7-bob. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlarini himoya qilish.34-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlari.Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiylarning yoki homiylarning mol-mulkiga nisbatan, vasiylar yoki homiylar esa, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkiga, shu jumladan alimentlar, pensiyalar, nafaqalar summalariga hamda boshqa ijtimoiy to’lovlarga nisbatan mulk huquqiga ega bo’lmaydi.Mol-mulk qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko’ra umumiy mulk huquqi asosida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga tegishli bo’lishi mumkin. LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 18-bob («Umumiy mulk»)Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar o’z vasiylarining yoki homiylarining mol-mulkidan ularning roziligi bilan foydalanishga haqli.Vasiylarga yoki homiylarga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkidan o’zlarining manfaatlari yo’lida foydalanish taqiqlanadi.
35-modda.Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini boshqarish.Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini boshqarish mol-mulkning joylashuvi bo’yicha belgilanadi. Vasiylar o’z vasiyligidagi shaxsning pul mablag’larini banklarga va boshqa kredit tashkilotlariga qo’yishga haqli. Vasiylikdagi shaxsning banklarga va boshqa kredit tashkilotlariga qo’yilgan pul mablag’larini vasiy tomonidan sarflash faqatgina vasiylikdagi shaxsning ta’minoti uchun vasiylik va homiylik organining yozma ruxsatiga ko’ra amalga oshiriladi.Sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslarning homiylari o’z homiyligidagi shaxsning roziligi bilan homiylikdagi shaxsning ta’minotiga va maishiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan maishiy yoki boshqa bitimlar tuzadi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda homiylikdagi shaxsning mol-mulkini boshqarishni amalga oshiradi. LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 bobi («Mol-mulkni ishonchli boshqarish»).Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yo’l qo’yilmaydi.Sudning fuqaroni bedarak yo’qolgan deb topish to’g’risidagi yoki uni vafot etgan deb ehlon qilish haqidagi hal qiluv qarori bekor qilingan taqdirda yoxud meros qabul qilinganda mol-mulkni boshqarish bekor qilinadi. LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 35, 37-moddalari va 69 bobi («Merosni egallash»).