6-bob. Vasiylar va homiylarning huquq va majburiyatlari. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari. 31-modda. Vasiylar va homiylarning huquqlari.Vasiylar o’z vasiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo’lib, ularning nomidan yoki ularning manfaatlarini ko’zlab barcha zarur bitimlarni tuzadi.Homiylar o’z homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo’lib, homiyligidagi shaxslarga o’z huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida ko’maklashadi, shuningdek ularni uchinchi shaxslar tomonidan bo’ladigan suiistehmolliklardan muhofaza qiladi. LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 83-bandi.
32-modda. Vasiylar va homiylarning majburiyatlari.Vasiylar va homiylar:o’zining yashash joyi o’zgarganligi haqida vasiylik va homiylik organini xabardor qilishi;o’z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsni tarbiyalashi, uning ta’minoti, sog’lig’i, jismoniy, ruhiy, mahnaviy va axloqiy kamoloti haqida g’amxo’rlik qilishi, shuningdek uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi;o’z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning maktabgacha tahlim, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar tahlimi olishi uchun sharoitlarni ta’minlashi;alimentlar, pensiyalar, nafaqalar hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ijtimoiy to’lovlar to’lashni talab qilish yuzasidan zarur choralar ko’rishi,o’z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning o’zlariga topshirilgan mol-mulkini asrab-avaylashi, mol-mulkning qiymati pasayishiga yo’l qo’ymasligi hamda undan foyda chiqarishga imkon tug’dirmasligi;
33-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari.Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:o’zlariga nisbatan hurmat bilan va insoniy munosabatda bo’linishi;o’zlarining ta’minoti, tarbiyasi, tahlim olishi va sog’lig’i haqida g’amxo’rlik qilinishi;o’z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishi;o’z huquqlari va o’zlariga ko’rsatilishi mumkin bo’lgan xizmatlar to’g’risida, shuningdek o’z huquqlarini himoya qilish usullari hamda vositalari haqida vasiylik va homiylik organlaridan axborot olish; tahlim olishga, sog’liqni saqlashga, ijtimoiy muhofaza qilinishga bo’lgan huquqlarini, shuningdek o’zlarining jismoniy, aqliy va mahnaviy jihatdan uyg’un rivojlanishiga yordam beradigan boshqa huquqlarni amalga oshirish uchun zarur yordam olish hamda qo’llab-quvvatlanish;agar bu vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid bo’lmasa, ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan muloqotda bo’lish;o’z shaxsiy hayotiga taalluqli axborotning maxfiyligi ta’minlanishi;turar joyga bo’lgan mulk huquqi yoki turar joydan foydalanish huquqi, shuningdek ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qarindoshlik faktiga asoslangan mulkiy huquqlari ta’minlanishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |