Nazorat uchun savollar
1. Hissiyot nima?
2. Hayvonlar ustida hissiyotni o ‘rganish bo'yicha qanday tajribalar
o'tkazilgan?
3. Hissiyotning fiziologik m exanizm larini so‘zlab bering.
4. Stress va distress nima? U lar bir-biridan qanday farq qiladi?
5. Stressning qanday bosqichlari bor?
6. Depressiya nima?
7. Eyforiya va disforiya nima?
8. Affekt nima, uning qanday turlari mavjud?
9. Apatiya va maniakal holat haqida nim alam i bilasiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi
Agar Freyd bo‘lmaganda edi, uni o‘ylab topish kerak boMardi.
K.Xorni
VII BOB. ONG VA ONGSIZLIK
7.1. Umumiy tushuncha
Ong muammosi psixologiyada eng murakkab masalalardan biri
sanaladi. Ong — obyektiv borliqni aks ettirishning oliy shaklidir,
unga o ‘zini va atrof-muhitni anglash kiritiladi. Ong — odam miyasining
funksiyasi b o ‘lib, uning yordam ida obyektiv borliq subyektiv aks
etadi. Ong o ‘z tabiatiga ko‘ra, nihoyatda ko‘p qirrali, rang-barang,
uning turli-tum an xossalari mavjud. Shu bois u taraqqiyotning oliy
darajasida yuzaga kelib, faqat insondagina bo‘ladi. Hayvonlarda ong
bo‘lmaydi.
Ong integrativ jarayondir. Ana shu murakkab majmuaning har
xil zanjirlari zararlanishi ongning izdan chiqishiga olib keladi. Buni
ongning fiziologik mexanizmlarini o ‘rganishda e’tiborga olishadi.
O dam da ong asta-sekin rivojlana boradi. Yangi tug‘ilgan bolada
ong boMmaydi, lekin u ruhan va jismonan taraqqiy etgan sari rivojlana
boradi va takomillashadi. Ongga yuqori darajali izchillik xosdir. U
doim jadalligi, chuqurligi va kengligi bilan boshqa bilish jarayonlari-
dan farq qiladi. O dam hayotining turli davrlarida — o ‘smirlik, o ‘rta
yosh, qarilik chog‘ida ong turli ko‘rinishda bo‘lsa-da, u birbutundir.
Yuqorida aytib o ‘tganimizdek, bilimsiz ong boMmaydi, lekin ong
va bilimni bir xil jarayon deb boMmaydi. Bilimlar har doim xotirada
to ‘plansa-da, lekin ham mavaqt ham ongda aks etavermaydi. Faqat
bilimlarimizning ayrimlari ushbu paytda ong maydonida boMib, biz
ularni fahmlaymiz. Bu yerda quyidagi qiyosni keltiramiz. Kishida xotira
izlari, ya’ni, o ‘tgan hayot izlari miya hujayralarida saqlanar ekan,
ularni ko‘p sonli elektr chiroqlariga o'xshatish mumkin. «Ularning
bir qismi yoqilganda tegishli obyektlar va kechinmalar ong nuri bilan
yoritiladi?». Biz bilamizki, bilimlar yaxshi va puxta boMganda ham
ong buzilishi mumkin. Xotira, fikrlash kabi odamning boshqa fazilat-
lariga baho berishda ongning ravshanligiga ishonch hosil qilish kerak.
Aks holda, bemorda aslida boMmagan kasallik haqida noto‘g‘ri taxmin
paydo boMishi mumkin.
Shunday ekan, ongga o ‘zini-o‘zi anglash, «men» ongi kiradi.
«Men» degan ong, odatda, bizdan yo‘qolmaydi va ancha yaqqol
ifodalangan boMadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ong bizning ruhiy jarayonlarim izni va hayotiy vaziyatlar dina-
mikasini o ‘zida aks ettiradi. Hozir siz — muallimsiz, atrofdagilaringiz
— o ‘quvchilar, bugun siz — vrachsiz, ertaga — bem or, bugun siz
— mehmonsiz, ertaga — m ezbon va hokazo. Bir oz vaqt o ‘tgach,
xuddi shu jamoada o ‘rin almashishi mumkin. Vaziyatni to ‘g‘ri baholay
olish va shunga muvofiq o‘zini tuta bilish — normal ong ta ’rifiga man-
sub bo‘ladi. Ruhiy kasalliklarda esa vaziyatni anglash izdan chiqadi.
K o‘pincha, bem or kasalxonaga tushib qolib, rasmiy jihatdan u
qayerda ekanligini to‘g‘ri ayta oladi, ya’ni unda joyga nisbatan
oriyentatsiya buzilmagan bo'ladi. Lekin shu bilan bir qatorda,
vaziyatga noloyiq tarzda quvnoq boMadi, hazil-huzul qiladi, hatto
xursandchilikka sabab bo'lmasa ham ashula aytadi. Bu holat vaziyatni
to ‘g‘ri baholay olmaslikka kiradi.
Ongda doimo turgan joyimiz va vaqt aks etib turadi. Es-hushi
joyida b o ‘lgan odam ham m a vaqt qayerdaligini anglaydi, soat
nechaligini, hech bo'lm aganda, taxm inan ayta oladi. 0 ‘zini qayer
daligini bilishning qo‘pol buzilishlarida bem or h atto taxm inan
qayerdaligini va qancha vaqtdan buyon shu yerda ekanligini aytib
berolmaydi. Atrofdagi narsalarni va odam larni tanish o ‘z makonini
bilishda m uhim ahamiyatga ega. Taniy bilishda m azkur hissiyotni
o'tm ish izlariga solishtirish va o ‘xshatish kerak boMadi. Taniy bilish
um um an bo'lmasligi yoki n o to ‘g ‘ri, soxta bo‘lishi m um kin. G oho
taniy bilishda adashish kuzatiladi: bem or ayol vrachni o ‘z otasi
deb o ‘ylaydi. 0 ‘zini qayerdaligini to ‘g ‘ri anglash, ko'pincha, vasva-
sali va gallutsinator kechinmalarga aloqador boMadi.
0 ‘z tanasini his qilish ham ong funksiyasiga kiradi. O dam tanasi
faqat tashqi olamdan (ko'ruv, eshituv, hid bilish) dan emas, balki
tanasining ichki a ’zolaridan ham t a ’sir yetkazuvchi retseptorlar
orqali m a’lum ot olib turadi, lekin u lar ongda aks etmaydi. Tashqi
olam dan axborot olish va o ‘zin i-o ‘zi anglash doim o ongda aks etib
turadi. Ana shu jarayonlar natijasida odam o ‘z his-tuyg‘ulari, sezgilari,
xohishlari, ehtiyojlarini atrof-olam vaziyatlari bilan taqqoslaydi. Bu
ongning eng muhim funksiyasidir.
Psixofiziologlar ongga bosh miya p o ‘stlog‘ining funksiyasi deb
ta ’rif berishadi. Ularning fikricha, bosh miya p o ‘stlog‘i va birinchi
galda ikkinchi signal sistemasi ong uchu n , uning rivojlanishi ham da
saqlanib qolishi uchun hal etuvchi o ‘rin tutadi. Miya ustuni retikulyar
formatsiyasi ham ong jarayonida m uhim o ‘rin tutadi. Retikulyar
formatsiya ongga ta’sir o'tkazadi, uyqu va tetiklikni idora etadi. Ikkinchi
www.ziyouz.com kutubxonasi
signal sistemasi ongga xos b o ‘lgan o‘z -o ‘ziga hisobot berishni
ta ’minlasa, ong faoliyat k o ‘rsatishi uchun zarur bo ‘lgan po‘stloqning
tetiklik holati retikulyar formatsiyaning faoliyati bilan uzluksiz
bog‘langandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |