VIZUAL MA’RUZA – bu ko‘rgazmali ma’ruzadir.
GURUHLI TA’LIM – bir o‘qituvchi bir necha o‘qituvchini o‘qitadigan ta’lim shakli. Guruhlar o‘quvchilar soniga qarab: kichik (3-6 o‘quvchi), o‘rta (7-15 o‘quvchi), katta (15 dan ortiq o‘quvchi, guruhlar) ga ajratiladi. SHuningdek, har bir guruhdagi ta’lim oluvchilarning yoshiga, ta’lim yo‘nalishiga va shu kabilarga qarab ham guruhlarga ajratiladi. Bu shaklni qo‘llash jarayonida yakka ta’lim shakllari ham amalga oshiriladi.
GIMNAZIYA – O‘zbekiston va ayrim xorijiy mamlakatlarda umumiy o‘rta ta’lim o‘quv yurti. Gimnaziyalar muayyan fanlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘lib, shu fandan chuqurlashtirilgan ta’lim beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |