 

hamkasblar bilan psixologik aloqa o‘rnatish ko‘nikmalarini 
takomillashtirish va rivojlantirish; 

operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga 
kirishish ko‘nikmalarini shakllantirish; 

fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli 
vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik usullarini qo‘llash 
mahoratini takomillashtirish; 

og‘ir vaziyatlarida o‘zini tuta bilish, psixologik barqarorlikni 
shakllantirish; 

shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlantirish, 
xodimlarga o‘zini tutish va boshqarish usullarini o‘rgatish; 


134 

irodaviy faollik va irodaviy harakat ko‘nikmalarini 
shakllantirish; 

ishdagi ruhiy zo‘riqishlarga tayyor turish. 
Kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan bilish xislatlarini shakl- 
lantirish va rivojlantirish 
xodimlar faoliyatining samaradorligini 
ta’minlaydi. Ularga kasbiy ziyraklik, idrok, kuzatuvchanlik, xotira, 
tafakkur va tasavvur kiradi. Ushbu xislatlarni rivojlantirishga 
qaratilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy jihatdan muhim 
ma’lumotlarni esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish 
samaradorligini oshiradi, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurlarini 
rivojlantiradi. 
Turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish uquv 
mahorati hamda ko‘nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish. 
Psixologik tayyorgarlik davomida xodimlar psixologik aloqa 
o‘rnatish usullari va yo‘llari tizimini egallashlari kerak. Ularda 
notanish kishilar bilan tezda aloqa o‘rnatish va ularni o‘ziga moyil 
qilish, odamlarning fikrini eshita olish, muloqot jarayonida 
psixologik to‘siqlarni yenga olish mahorati shakllangan bo‘lishi 
kerak. Psixologik tayyorgarlik xodimlarning psixologik aloqa 
o‘rnatish jarayonini yengillashtirishga imkon beruvchi muayyan 
qoidalarni o‘zlashtirishlarini taqozo etadi. 
Hamkasblar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli 
vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik usullarini qo‘llash 
mahoratini takomillashtirish. X
odimlarda nizoli vaziyatni bartaraf 
etish mahoratini shakllantirish, ularga nizolarni hal qilish usullarini 
o‘rgatish juda muhim. Xodimlar faoliyatining samaradorligi ko‘p 
jihatdan odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsatishning ishontirish, 
majburlash, rag‘batlantirish singari muayyan usullaridan mohirlik 
bilan foydalanishlariga bog‘liq. Xodimlarda nizoli vaziyatda o‘zini 
tutish, turli taktik usullarini qo‘llash hamda nizoli vaziyatdan 
operativ maqsadda foydalanish ko‘nikmalari ham shakllangan 
bo‘lishi kerak. 
O‘zini tuta olish, psixologik barqarorlikni shakllantirish. 
Xodimlar kundalik amaliy ishlarida kasbiy harakatlarini bajarish 
sifatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab noqulay psixologik 


135 
holatlar ta’siriga duch keladilar. Psixologik barqarorlik xodim-
larning salbiy holatlar ta’siriga berilmaslik qobiliyatida namoyon 
bo‘ladigan psixologik tayyorgarlikning muhim ko‘rsatkichlaridan 
biri sifatida qaraladi. Bu o‘rinda xizmat vazifalarini bajarish 
chog‘ida mazkur qiyinchiliklarni oldindan ko‘rish qobiliyatini 
shakllantirish muhim. Psixologik barqa- rorlikning shakllanganligi 
xodimlarga eng qiyin psixologik sharoitda o‘z vazifalarini 
kamchiliksiz bajarishlariga yordam beradi. Bunga mashqlar va 
amaliy mashg‘ulotlar jarayonida og‘ir vaziyatlarni modellashtirish 
yo‘li bilan erishish mumkin. 
Shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlantirish, 
xodimlarga o‘zini tutish va boshqarish usullarini o‘rgatish. 
Xodimlarning psixologik barqarorlik va og‘ir vaziyatlarda o‘zini 
tuta bilish qobiliyati ularda mas’uliyat, muvaffaqiyatsizlikka 
chidash, tavakkalga moyillik va barqarorlik, o‘zini boshqara olish, 
sobitlik kabi muayyan hissiy-irodaviy xislatlarni shakllantirishni 
taqozo etadi. Xodimlar o‘z xatti-harakatlari va his-tuyg‘ularini 
nazorat qilish va boshqarishlari shart. Ular mashg‘ulot va mashqlar 
jarayonida o‘zlarini boshqarish, asabiy zo‘riqishni yo‘qotish, ichki 
imkoniyatlarni qo‘yilgan vazifani bajarishga safarbar etish usullarini 
egallashlari kerak. 
Irodaviy 
faollik 
va 
irodaviy 
harakat 
ko‘nikmalarini 
shakllantirish. Ish faoliyatida 
qiyinchiliklar va to‘siqlarga duch 
keladilar. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchilik va to‘siqlarni 
yengishga undovchi irodaviy faollikni namoyish etishlariga to‘g‘ri 
keladi. 
Irodaviy 
harakat 
ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga 
mashg‘ulotlar jarayonida qo‘yilgan vazifani bajarishga to‘sqinlik 
qiluvchi muayyan elementlar, to‘siqlar kiritish yordam beradi. 
Bunday mashqlar jarayonida to‘plangan irodaviy faollik tajribasi 
shaxs irodasini, irodaviy xislatlarini rivojlantirishga ta’sir etadi. 
Ishdagi ruhiy zo‘riqishlarga tayyorlik. 
Muhandis
 
xodimlar 
faoliyatiga xos xususiyatlardan biri shundaki, ta’sir etuvchi omillar 
ko‘pincha stress holatini keltirib chiqaradi, asab tizimiga haddan 
tashqari katta og‘irlik tushadi. Bu, o‘z navbatida, ular amalga 
oshiradigan faoliyat samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois 


136 
xodimlar ushbu jarayonlar kechishining asosiy qonuniyatlari hamda 
qisqa vaqt ichida ish qobiliyatini tiklash va ortiqcha asabiy zo‘ri-
qishni bartaraf etishga yordam beradigan usullar (psixologik bosh-
qaruv mashqlarini bajarish usullari) bilan tanish bo‘lishlari lozim. 
Turli kasblarning psixologik tuzilishida bilish faoliyati turli 
mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Bu bilish faoliyatining o‘ziga 
xosligini belgilab beruvchi maqsad, obyekt, sharoit va usullarga 
bog‘liq. Ichki ishlar organlari faoliyatdagi bilish jarayoni ham 
o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. 
Bularning hammasi xodimlarda kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan 
va bilishning samaradorligini ta’minlaydigan xislatlarni rivojlan-
tirish zaruratini keltirib chiqaradi. Muhandis xodimlarda bilish 
xislatlarini shakllantirish va rivojlantirishda maxsus trening katta 
ahamiyat kasb etadi. Trening jarayonida mazkur xislatlar rivojlan-
tiriladi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish