Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Boiajak o'qituvchi o'z nutqini takomillashtirishi



Download 1,26 Mb.
bet46/54
Sana13.01.2020
Hajmi1,26 Mb.
#33693
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
2- курс Хт МАЖМУА 2-КУРС барча таълим йуналишлари 2018-2019 Word (6)


Boiajak o'qituvchi o'z nutqini takomillashtirishi uchun ta'lim va tarbiy a jarayonida quyidagi yo'nalishlarga doimiy amal qilib borishi lozim:

- o'zbek adabiy tili qonuniyatlari va normalarini mukammal bilishi;

- o'z-o'zini va nutqiy faoliyatini muntazam nazorat qilishi;

- o'zining nutqiy madaniyatini doimiy rivojlantirib borishi;

- nutqiy muloqotnint barcha holatlarida adabiy nutq qoidalarini egallash uchun o'ziga sharoit yaratishi.

O'z-o'zini nazorat va ifodali nutq malakalarini rivojlantirish uchun o'qituvchi o'z nutqiy faoliyatini kuzatishi, u jonli, xilma-xil, hissiy bo'-yoqlimi yoki bir xil monotonlimi, bilib borishi lozim.

Nutqingizni tayyorlash va mashq qilish jarayonida o'zingiz mustaqil ravishda quyidagi savollarga javob toping:

Tinglovchilarda qanday fikr uyg'otmoqchiman?

Auditoriyada ijobiy muhitni qanday kayfiyat asosida yaratmoq-chiman?

Nutq mazmuni va sharoiti qanday intonatsiya va ritmni talab etadi?

Har qanday ta'lim-tarbiyaviy mashg'ulot oldidan bir necha bor o'z nutqingizni yozib olib (audiodisk, diktofon) tinglang va xatolaringizni tuzatishga harakat qiling, nutqingizni qaytarib mashq qiling. Nutqingizni rang-barang badiiy-adabiy so'zlar bilan boyiting. O'z taassurotlaringizni qo'shgan holda boyitib, to'ldirib boring. O'qituvchi nutqining mukam-malligi, tozaligi, ta'sirchanligi bilan o'quvchilar e'tiborini jalb qiladi, ular qalbiga yo'l topadi, hech qanday qiyinchiliksiz kasbiy pedagogik faoli-yatida duch keladigan barcha ziddiyatlarni bartaraf etadi. Natijada o'qi­tuvchi pedagogik faoliyatda aslo toliqmaydi, asab tizimi doimo sogiom bo'ladi.
Mavzuni o 'zlashtirish uchun savollar


  1. O'qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko'nikma va malaka-lardan iborat?

  2. Pedagogik texnika tushunchasi ikki guruhga bo'linib o'rganiladi, ularga ta'rif bering?

  3. Pedagogik texnikaning muhim hususiyatlari nimalardan iborat?

  4. "O'qituvchi-murabbiy professiogrammasi"da talqin etilgan peda­gogik hislatlari?

  5. O'qituvchi harakatlarida aktyorlikka xos xususiyatlarga ta'rif be­ring?

  6. T.Sodiqovaning falsafiy fikri: pedagogik texnika va "murabbiylik shartlari"ga o'z mulohazalaringizni bildiring?

  7. O'qituvchining tashqi ko'rinishida pedagogik texnikaning qanday holatlari muhim ahamiyat kasb etadi?

  8. O'qituvchining pedagogik faoliyatida mimik va pantomimik harakatlar qanday ahamiyatga ega?

  9. O'qituvchining o'z hissiy holatlarini nazorat qilishida qanday fao-liyat turlari muhim rol o'ynaydi?

  10. Yosh o'qituvchilar o'z shaxsiy pedagogik texnikasini takomil-lashtirish uchun nimalarga e'tibor berishlari Iozim?

  11. Pedagogik texnikaning ko'nikma va malakalarini takomillash-tirishjarayoni?

  12. Nutq texnikasida nutqning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

  13. Nutqning to'g'riligi va ravonligi, aniqligi va ta'sirchanligiga ta'rifbering?

  14. Nutqning mantiqiyligi deganda nimani tushunasiz?

  15. Til va nutq bir-biridan qanday farqlanadi: ularning qiyosiy tahlili?

  16. O'qituvchi nutqiy faoliyatining komponentlari nima, ularni izohlang?

  17. O'qituvchining nutq madaniyatini rivojlantirish vositalari?

  18. Nutning ta'sirchanligi va ifodaliligi qanday namoyon boiishini ta'riflab bering?


Talabalarning mustaqil tayyorgarligi uchun topshiriqlar

Quyidagi mavzular asosida reja tuzing va o'z fikr - mulohazala-ringizni bildirib, "Mustaqil ish" yozing:



  1. "Pedagogik texnikaning o'qituvchi kasbiy faoliyatidagi o'rni"

  2. "O'qituvchining pedagogik texnikasini takomillashtirishda hozirgi kun talablari".

  3. "O'rta Osiyoda notiqlik san'atining rivojlanishi".

  4. "Hozirgi kunda o'qituvchi nutq madaniyatini takomillashtirish muammolari".



Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

  1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. //Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; "Sharq", 1997, 20-29 betlar.

  2. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi qonuni. //Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; "Sharq", 1997, 31-61 betlar.

  3. Karimov LA. Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish. -Toshkent, "O'zbekiston", 2009. - 24 bet.

  4. Karimov LA. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: "O'zbe­kiston", 2009. - 176 b.

  5. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maho-rat - Toshkent, TDPU, 2003.

  6. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o'qituvchisining psixologi-yasi.- T.: O'zbekiston, 1999. - 29 b.

  7. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism: Pedagogika nazariyasi. (M.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar) - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2007. -380 b.

  8. Sodiqova T. Murabbiy kim?... - T.: "Toshkent islom universiteti", 2006. - 83 b.

  9. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.- 149 b.

8-MAVZU. O’QITUVCHI MEHNATINI ILMIY TASHKIL ETISH. O’Z-O’ZINI TARBIYALASH VA O’Z USTIDA ISHLASH. PEDAGOGIKA TAJRIBANI TO’PLASH TIZIMI.
Reja:


  1. Hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik faoliyati.

  2. Dars-ta’lim jarayonining asosiy shakli.

  3. Ta’lim jarayonida o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar va ijodiy kayfiyatni boshqarish.

  4. O‘qituvchining ta’lim jarayonida kasbiy omilkorligi.

  5. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi.


O‘qituvchi - pedagogik va psixologik jihatdan o‘z ixtisosligi bo‘yicha maxsus ma’lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga boy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir.

Hozirgi kunda o‘qituvchining pedagogik mahoratida “bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash” kabi didaktik qonuniyatlar ta’lim berishning muhim kategoriyalari sifatida e’tirof etilgan.

O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarining ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilgan. CHunonchi bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi:

“Tarbiyachi-ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan bahramand qilishi, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”.



Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur?

  • Avvalo u o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim beradigan fanlardan pedagogik texnologiyalarga asolangan ma’ruza, seminar, amaliy va labaratoriya mashg‘ulotlarini ta’minlashi.

  • Pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o‘quvchilar o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi metodlarni pedagogik va axborot texnologiyalarning so‘nggi yutuqlarini uyg‘unlashtirish malakasiga ega bo‘lishi;

  • Ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish mazmuniga mos ravishda pedagogik tizimni loyihalay olish;

  • Ta’lim beradigan fanlar turkumini rivojlantirish istiqbollarini ochib berishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni muntazam amalga oshira olishi;

  • Ta’lim tarbiyaviy faoliyatda jahonning rivojlangan mamlakatlarida pedagogika va psixologiya sohasida erishilayotgan ilg‘or tajriblarni amalda modernizatsiya qilgan holda qo‘llashi;

  • O‘rta Osiyo mutaffakkirlarining pedagogik qarashlari va ma’naviy meroslaridan ta’lim- tarbiyaviy faoliyatda foydalana olishi;

  • Darsning barcha turlarida, mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot texnoligiyalari asosida o‘qitish metodlaridan foydalanish;

  • O‘qitiladigan fan turkumi bo‘yicha avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi uchun amaliy dasturlar paketini yaratishi lozim.

Zamonaviy o‘qituvchi qiyofasidagi shaxs pedagogik-psixologik jihatdan yuksak tayyorgarlikka ega bo‘lishi uchun unda quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi kerak:

  • O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy va siyosiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.

  • Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan texnika, texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan habardor bo‘lishi talab etiladi;

  • O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi shart;

  • O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta’lim tarbiyaviy faoliyatda o‘quvchilarning yosh va psixoligik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z faoliyatini tashkil etishi kerak;

  • Ta’lim tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot texnologiyalarning eng samarali shakl, metod va vositalaridan unmli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

  • O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi davr talabidir;

  • O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativ layoqatni, pedagogik texnika sirlarini chuqur o‘zlashtirib olishga erishishi lozim.

  • Ayniqsa o‘qituvchi o‘zining individual nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni aks ettirishi kerak:

  • nutqning to‘g‘riligi;

  • nutqning aniqligi;

  • nutqning ifodaviyligi;

  • nutqning sofligi;

  • nutqning ravonligi;

  • nutqning boyligi;

  • nutqning sodda, tushunarli bo‘lishi va boshqalar.

O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.

Dars-ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo‘lib, unda sinf dars tuzilishining barcha xususiyatlarini aks etadi.

Darsda o‘qituvchi rahbarligida har bir o‘quvchining bilim olish xususiyatlari hisobga olinadi. O‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirish va ma’naviy axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.



Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Bu o‘quv materialining mazmuniga, darsning didaktik maqsadiga, o‘quvchilar va sinf jamoasining xususiyatlariga bog‘liq.

  • Zamonaviy didaktikada darsning quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi:

  • aralash darslar;

  • yangi materiallar bilan tanishtirish darslari;

  • bilimlarni mustahkamalash va takrorlash;

  • umumlashtirish va tizimlashtirish;

  • ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;

  • bilimlarni tekshirish darslari.

  • Aralash(kombinatsiyalshgan) darslar yoki murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ushbu dars jarayonida o‘qituvchi quyidagi kombinatsiyalarni qo‘llashi mumkin:

  • uy vazifalarini tekshirish;

  • o‘quvchilar bilan savol-javob;

  • yangi materialni o‘rganish;

  • bilimlarni mustahkamlash;

  • o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash;

  • uyga vazifa berish;

  • YAngi materiallar bilan tanishtirish darsida:

  • yangi materialni o‘rganish uchun asos bo‘lgan avvalgi materialni takrorlash;

  • o‘qituvchining yangi material bilan ishlashini tushuntirish;

  • bilimlarni tekshirish va mustahkamlash;

  • uyga vazifa berish;

  • Bilimlarni mustahkamlash va takrorlash:

  • o‘quvchilarning bilish qobiliyatini;

  • o‘quvchilarining tafakkurini tekshirish;

  • og‘zaki yoki yozma mashqlar bajarish;

  • topshiriqni nazorat qilish;

  • uyga vazifa berish;

  • O‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari.

  • o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarning mavjud kamchiliklari to‘ldiriladi;

  • o‘rganilayotgan yangi mavzuni muhim g‘oyalari ochib beriladi

Ushbu dars-o‘rganilgan mavzuning bo‘lim yoki o‘quv kurslarining yakunida o‘tkaziladi.

  • Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darsi.

  • egallangan bilimlarni o‘quvchilar tomonidan mustahkamlash hamda amaliyotda qo‘llay olish bilan bog‘liqdir.

  • Bilimlarni tekshirish (nazorat)

  • o‘qituvchi o‘quvchilarning fanlar yuzasidan o‘zlashtirgan bilimlarni egallash;

  • ko‘nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini, o‘quv materiallarining o‘zlashtirishdagi kamchiliklarini aniqlash;

  • navbatdagi topshiriqlarni bajarish belgilab olishga yordam beradi.




  • O‘qituvchi o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini e’tiborga olib zamonaviy darsning quyidagi kombinatsiyalriga e’tibor berishi lozim:

    • integral fanlarning ilg‘or yutuqlari, kompyuter, pedtexnologiyalar va axborot texnologiya imkoniyatlaridan keng foydalanish, darsni hozirgi zamon o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;

    • darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;

    • o‘quvchilarning qiziqishi, iqtidori va talablarini hisobga olishi;

    • o‘quvchining o‘zi qiziqqan, orzu qilgan kasbi bo‘yicha mahoratini shakllantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;

    • mantiqiylik va emotsionallikni ta’minlash;

    • pedtexnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan o‘z o‘rnida samarali foydalanish;

    • har bir darsni yuksak mahorat bilan puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxislash va tahlil qilish.




  • Darsning 3 ta maqsadi haqida:

Shu bilan birga ta’limning yordamchi shakllari ham mavjud. Ular quyidagilar:

-to‘garaklar, seminar, anjuman, maslahat, fakultativ, mashg‘ulotlar, o‘quv sayohatlari, mustaqil uy vazifalari.


Zamonaviy ta’lim o‘qituvchidan quyidagi vazifalarni e’tiborga olishni talab qiladi:

  • o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng so‘nggi bilimlardan habardor bo‘lib borish, ta’limni pedtexnologiyalar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib amaldagi o‘quv tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi;

  • ta’limda o‘quvchilarning yosh va psixologiik xususiyatlarini hisobga olib, o‘z mahoratini bilimini va qobiliyatini namoyish etishi;

  • o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati talablarini hisobga olgan holda, ular tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirishga sharoit yaratish;

  • o‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash;

  • shaxsni har tomonlama kamol topishini faollashtirish;

  • kompyuter va axborot texnologiyalari asosida fanning eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lib borish;

  • o‘quvchilar bilim faoliyatining turlarini boyitish maqsadida ular ruhiyatini doimiy o‘rganib borish;

  • har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va tahlil qilish.

Ta’lim jarayonida o‘qituvchi erishishi lozim bo‘lgan yutuqlar ko‘p jihatdan uning ijodiy kayfiyatiga bog‘liq.

  • o‘quvchilar bilan bo‘layotgan har bir muloqotdan ijodiy kayfiyat uchun motivlar topa olish;

  • his-tuyg‘u va kamchiliklarni yaxshilikka, ijodiy kayfiyatga yo‘nalatira olish;

  • o‘quvchilarning nojo‘ya xatti-harakatlariga doimiy e’tibor bermaslik va qulay

vaziyatlarda rasmiy, ta’sirchan tanbeh berish;

  • dars jarayonida aslo g‘azablanmaslik, o‘quvchilar kulgusini achchiq so‘z bilan to‘xtatmaslik, aksincha,to‘g‘ri qabul qila olish;

  • dars jarayonida muloyimlik, mehr-shafqatli bo‘lish, ulkan pedagogik yutuqlar kaliti ekanligini unutmaslik;

  • doimiy jiddiylik va asabiylashish asab tizimini tez charchatishini unutmaslik.

Ta’lim tizmida amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqqiyati o‘qituvchi kadrlarning kasb mahorati va savodxonligiga bevosita bog‘liq. Shu o‘rinda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarini bayon etish o‘rinli: “Ta’lim-tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini lo‘nda qilib ifoda etish mumkin. Bizga bitiruvchilar emas, bizga maktab ta’lim tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak”. Shu nuqtai nazardan pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lajak o‘qituvchi talabalar o‘z mahoratlarini ikki tomonlama amaliyotda hamda ta’lim olish jarayonida shakllantiradilar.


Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida yuksak mahoratli omilkor o‘qituvchini shakllantirish uchta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ba’zaviy puxta tayyorgarlik (kasbiy ped-psixologik bilimlar);

  • metodologik bilimlarni egallash madaniyati;

  • pedagogik ijodkorlik va kreativlik.

Ushbu jadvalda o‘qituvchining ta’lim jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan pedagogik mahoratini belgilab beruvchi yuqorida keltirilgan uchta yo‘nalishdan har birining (bazaviy, metodoligik, ijodiy) tashkil etuvchi muhim jihatlari ko‘rsatilgan.


  • Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy mahorat va omilkorlikni ta’minlovchi xususiyatlar.


Базавий омилкорлик

Касбий-педагогик тайёргарлик:

-асосий фанлар;

-ўқитиш методикаси;

-фалсафий билимлар;

-педагогик билимлар;

-психологик билимлар;

-педагогик ахлоқ ва ҳоказо



O‘qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin va o‘qituvchi o‘zining ijodkorligini, pedagogik mahorati nuqtai nazaridan ushbu jarayonni tashkillashtiradi:

  • rejalashtirish;

  • tashkil etish;

  • o‘quv harakatlari;

  • natijalarni baholash va tahlil qilish;

-O‘qituvchi faoliyatida rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslarning rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy, ijodiy faoliyat lozim bo‘ladi.

-O‘quvchilarga dars o‘tish faoliyatini tashkil etish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga o‘rganilgan mavzu asosida o‘quv masalalarini qo‘yishi va uni bajarishi uchun imkoniyatlar yaratishi lozim.

-Bilim olishning yana bir komponenti o‘quv harakatlari sanalib, ular belgilangan maqsadga binoan amalga oshiriladi.



Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish