Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

po‘stlog‘i  deb  nom   olgan.  P o‘stloq  turli  vazifani  bajaruvchi  ko‘p 
miqdordagi  asab  hujayralari  (14  mlrd)  to ‘plangan joydir.  Bu  yerda 
murakkab integrativ jarayonlar ro‘y beradi. Analizatorlaming m arka­
ziy qismi joylashgan p o ‘stloqda turli toifaga mansub bo‘lgan  (ko'ruv, 
eshituv  va  h.k.)  sezgilar  doimo  bir-biri  bilan  shartli  bog‘lanishlar 
hosil qilib turishi natijasida odam idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Endi sezgi va idrok uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan ko‘ruv, 
eshituv  va  teri  analizatorlarining  anatomo-fiziologik  xususiyatlari 
to ‘g‘risida to ‘xtalib o'tam iz.  K o'ruv ta ’sirotlari ko'zning to ‘r parda- 
sida joylashgan yorug‘likka qo‘zg‘aluvchi retseptor hujayralar orqali 
qabul  qilinadi.  Bu  hujayralar  tayoqchalar  va  kolbachalar  shaklida 
b o ‘lib,  birinchilari oq-qora tasvirni,  ikkinchilari  rangli tasvirni qabul 
qiladi.  T o‘r parda hujayralarida paydo bo‘lgan qo‘zg‘alishlar ko'ruv 
nervlari orqali markazga yo‘naltiriladi.  Bu  impulslar tayoqchalar va 
k o lb a ch ala rd a n   k o ‘ruv  nervlariga,  xiazm aga,  ko‘ruv  trak tig a, 
ko‘ruv  do‘ngligiga,  u  yerdan  esa  k o ‘ruv  ta ’sirotlarini  analiz va  sin­
tez qiladigan m arkaz — bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining 
ensa sohasida joylashgan  17-maydongauzatiladi.  Bu maydonda ko‘ruv 
impulslari birlamchi tahlil qilinadi.  Bu maydon zararlanganda bemorda 
ko‘rish  buziladi.  K o‘ruv  impulslari  17-maydondan  18-  va  19-may- 
donlarga  uzatiladi.  Bu  yerda  ko‘ruv  ta ’sirotlari  idrok  qilinadi  va 
murakkab  ko'ruv  obrazlari  yaratiladi.  Bu  soha  zararlansa,  bem or 
o ‘z  ko‘zi  bilan  к о ‘rib  turgan va  aw a l  taniydigan  narsalarni  ham da 
odam larni  tanim aydi.  Buni  nevrologlar  ko‘ruv  agnoziyasi  deb 
atashadi.  D em ak,  17-maydon  ko'ruv  ta ’sirotlarini  sezish  m arkazi 
bo ‘lsa,  18- va  19-maydonlar esa ularni idrok qilish markazidir.  Lekin
www.ziyouz.com kutubxonasi


idrok jarayonida po ‘stloqdagi barcha markazlar ishtirok qiladi.  K o‘ruv 
analizatorlari orqali qabul qilingan axborotlar xotirada saqlanadi va 
ko‘ruv xotirasiga  aylanadi.
Eshituv  analizatori  ham ,  boshqa  analizatorlar  kabi  bir  n echta 
bo‘limlardan iborat.  Odamning eshitish retseptorlari tebranish tezligi 
16  dan  20000  G s  ga  qadar  bo'lgan  tovush  toMqinlarini  qabul  qila 
oladi.  Eshituv analizatori quyidagicha tuzilgan.  Ichki quloq  chig‘a- 
nog'ida  tovush  toMqinlarini  qabul  qiladigan  m urakkab  retseptor 
apparat joylashgan,  uni kortiy organi deb atashadi.  Eshituv ta ’sirot- 
lari  kortiy  organi  orqali  qabul  qilinib,  eshituv  yo‘llari  b o ‘ylab, 
bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining chakka qismida joylashgan 
eshituv  markaziga  (41-maydonga)  uzatiladi.  Bu  m arkazda,  y a ’ni 
41-m aydonda eshituv apparatlaridan keluvchi tovushlar (ta’sirotlar) 
qabul qilinadi. Bu yerda tovushlar birlamchi analiz bosqichini o ‘taydi. 
Eshituv  ta’sirotlarini  idrok  qilish  esa  p o ‘stloqning  chakka  qism ida 
joylashgan 22- va 42-maydonlarda kechadi.  Bu maydonlarda eshitilgan 
tovushlarni  tanish,  ya’ni  bilish  markazi  joylashgan.  Bu  so h alar 
zararlanganda  bem or oddiy tovushlarni  (suvning  oqishi,  eshikning 
g'ichirlashi,  m ashina  m otorining  g‘urullashini  va  h.k.)  eshitsa-da, 
nim aning  tovushi  ekanligini  aytib  bera  olmaydi.  D em ak,  atrof- 
m uhitdagi  to v u sh lar  b em o r  u ch u n   hech  q an d ay   m a ’n o   kasb 
etmaydi.  Agar  bola  tu g 'm a  kar  bo‘lsa  yoki  ilk  bolalik  davridan 
eshitmaydigan b o ‘lib qolsa, unda nutq  rivojlanmasdan qoladi.  N u tq  
esa  insonni  hayvonlardan  ajratib  turuvchi  oliy  ruhiy  jarayondir. 
Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  eshituv  analizatorlari  insonning  ruhiy 
rivojlanishida juda  katta  aham iyat  kasb  etadi.  Lekin  qulog‘i  yaxshi 
eshitmaydigan odam larda boshqa sezgilar mukammallashgan b o ‘ladi.
Teri-kinestetik (yoki umumiy sezgi) analizatori o ‘ziga xos tuzilishga 
ega bo'lib,  uning  m arkazi  orqa  markaziy pushtada  (1-,  2-,  3-m ay- 
donlar)  va  qisman  yuqori  pariyetal  b o ‘lakda  (5-  va  7-m aydonlar) 
joylashgan  (14-rasm).  U m um iy sezgi fllogenetik jih atd an  eng keksa 
bo‘lib,  uning inson uchun biologik ahamiyati beqiyosdir.  O dam  hid 
yoki ta ’m  bilish,  eshituv yoki  ko‘ruv  sezgilarisiz  yashashi  m um kin, 
biroq umumiy sezgisiz uning hayot kechirishi katta xavf ostida qoladi 
yoki umum an m um kin bo‘lmaydi. Umumiy sezgi tushunchasi yig‘m a 
tushuncha bo‘lib, unga taktil,  og‘riq va harorat,  m u shak-bo‘g ‘im  va 
murakkab  sezgilar  kiradi.  Ushbu  sezgilardan ju d o   b o ‘lgan  nafaqat 
odam larning,  balki hayvonlam ing  ham   hayot  kechirishini ta sa w u r 
qilish  qiyin,  albatta.  Chunki  tashqi  olam dan  va  o ‘z  tan am izd an
www.ziyouz.com kutubxonasi


| ^ П   Umumiy sezgining birlamchi 
■ H   proeksion sohasi
j[  fj n r j   Ikkilamchi proeksion 
ИМИ  assotsiativ sohalar

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish