4.2. Diqqatning fiziologik mexanizmlari
Barcha ruhiy jarayonlar singari diqqat ham bosh miya faoliyatining
bir ko ‘rinishidir. D iqqat jarayonida bosh m iyada nim alar sodir
b o ‘ladi? M a’lumki, turli xil vazifalarni ado etuvchi ko‘pgina asab
hujayralarining bir qismigina diqqat paytida faol holatda bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
M uayyan faoliyat bilan mashg‘ul boMgan va unga m oslashgan
ana shunday hujayralarning yig‘indisi asab qo‘zg‘alishining «markazi»
deb ataladi. N erv induksiyasi to ‘g ‘risidagi qonunga m uvofiq ushbu
markazning atrofidagi hujayralar «mudroq» yoki torm ozlanish hola-
tida b o ‘ladi. Bordi-yu, kishi diqqat bilan tinglasa, bu paytda nutq
tovushlarini idrok etadigan hujayralar q o ‘zg‘algan, yaqin atrofdagi
ko‘rish, sezish, ovqat hazm qilish va shu kabi boshqa m arkazlarning
hujayralari torm ozlangan bo‘ladi. M asalan, diqqat bilan tinglovchi-
ning qulog‘iga faqat notiq nutqi yetib boradi. Bundan boshqa narsalarga
tinglovchi e ’tibor qilmaydi yoki sezmaydi.
A.A.Uxtomskiyning ta ’kidlashicha, torm ozlangan markazlarga
tushuvchi signallar o ‘sha markaz hujayralari qo‘zg‘alishini kuchay-
tirishi mumkin. Ayni paytda begona, ortiqcha ta’sirlar diqqatga xalaqit
beribgina qolmay, balki uni yaxshilashi ham mumkin. Bunday mexa-
nizm qo‘zg£alishning asosiy o ‘chog‘i yetarli kuchga ega b o ‘lgandagina
amalga oshadi. Kuchli o‘tkinchi og‘riq bunga misol bo‘la oladi. Bunda
har qanday ta ’sir (qo‘ngMroq, tovush, yorugMik) uni kuchaytirishi
mumkin.
4.3. Diqqatning buzilishi
Diqqatning fiziologik va patologik toliqishlari farq qilinadi. Diqqat
uzoq vaqt zo'riqqanida, u toliqadi. Faoliyat qanchalik m urakkab va
mushkul b o ‘lsa, toliqish shunchalik tez boshlanadi. G ap shundaki,
diqqat qilish jarayonida m a’lum m iqdorda energiya sarflanadi,
miyaning tegishli boMimlarida kimyoviy o ‘zgarishlar kuchayadi. Toliq-
qan nerv hujayralari tiklanishi uchun vaqt (dam ) kerak. Q andaydir
ishdan, aytaylik, m atem atik hisoblashlardan charchab, jism oniy
ishga yoki boshqa aqliy mehnatga o ‘tilsa ham miya dam olishi va diqqat
biroz yaxshilanishi mumkin. D em ak, nerv hujayralarining muayyan
ishga aloqador ayrim guruhlarigina toliqib, boshqa funksional guruhlar
esa charcham agan boMadi. Bir narsa yoki ish bilan uzo q vaqt
shug'ullangandan ko‘ra, navbatm a-navbat bir necha ishlar bilan
mashg‘ul boMish maqsadga muvofiqdir. Shu fikr-m ulohazalarni
hisobga olgan holda o'quv mashg'ulotlarini tuzishda m azm unan bir-
biriga o ‘xshash fanlarni, masalan, m atem atikaga oid fanlarni birin-
ketin q o ‘ym aslik kerak, o ‘z - o ‘zid an ravshanki, m a sh g ‘u lo tla r
almashganda, diqqatni muayyan vaqtgacha saqlab qolishga im kon
yaratiladi. Aks holda, um um iy toliqish yuz beradi va keyinchalik
diqqat obyekti almashinuvi foyda berm aydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
K atta individual tafovutlarga ega bo‘lgan diqqatning fiziologik
toliqishidan tashqari, ko'pgina xastaliklarda, masalan, bosh miyaning
qon to m ir kasalliklarida, miya jarohatlarida, turli zaharlanishlardan
keyin ham diqqatning patologik toliqishi kuzatiladi. Bemor diqqati-
ning ortiqcha toliqqanligini, uning kasallikka qadar bo'lgan ish
qobiliyati bilan solishtirib k o ‘rib aniqlash mumkin. Yetarlicha dam
olib, um um iy quw atga kirituvchi davolashdan so‘ng diqqat toliq-
qanligi o ‘tib ketishi mum kin.
D iqqatning boshqa tez-tez uchrab turadigan buzilishi — uning
chalg‘iganligidir. Diqqat chalg'iganligining ikki turi — tashqi va ichki
turi mavjud. Bordi-yu, kitob o ‘qib, varaqlarni sanaganimizda, bayon
ipini y o ‘qotganligimizni payqab qolamiz, xayolimiz esa kitob m az-
m unidan uzoqlashib, chalg‘ib ketadi. Bu esa diqqatning ichki chalg‘i-
ganligidir, bu yerda bizni ichki kechinmalar chalg‘itadi. D iqqatning
tashqi chalg‘iganligida esa kitob o ‘qish bilan bog‘liq bo‘lmagan tashqi
ta ’sirlar: eshiklarning taraqlashi, uzuq-yuluq gaplar va hokazolar
chalg'itadi.
Toliqish, m aterialni tushunmaslik, obyektga qiziqish yo‘qligi
diqqat chalg'iganligining sabablaridan sanaladi. Bundan tashqari,
kuchli kechinm alar, ushalm agan orzu-niyatlar ichki chalg'iganlik
uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ular miyada qo‘zg‘alish o‘chog‘ini
yaratadi. Bunda diqqatga aloqador birm uncha kuchsiz qo‘zg‘alish
o ‘chog‘i, dom inanta qonuniga muvofiq, miyada paydo bo‘lgan kuchli
qo ‘zg‘alish bilan raqobat qila olmaydi. Kasai odam larda diqqat
chalg‘ishi, uning o ‘z dardini o ‘ylab nechog'lik hayajonlanganiga,
tanasidagi og‘riqlarga, xayoldan ketmaydigan fikrlar paydo bo'lishiga
ko ‘p bog‘liq b o ‘ladi. Agar qo‘zg‘aluvchanlikning tegishli o'choqlari
jud a yaqqol ifodalangan b o ‘lsa, diqqatni zarur bo‘lgan obyektga
jalb qilish ham yaxshi ifodalangan bo'ladi.
Vrach og'ir bem orlar bilan suhbatlashar ekan, bunday bem or
larni o ‘sha suhbat yoki maslahat mavzuiga jalb etish ehtimoli juda
kam bo‘lishini esda tutishi lozim. Shuning uchun, doktorning so'zlari
sodda, lo‘nda va tushunarli bo‘lmog‘i kerak, ana shundagina u bemor
diqqatini o ‘ziga jalb qila oladi. Diqqat chalg'iganligini ko'pincha
parishonxotirlik deb ham atashadi. Bir holda u diqqatning tashqi va
ichki chalg'iganligiga bog‘liq bo'ladi, u bilan yuqorida tanishib
chiqqan edik. Bunday parishonxotir odam tashqi ta ’sirlardan va
o ‘zga fikrlardan chalg‘ib, o ‘z diqqatini uzoq saqlab tura olmaydi.
Parishonxotirlikning boshqa turi, aksincha, diqqatni bitui narsaga
www.ziyouz.com kutubxonasi
uzoq qaratishga aloqador b o ‘ladi. C hunonchi, o ‘z kashfiyoti ustida
fikr yurgizayotgan olim, bunga shunchalik berilib ketadiki, unga
qaratib aytilgan savollami eshitmasligi yoki poyma-poy javob qilishi,
yonidagilarga e ’tiborsiz bo‘lishi m um kin.
Parishonxotirlikka qarshi kurashish uchun diqqatga xalaqit beruv-
chi sabablami imkoni boricha b artaraf etish lozim. Agar p arishon-
xotirlik va diqqatning boshqa buzilishlari markaziy asab tizim ining
kasalliklari sababli rivojlansa, tegishli davo choralari o ‘tkaziladi.
Buning uchun bosh miya po‘stlog‘ida q o ‘zg‘alish va torm ozlanish
jarayonlarini idora etuvchi dorivor vositalar, m asalan, trankvi-
lizatorlar, psixostim ulyatorlar va nootroplar tavsiya qilinadi. Aqliy
m ehnat jismoniy m ehnat va sport bilan birgalikda olib borilsa, diqqat
buzilishining oldini oladi.
Diqqatni chiniqtirish ham mumkin. Buning uchun turli m ashqlar
mavjud. Shulardan bittasi 16-rasmda keltirilgan. U nga qarab, iloji
boricha 1 dan 90 gacha bo‘lgan raqam ni adashmasdan topib chiqing.
Bu mashqni o ‘rtoqlaringiz bilan bajaring. 90-raqamga tez yetib kelgan
talabaning diqqati o ‘tkir bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |