5-bob. Vasiylik va homiylikni tugatish. Vasiyning va homiyning o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi hamda chetlashtirilishi 28-modda. Vasiylikni va homiylikni tugatish asoslari.Vasiylik quyidagi hollarda tugatiladi: vasiylikdagi shaxs vafot etganda;voyaga yetmagan o’n to’rt yoshga to’lganda;voyaga yetmagan ota-onasiga qaytarilganda;vasiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan tiklanganda.Voyaga yetmagan o’n to’rt yoshga to’lganligi sababli vasiylik tugatilgach, vasiyning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs belgilangan tartibda tayinlanmagan holda voyaga yetmaganning homiysi bo’lib qoladi.
Homiylik quyidagi hollarda tugatiladi:homiylikdagi shaxs vafot etganda;homiylikdagi shaxs voyaga yetganda; homiylikdagi shaxs ota-onasiga qaytarilganda;homiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda;voyaga yetmagan to’la muomalaga layoqatli deb ehlon qilinganda (emansipatsiya);homiylikdagi shaxs nikohga kirganda;sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxsning sog’lig’i yaxshilanganda.Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs tarbiya, sog’liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarida va boshqa shunga o’xshash muassasalarda vaqtincha bo’lganda vasiyning yoki homiyning uzrli sabablarga ko’ra o’z majburiyatlarini bajara olmasligi vasiyning yoki homiyning vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini bekor qilmaydi. LexUZ sharhi.SHuningdek, qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 100, 101 va 102-bandlari. 29-modda.Vasiyning yoki homiyning o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi.Vasiy yoki homiy o’zining arizasiga ko’ra o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.Homiy homiylikdagi shaxsning talabiga ko’ra o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi lozim. Vasiyni yoki homiyni o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilish to’g’risidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olingan holda unga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoxud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi. 30-modda. Vasiyning yoki homiyning o’z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilishi.Vasiy yoki homiy o’z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoxud o’z huquqlarini suiistehmol qilgan hollarda, ularni o’z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirish to’g’risidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.Vasiy yoki homiy o’z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlardan g’arazli yoki boshqa past niyatlarda foydalanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsni nazoratsiz va zarur yordamsiz qoldirganda, vasiylik va homiylik organlari uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun zarur choralarni ko’rishi shart. LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasining Mahmuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 48-moddasi.Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi o’z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olingan holda unga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoxud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi.