Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/55
Sana20.06.2022
Hajmi1 Mb.
#683180
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
DINSHUNOSLIK

ISLOMDA 
BELgILANgAN 
BESH FARZ


65
Nabiy – arab tilida «xabarchi», «xabar yetkazuvchi» ma’no-
larini anglatadi. Alloh tomonidan alohida kitob va shariat nozil 
qilinmagan va avvalgi payg‘ambarning kitob va shariatini 
insonlarga targ‘ib qilganlari nabiylar deb ataladi (Ismoil, Is
'
 
hoq, 
Yoqub, Zakariyo kabi).
Rasul – arab tilida elchi ma’nosini anglatadi. Alloh tomonidan 
alohida kitob va shariat berilgan payg‘ambarlar rasullar darajasiga 
erishgan hisoblanadi. Masalan, Ibrohim, Muso, Iso kabilar. 
Ibrohimga yuzta sahifa, Musoga Tavrot va Isoga Injil nomli 
kitoblar nozil qilingan bo‘lib, bu bilan birga o‘zlariga xos shariat 
ham berilgan. Muhammad alayhissalom ham kitob va shariat 
berilgan payg‘ambarlardan bo‘lib, unga Qur’oni karim nozil 
qilingan va unda maxsus shariat berilgan.
Imon so‘zining lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq 
bo‘lib, istilohda esa «La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh» 
(«Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad uning payg‘ambari») 
kalimasini til bilan aytib, dil bilan tasdiqlash demakdir. Imonning 
yetti sharti bor: Allohning borligi va birligiga imon keltirish, 
ya’ni Allohning barcha ismlari va sifatlariga imon keltirish. 
Farishtalarning borligiga imon keltirish. Ilohiy kitoblarga imon 
keltirish. Payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish va hokazo. 
Quyidagi jadvalga qarang:
ISLOM DINIDA BELgILANgAN IMONNINg YETTI SHARTI
1
Allohning borligi va birligiga imon keltirish
2
Farishtalarning borligiga imon keltirish
3
Ilohiy kitoblarga imon keltirish
4
Payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish
5
Oxirat kuniga ishonish
6
Taqdirga e’tiqod qilish
7
O‘limdan keyin qayta tirilish muqarrarligiga ishonish
Alloh taolo insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun pay-
g‘ambarlar yuborgan. Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari zikr 


66
etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming 
ekanligi bayon qilingan.
Oxirat kuniga ishonish.
Dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi 
uning intihosi ham bor. Islom ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo bir 
sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun 
mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti 
mavjud.
Taqdirga
– inson boshiga tushgan yaxshilik va yomonlik 
Allohdan ekaniga e’tiqod qilish.
O‘limdan keyin qayta tirilish.
Islom ta’limotiga ko‘ra, 
qiyomat kuni bo‘lganda barcha insonlar qabrlaridan turadilar 
va mahshargoh maydoniga yig‘iladilar. U yerda barcha odamlar 
dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do‘zax)
ga mahkum etiladilar.
Qur’oni karim.
Qur’oni karim – Alloh taolo tarafidan 23 yil 
mo baynida Payg‘ambar Muhammad alayhissalomga oyat-oyat, 
sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob Islom 
dinining muqaddas manbasi hisoblanadi.
«Qur’on» – arabcha «qara’a» (o‘qimoq) fe’lidan olingan. Qu-
r’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo‘lak bo‘lib, eng 
kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o‘z ichiga oladi. Qur’onda 
jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on matnlarini 
taqsimlashning turli yo‘llariga ko‘ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto, 
6666 tagacha belgilangan. Bu har xillik Qur’on nusxalarining bir-
biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha 
taqsimlanganligini bildiradi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish