INSON KAMOLOTI – bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanish jarayonidir.
INSONPARVARLIK – odamzotning qadri, uning erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo‘lishi uchun kurashishi, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi. Insonparvarlik o‘zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatlaridir. (Zokirov M. Ma’rifiy saboqlar. J. 2001. 67-bet).
INTELLEKTUAL MULK – ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik manbai huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, san’at va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik san’ati, jumladan, ovoz yozish, radio va televidenie asarlari kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalari, kompyuter uchun dasturlar, ma’lumotlar ombori, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk manbalari kiradi.
INTELLEKT – shaxsning turli faoliyatni muvafaqqiyat bilan o‘zlashtirishini belgilaydigan tug‘ma va o‘zlashtirilgan aqliy qobiliyatlar to‘plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |