Z ibodullayev


Sopor — ongning ancha chuqurroq buzilishi.  Soporning uch xil  darajasi  farq  qilinadi:  1)  yengil  sopor



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Sopor — ongning ancha chuqurroq buzilishi.  Soporning uch xil 
darajasi  farq  qilinadi:  1)  yengil  sopor  —  bunda  bem or  yengil  uyqu 
holatida  b o ‘ladi,  savollarga  javob  berishi  susayadi,  uyqu  kela- 
yotganligidan noliydi, sekin va ch o ‘zib gapiradi;  2) o ‘rta darajadagi 
sopor  —  bunda uyquchanlik biroz kuchayadi,  ko‘z  qorachig‘ining 
yorug'likka ta ’siri pasayadi,  o ‘z holicha gapirmaydi,  oddiy savollarga 
kechikib  bo ‘lsa  ham  javob  berishga  intiladi,  bem or k o ‘zini  yumib 
yotaveradi;  3)  chuqur  sopor  —  savollarga  javob  bermaydi  yoki 
ancha  kechikib  bir  xil  tarzda  javob  beradi,  ko‘z  qorachig'ining
www.ziyouz.com kutubxonasi


yorug'likka ta ’siri yanada susayadi,  ahvoli qattiq uxlab yotgan odam - 
ni  eslatadi.
Koma —  ongning batamom buzilishi bo‘lib,  bem or tashqi dunyo- 
dan  butunlay  uzilib  qoladi.  Bunday  paytlarda  bem or  hech  qanday 
tashqi  ta ’sirga  (og‘riq,  harorat)  javob  bermaydi.  K o‘z  qorachig'i- 
ning  yorug'likka javob  reaksiyasi  yo‘qolgan  bo‘ladi,  konyunktival  va 
komeal reflekslar, pay reflekslari chaqirilmaydi.  Mushaklar tonusi yo‘qo- 
ladi. Koma bir necha kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin.
Es-hushning  kirarli-chiqarli  bo‘lib  qolishi  ongning  ancha  ko‘p 
uchrab  turadigan  buzilishlariga  kiradi.  Es-hushning  kirarli-chiqarli 
bo‘lishi  ong  torayishiga  taalluqli,  bunda  tashqi  taassurotlar  ongga 
to ‘la yetib kelmaydi.  Bunday bem orlar o ‘z o ‘y-xayollariga c h o ‘mib 
ketib,  atrofdagi  voqelikdan  ajralib  qolgandek  b o ‘ladi.  B em orlar 
shifoxonada  yotganlarini  bila  turib,  o ‘zini  xuddi  uydagidek  yoki 
ishxonadagidek  tutishadi,  haqiqatga  to ‘g‘ri  kelm aydigan  antiqa 
harakatlar qilishadi.  U m um an, bunday bem orlar ongi ichki patologik 
kechinmalar bilan mashg‘ul bo‘ladi.  U larda birdan paydo b o ‘ladigan 
g'azab,  qochish  hissi,  ham shira  yoki  doktorga  hujum   qilish  kabi 
patologik holatlar kuzatilib turadi.  Es-hushning kirarli-chiqarli b o ‘lishi 
bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi m um kin.
Ambulator  avtomatizmlar  holati.  Bu  holat  ham   xulq-atvorning 
buzilishi  bilan  kechadi.  Bem orlar  xuddi  uyqusirab  yurgan  odam ni 
eslatadi.  Somnambuliya  yoki  lunatizm  va  trans  holatlari  am bulator 
avtomatizmlarga misol bo‘la oladi.
Somnambulizm  (uyquda yurish yoki lunatizm), ayniqsa, bolalarda 
ko‘p  kuzatiladi.  Som nam bulizm da  qisman  yoki  chala  uyg‘onishni 
kuzatish  m um kin.  O dam ning  harakat  sistem asi  g o ‘yo  uyqudan 
uyg'onadi, es-hushi esa paydo bo‘lgandek bo'ladi, aslida ular uyqusida 
o ‘rnidan turib yurganini eslab qolmaydilar.  Som nam bulizm da bem or 
o 'rnidan turib ketib, xonada yura boshlaydi, xonadan chiqib ketishi 
ham  m um kin.  Berilgan  savollarga  va  m urojaatlarga  u la r  javob 
qaytarm aydilar  yoki  uyg‘onib  ketadilar.  O ngning  bu  buzilishlari 
lunatizm  deyilsa-da,  oyga  aloqador  emas.
Adabiyotlarda  shunga  o ‘xshagan  es-hushi  buzilishlari bir necha 
hafta va oylar m obaynida davom etadigan hodisalar keltirilgan.
Deliriy —  ong buzilishining ko‘p uchraydigan turi b o 'lib , bunda 
bem or  o ‘z  shaxsini  anglay  olsa-da,  vaqtga,  atro f m uhitga  bo ‘lgan 
idroki  buziladi.  Deliriy turli  endogen va  ekzogen  zaharlanishlarda, 
bolalarda esa tana harorati oshgan paytlarda ko‘p  kuzatiladi.  K o‘ruv
www.ziyouz.com kutubxonasi


va  eshituv  gallutsinatsiyalarining  m o‘l-ko‘l  bo‘lishi  deliriy  uchun 
ju da  xosdir.  G allutsinator  tasaw urlar,  odatda,  xatarli  bo‘ladi  va 
qo‘rquv bilan  kechadi.  Bem orlar ruhiy qo‘zg‘algan holatda b o ‘ladi, 
ular  o'zlarini  ta ’qib  etuvchi  gallutsinator  tasaw urlardan  himoya 
qiladilar.  Ularga hamla qilayotgan hayvonlarni go‘yoki ushlab oladilar, 
«dushmanlar» ovozi eshitiladigan eshikni yopib qo‘yadilar va hokazo.
B em orning  ongi  tashqi  ta ’sirlarga  uzviy  bog‘langan  boMadi. 
G allutsinatsiyalar  kamayganda,  ong  vaqtincha  tiklanadi,  ular  ko‘- 
payganda,  yana  buziladi.  Ongning  bunday  o ‘zgarishi  deliriyga  xos 
xususiyat  hisoblanadi.  Lekin es-hush  vaqtincha tiklangan  paytlarda 
ham uzuq-yuluq va chala fikrlash, yuzaki idrok etish va moMjai olish, 
narsa va hodisalarga tanqidiy ko‘z bilan qarashning keskin buzilishini 
qayd qilish mumkin.  Deliriylar,  odatda, bir necha kun davom etadi.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish