AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (AT) – bu tizim masalalarini echimini topish maqsadida axborotlarni yig‘ish, saqlash va kerakli manbaalarga uzatishning va uni iste’molchiga qulay holga keltirish jarayonini kompyuter va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladigan, tartibga solingan hvmdv tashkillashtirilgan tizim, amaliy dasturlar majmuasidir.
BUMERANG TEXNOLOGIYASI – yangi mavzuni o‘rganishda, darsdan tashqarida qo‘shimcha manbaalar, matnlar, adabiyotlar bilan ishlaganda qo‘llaniladigan texnologiyalardan biri bo‘lib, bu texnologiya o‘quvchining mustaqil bilim egallashini va o‘rganganlarini boshqa o‘quvchilarga o‘rgatishga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |