25-modda. Bir shaxsni bir nechta vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga vasiy yoki homiy etib tayinlash.Zarurat bo’lganda, vasiylikka yoki homiylikka olinuvchilarning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, tuman, shahar hokimi qarori bilan bir shaxs bir nechta vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin.Shaxsni ikkinchi va undan keyingi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga vasiy yoki homiy etib tayinlash to’g’risidagi tuman, shahar hokimi qarorida boshqa shaxs vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emasligining sabablari ko’rsatilgan bo’lishi shart.
Ayni bir vasiy yoki homiy o’z majburiyatlarini bajarayotganda uning vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxslarning manfaatlari o’rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilguniga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi. LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 76-bandi. 26-modda. Voyaga yetmaganlarga nisbatan ular ota-onasining yoki voyaga yetmaganlarning o’z arizasiga ko’ra vasiy yoki homiy tayinlash.Tuman, shahar hokimi qarori bilan ota-onaning uzrli sabablarga ko’ra o’zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun o’zining voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash to’g’risidagi arizasi asosida vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin, ushbu arizada aniq shaxs hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati ko’rsatiladi. Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasi o’z sog’lig’i holatiga ko’ra bolalariga vasiyni yoki homiyni, agar uning roziligi bo’lsa, belgilashi mumkin. Ota-onaning o’z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga beriladi.Ota-onaning o’z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi ushbu ariza yozilgan sana ko’rsatilgan holda ularning o’z qo’li bilan imzolangan va notarial tartibda tasdiqlangan bo’lishi kerak. 27-modda.Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi bo’lgan voyaga yetmaganga vasiy yoki homiy tayinlash.Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi bo’lgan voyaga yetmaganga vasiy yoki homiy, agar ota-onasi bilan turishi ushbu shaxsning qonuniy manfaatlariga javob bermasligi hamda uning hayoti yoki sog’lig’i uchun bevosita tahdid mavjudligi vasiylik va homiylik organi tomonidan aniqlansa, tayinlanishi mumkin.Voyaga yetmagan vasiylikda yoki homiylikda bo’lgan davrda vasiylik va homiylik organi uning oilasini ijtimoiy-pedagogik jihatdan reabilitatsiya qilish hamda voyaga yetmaganni oilasiga qaytarish masalalari bo’yicha, agar bu uning qonuniy manfaatlariga zid bo’lmasa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tahlim muassasalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.