Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

О ‘zbek xalg  maqoli
III  B O B .  SE Z G I  VA  ID R O K
3.1.  Umumiy  m a’lum otlar
Biz  sezgi  a ’zolari  orqali  tevarak-atrofdagi  olam dan  doim o 
m a’lumot olib turam iz.  Bu m a’lum otlar organizmga uzluksiz tushib 
turadi  va  asab  tizim ining  maxsus  tuzilm alari  orqali  qabul  qilinadi, 
qayta  ishlanadi  va  javob  reaksiyasi  tayyorlanadi.  A trof-m uhitdagi 
barcha narsa va hodisalar tegishli retseptorlarga ta ’sir etib sezgi hosil 
qiladi.  Tashqi olam dan kishi ongigacha m a’lum otlar kirib keladigan 
yagona yo‘l sezgi a ’zolaridir.  Ularga benihoya katta m iqdorda turli- 
tum an  m a’lum otlar  oqim i  kelib,  bosh  miyaga  uzatilib  turadi.
Sezgi  — tashqi  olam  va  o ‘z  tanam iz  to ‘g‘risidagi barcha  m a ’lu­
m otlarni bilishning dastlabki  manbaidir.  Organizm   m e’yorda rivoj­
lanishi  uchun  tashqi  m uhitdan  ham isha  axborot  olib  turishi  kerak. 
Bu m a’lumotning ko'payib va kamayib ketishiga organizm moslashib 
borishi zarur, aks holda sezgi va idrok orasida nomutanosiblik yuzaga 
kelib,  asab  tizim ida  funksional  buzilishlar  ro ‘y  berishi  m um kin.
Fanda  sensor  izolatsiya  degan  tushuncha  bor.  K osm onavtlarni 
tashqi axborotlardan to ‘la izolatsiya qilib,  ularning asab tizimi chuqur 
o ‘rganiladi va koinotda yashashga moslashtiriladi. To‘la va qisman sensor 
izolatsiya  sinaluvchilarda  olib  borilganda,  bir  necha  soatdan  keyin 
ular ahvoli yomonlashganidan shikoyat qilib,  tadqiqotni to ‘xtatishni 
iltimos  qilishgan.  B undan  bir  necha  yil  oldin  Amerika  Q o'shm a 
S htatlarida  infeksiya  tushish  xavfini  m utlaqo  y o'q o tish   u ch u n  
murakkab  operatsiya  o ‘tkaziladigan  xonalarga  um um an  oyna  q o ‘- 
yishmagan  va  bu  xonalarda  faqat  eshik  b o ‘lgan,  xolos.  Bunday 
xonalarda uzoq vaqt davom etadigan operatsiyalar paytida jarro h lar 
ruhan charchab qolavergan va bu operatsiyaning sifatiga salbiy ta ’sir 
ko‘rsatgan.  Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  eng  m urakkab jism oniy  va 
aqliy m ehnatni talab qiluvchi sharoitlarda sezgi a ’zolarimizga tashqi 
olam dan  kelib  turuvchi  axborotlarning  ta ’sir  doirasi  o ‘ta   kengdir. 
Bu va boshqa dalillar inson organizmining tashqi dunyodan sezgilar 
tarzidagi  taassurotlarga  ega  bo‘lish  ehtiyoji  naqadar  kuchli  ekan- 
ligidan  dalolat  beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sezgi negizida idrok shakllanadi. Sezgi bizni o ‘rab turgan m uhitda- 
gi  narsa va  hodisalarning  ayrim  xususiyatlarini  aks  ettirsa,  idrok  esa 
xilma-xil xossalarni tartibga solib, birlashtirib ongimizda aks ettiradi, 
narsa va hodisalarning yaxlit obrazini yaratadi.  Idrok sezgiga qaragan- 
da  murakkabroq  jarayondir.  Idrok  qilish  odamning  kasbiga,  hayot 
tajribasiga, bilimlariga va ehtiyojiga bog‘liqdir.  Rivojlanish jarayonida 
kishining idrok qilish qobiliyati takomillashib, saralanib boradi.  N arsa 
va hodisalarni idrok qilish odamning dunyoqarashiga ham bog‘liq:  bir 
xil  narsa  yoki  voqeani  ikki  kishi  bir  xil  idrok  qilmasligi  mum kin. 
Bolalarda sezish idrok qilishdan ustun turadi, chunki ularda miyaning 
ba’zi  tuzilmalari  to ‘la  shakllanmaganligi  tufayli  narsa-yu  hodisalar­
ning  yaxlit  obrazini  yaratish  qobiliyati  sustroq  bo‘ladi.  Insonning 
butun umri mobaynida idrok qilish jarayoni o ‘zgarib boradi.
Idrokning asosiy xususiyati uning yaxlitligidir.  Masalan, minbarda 
nutq  so‘zlayotgan  odam ni  idrok  qilar  ekanmiz,  notiqning  kiyim- 
boshi,  m inbarda  o ‘zini  tutishi,  kimligi,  qancha  vaqtdan  buyon 
m a’ruza  qilayotganligi  va  qachon  tugatishi  va  hokazolarni  um um - 
lashtirib,  u  odam ning  ongimizda  yaxlit  obrazini  yaratamiz,  ya’ni 
idrok qilamiz.  Biror narsa-yu hodisalarni va odamlarni idrok qilishda 
aw algi tajribamiz  muhim   aham iyat kasb  etadi,  ya’ni awalgi  tajriba 
idrokni osonlashtiradi.  Masalan, biz hayvonot bog‘iga borganimizda, 
aw al  ko‘rmagan  hayvon  yoki  qushlarga  sinchkovlik  bilan  nazar 
tashlaymiz,  ularning  barcha  xususiyatlarini  o'rganib  idrok  qilamiz. 
Keyingi gal borganimizda esa ularni idrok qilishimiz ancha osonlashadi.
Idrok qilish ehtiyoj,  mayl va istaklarga ham  uzviy bog'liq b o ‘ladi. 
H ar qanday idrok saralash bosqichini o'taydi.  Masalan,  biz o'zim iz 
uchun ahamiyatsiz bo‘Igan narsani idrok qilmaymiz (uni sezib tursak- 
da).  Bu yerda idrokning individualligini ham alohida ta ’kidlab o ‘tish 
joizdir.  H ar bir kishi narsalarning o ‘ziga  kerakli xususiyatlarini yoki 
o ‘zi  tushungan jihatlarini  idrok  qiladi.  Bunda  idrokning  individual 
xususiyatlari  uning  maqsadga yo‘naltirilganligida,  hissiyligida,  b ar- 
qarorligida va hokazolarda o ‘z aksini topadi.  Idrok qilishda kuzatuv- 
chanlikning  aham iyati  ham juda  kattadir.  Odam  o ‘zi  kuzatm agan 
narsalami, voqea-hodisalarni idrok qilmaydi.  Demak,  idrok sezgidan 
farqli o ‘laroq,  faol va ongli jarayondir.  Idrok qilishda inson tafakkuri 
ham  muhim  aham iyatga  ega,  masalan,  tafakkuri buzilgan yoki  aqli 
zaif odam larda  idrok qilish ham  sust bo‘ladi.
Narsa  va  hodisalarni  sezish  kabi,  ularni  tasaw ur  qilish  ham  
idrok jarayoni uchun zarur vositalardan biridir. Awallari idrok qil ingan
www.ziyouz.com kutubxonasi


obrazlarni ongim izda jonlantirishga,  ya’ni  qayta  tiklashga tasawur 
deb  ataladi.  T asaw u r  bizning  ongimizda  to ‘satdan  paydo  b o ‘lishi 
mumkin.  T asaw ur o ‘ta  individualdir,  u odam ning shaxsiga bog‘liq. 
Odamning kasb-koriga qarab birovda ko‘ruv, boshqalarda esa eshituv 
a ’zolari  orqali  tasaw air  qilish  yaxshi  rivojlangan  bo'ladi.
Masalan,  rassomlarda ko‘ruv tasaw uri kuchli rivojlangan bo‘ladi. 
Ularning  ba’zilari  aw al  k o ‘rgan  narsasini  fikrida  to ‘laligicha  qayta 
tiklay olishadi.  Bu hodisaga eydetizm deb ataladi.  Bastakorlarda esa 
eshituv  tasaw uri  kuchli  rivojlangan  bo'ladi.  Xuddi  shu  qobiliyat 
Bax va M otsartda o ‘ta kuchli boMgan.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish