Ijtimoiy-pedagogik faoliyat - bu bolani ijtimoiylashtirish jarayoniga yordam berishga qaratilgan, ijtimoiy madaniy tajriybalarni hamda jamiyatdagi o’z ishlarni amalga oshirish haroitlarni yaratish yo’llarini o’zlashtirishga qaratilgan har-xil proffessional faoliyat hisoblanadi. Rivojlanishda u yoki bu turdagi normadan orqada qoluvchi bolalarni ijtimoiy qayta tiklash bilan bog’liq bo’lgan faoliyat. Mazmuniga ko’ra ijtimoiy pedashgogik faoliyat har xil kasbga bog’liq xilma xildir. Nazariy qarashlar buyicha kupchilik guruh bolalar bilan ishlashdagi profilaktik faoliyat muassasa va tashkilotlarida amalga oshirish kerak bular quyidagilar:
- o'quv yurtlaridagi ijtimoiy pedagogik faoliyat;
- bolalar jamoasi va tashkilotlardagi ijtimoiy pedagogik faoliyat;
- ijodkorlik to’garaklari va bolalarning ro`l vaqtlariga ijtimoiy pedagogik faoliyat;
-bolalarning yo’zgi ta’tildagi ijtimoiy pedagogik faoliyat.
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar olib boriladigan ishlar qannaqa nuqsoni bor ekanligiga qarab ijtimoiy pedagogik foaliyat turlariga ajratish va maxsus metodika va texnologik yondoshishni talab qiladi.
-aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat;
-pedagogik nuqsonlari bor bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat;
-ota-ona tomonidan nazoratsiz qolgan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat;
-tarbiyasi ogir(deviant) bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy pedagogning oila bilan birga olib boradigan ijtimoiy pedagogik faoliyati alohida ahamiyatga egadir, sababi oilada bolaga boshaqa ijmoiy omillarining ta’sirining qanday bo’lishni aniqlashga imkon beradi. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagoggning oila bilan hamkorlikdagi ishchangligi ijtimoiy pedagogik faolitning barcha kategoriyalari ya’ni bolalar muammolari bazi hollardagi pro`lilaktika ishlarini olib borishdagi zarur komponentlardan hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’lim. Umumiy o’rta maktablarda ya’ni boshqa bir o'quv yurtlarida bola ta’lim jarayonlarida akademik bilimlariga va ularni egallash uchun eng zarur bulgan ko’nikmani egallash va qullashni o’rgatadi. Shuningdek ular alohida tizimlashtirilgan ijtimoiy bilim ko’nikma va tajribalarni ham egallaydi. Ular bola tomonidan o’rganilgan malaka va ijtimoiy talablarini yutuqlarini egallashni ta’minlaydi, qachon bolaga va uning ijtimoiylashuvida maxsus yordam zarur bo’lgandagina bu bilim ko’nikma va malakalar asqotadi.
Ijtimoiy ish - aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlariga yordam ko’rsatish hisoblanadi. Ijtimoiy ishlarning obekti inson hisoblanadi, lekin hamma emas, balki faqatgina muammolari bo’lganlari (ekologik, ijtimoiy, texnogen, millatlararo keskin o’zgarishlar, buzilishlar natijasida) yoki sog’lom bo’lmagan, jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo’lganlar hisoblanadi.
Madaniyat-jamiyatning tarixiy malum bir rivojlanish darajasi., ijtimoiy kuch, inson qobilyati, odamlar shayotiy faoliyati shaklini tashqil yetish usuli, asosan ular tomonidan yaratilajak moddiy va ma`naviy qadryatlar bilan belgilanadi.