183
xo‘jaligida funksional amal qilish jarayonida va xhalqaro
aloqalar sohasiga xizmat ko‘rsatuvchi o‘ziga
xos pul
munosabatlarini yig‘indisidir. Valyuta munosabatlari jahon
valyuta tizimini asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Valyuta
munosabatlarining ahvoli quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
- milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga;
- siyosiy ahvolga;
- jahon bozorida davlatlar aro munosabatlar borasidagi
muammolarga
va
bunday
muammolarning
rivojlanish
tendensiyalariga.
Jahon valyuta bozoridagi moliyaviy vositachilar nafaqat o‘z
mijozlarini topshiriqlariga muvofiq, balki o‘z tashabbuslari bilan
va o‘z manfaatlarida ham operatsiyalarni amalga oshiradilar.
Valyuta munosabatlarining paydo bo‘lishi, o‘zgartirilishi
yoki tugatilishining huquqiy asoslari bo‘lib,
xalqaro kelishuvlar
va davlatning ichki qonun va qoidalari hisoblanadi.
“Bugungi zamonaviy holatlarda banklar faoliyatda uchrashi
kuzatilayotgan holatlardan biri – bu valyuta operatsiyalari bilan
bog‘liq risklarni tashqi iqtisodiy ko‘rsatgichlar
bilan uzviy
bog‘liqligidir”, deb ukrainalik olimalar o‘zlarining iqtisodiy
tahlillarida keltirib o‘tganlar.
Valyuta munosabatlarining ahvoli quyidagilarga bog‘liq
bo‘ladi:
- milliy va jaxon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga;
- jaxon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi
muammolarga
va
bunda
muammolarning
rivojlanish
tendensiyalariga.
Valyuta munosabatlarining asosiy
ishtirokchilari sifatida
xalqaro moliyaviy tashkilotlar, davlatlar,
davlatlarning rezident
va norezident shaxslari maydonga chiqadi.
Rezident shaxslar – bu muayyan davlat hududida
yashayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan hamda shu davlatning
fuqarosi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Norezident shaxslar –
bu muayyan davlat xududida
184
yashayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan, lekin shu davlatning
fuqarosi bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslardir. Masalan,
elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va kompaniyalarining
filiallari va shu kabilar.
Tovarlar, xizmatlar, kapital
va ish kuchining bir
mamlakatdan boshqa mamlakatga pul oqimi yordamida o‘tishi
bu harakatlarni yo‘lga qo‘yish va tartibga solishni taqozo yetdi.
Tarixan oldin xalqaro huquq me’yorlarini hisobga olgan,
milliy qonunchilik bilan mustahkamlangan milliy valyuta
tizimlari vujudga kelgan. Milliy valyuta tizimi nisbatan mustaqil
bo‘lib,
milliy chegaradan chiqsa ham, mamlakat pul tizimining
tarkibiy qismi hisoblanadi.(1-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: