Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik


? TAKRORLASH UcHUN SAVOLLAR



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/55
Sana20.06.2022
Hajmi1 Mb.
#683180
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
DINSHUNOSLIK

?
TAKRORLASH UcHUN SAVOLLAR
1. Xristianlikning vujudga kelishi haqida gapirib bering.
2. Xristianlik ta’limoti va manbalari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3. Xristianlikda nechta asosiy yo‘nalishlar mavjud?
4. Pravoslav oqimining katolik oqimidan farqlari nimada?
5. Cherkovni isloh qilish harakatlari natijasida xris tian likda yana 
qanday oqimlar yuzaga keldi?
6. Respublikamizda hozirgi kunda xristianlikning qaysi oqimlariga 
mansub cherkovlar faoliyat yuritmoqda?
7. Xristian missionerligi haqida nimalarni bilasiz?


59
7-§. Jahon dInlaRI. ISloM
Istiqlol sharofati bilan mamlakatimizda ijtimoiy adolat qaror 
topib, madaniy merosimiz, milliy va diniy qadriyatlar rivoji 
uchun imkoniyatlar yaratildi. Muhimi, ko‘hna tariximizga 
munosabat tubdan o‘zgarib, uning ma’naviy- ruhiy ildizlaridan 
biri – Islom dini asoslari to‘g‘ri talqin etilmoqda. Zero, Birinchi 
Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, 
«Biz musulmon dini 
haqida gapirganda, avvalo, Alloh va uning rasulini, o‘zimizga 
ruhan yaqin bo‘lgan ulug‘ allomalarimiz, ulug‘ imomlarimizni 
tasavvur qilamiz. Mana shu qutlug‘ zaminimizda tug‘ilib voyaga 
yetgan, muborak nomlarini butun islom dunyosi cheksiz ehtirom 
bilan tilga oladigan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, 
Xoja Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Abdulxoliq 
G‘ijduvoniy, Zamaxshariy kabi piri komillarimizni nazarda 
tutamiz. Ma’naviy hayotimizni mana shu ulug‘ nomlar bilan 
bog‘laymiz»
1
.
Ma’lumki, islom dini bizning yurtimizda VIII asrning 
birinchi choraklarida muqim ravishda qaror topib, mahalliy 
xalqlar tomonidan qabul qilingan. Ulug‘ ajdodlarimiz bu 
dinning manbalari Qur’on va hadislar bilan tanishib, ularning 
mazmun -mohiyatini atroflicha idrok etib, chuqur anglagandan 
keyin, bu insonni ma’naviy kamolotga, ijtimoiy taraqqiyotga 
undaydigan buyuk bir ta’limot, beqiyos hayotiy falsafa 
ekanligiga komil ishonch hosil qildilar.
1
 
Karimov I.A. 
Аlloh qalbimizda, yuragimizda // Biz kelajagimizni o‘z 
qo‘limiz bilan quramiz. – Т.: «O‘zbekiston», 1999, 7-jild. B. 352–353.


60
Islomning haqiqiy insonparvarlik, bunyodkorlik g‘oyalari, 
uning yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etganligi ota-
bobolarimiz tomonidan qalban va chin yurakdan qabul qilinib, 
ularning haqiqiy e’tiqodiga zamin yaratdi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda yetishib chiqqan, jahon ilm-
fani va madaniyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan allomalar 
tavalludlari xalqaro miqyosda nishonlanib, ularning ma’naviy-
ilmiy merosini chuqur o‘rganish va xalqimizga yetkazish 
bo‘yicha qator e’tiborga molik ishlar amalga oshirilayotganligini 
alohida ta’kidlash joiz.
Islom Konferensiyasi Tashkilotining Ta’lim, fan va ma-
daniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmasi (ISESCO) 
tomonidan 2007-yilda poytaxtimizga «Toshkent – islom 
madaniyati poytaxti» degan yuksak maqom berilishining 
o‘ziga xos tarixiy va zamonaviy asoslari mavjud. Ushbu yuksak 
maqom jannatmakon diyorimizdagi islom obidalarini asrlar 
davomida madaniyat durdonalari sifatida e’zozlab kelayotgan 
xalqimiz imon-e’tiqodi, qadriyatlarining yana bir karra e’tirof 
etilishini bildiradi.
Islom dini vujudga kelmasdan oldingi davr o‘rta asr 
manbalarida johiliya deb yuritiladi. Johiliya so‘zi arab tilida 
johillik, bilimsizlik, nodonlik ma’nolarini beradi. Bu so‘z 
Arabistonning islomdan oldingi davriga nisbatan ishlatiladi. 
Chunki bu davrda arablar orasida al-Vasaniyya – ko‘pxudolik 
hukm surib, ular yakkaxudolik e’tiqodidan bexabar edilar. 
Bundan tashqari xalq orasida qizlarni tiriklayin ko‘mish, 
mayxo‘rlik va boshqa axloqiy buzuqliklar keng yoyilgan edi. 
Islom dini kelganidan keyin bunday johilona odatlarga chek 
qo‘yildi va undan oldingi davr «johiliya davri» deb atala 
boshlandi.
Arabiston aholisi yurtlarining jug‘rofiy joylashuvi jihatidan 
ikki qismga bo‘linadi: O‘troq arablar – Yaman, Hadramavt va 
Ummon kabi janubdagi unumdor mintaqalarda joylashgan bo‘lib, 
ularni janub arablari ham deyiladi.


61

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish