Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Download 3,71 Mb.
bet117/220
Sana22.07.2022
Hajmi3,71 Mb.
#840098
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   220
Bog'liq
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi.Tosh.“Adolat” – 1996. 2.Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy lavobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi.Xalq so‘zi gazetasi, 2017.1.
3.Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston”, 2017.
4.Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi- inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017.
5.Barkamol avlod orzusi. Sh. Qurbonov va b. tah. ost. Toshkent, “Sharq”, 1998.
6.Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.
7.Mavlonova R. va boshqalar “Ijtimoiy pedagogika” T.: Istiqlol, 2009 y.
8.Galaguzova M. A. Sotsialnaya pedagogika – M.: Vlados, 2000 g.
9. Boriyev O’.Oila va yangi an’analar. T.“O’qituvchi” -1998.
10. Javliyev T. A’nanalar xayot sabog’I. T.., “O’zbekiston ”- 1992
5. A.Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. T.., “O’qituvchi ” – 1992.
Elektron ta`lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. uz
3. tdpu-INTERNET. Ped.


7-Mavzu. Tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashning ijtimoiy pedagogik texnologiyalari. Nomaqbul oilalar bilan ishlashning ijtimoiy - pedagogik texnologiyalari.
Imkoniyatlari cheklangan bolani tarbiyalayotgan oila bilan ishlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy pedagogik texnologiyalar..
Rja:
1. Tarbiyasi og‘ir bolalarni aniqlash, guruh yoki yakka tartibda ishni tashkil etish.
2.Tashkiliy ijtimoiy pedagogik texnologiyalar.
3. Huquqbuzarlik sodir etgan o’smirlar bilan asosiy profilaktik ishlar.
Tayanch so’z va iboralar: Tarbiyasi og‘ir bolalar, tasdiqlash, reabilitatsion, profilaktik ishlar, imtiyoz.
Tarbiyasi og‘ir bolalar haqida ma`lumotlar bankini shakllantirish; 1) bolaning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishi muammolarini tashhislash; 2) bola, guruh, jamiyat bilan ijtimoiy – pedagogik ishlar dasturini tuzish va tasdiqlash; 3) dasturning bajarilishi haroitlarini ta`minlash; 4) maslahat xizmati; 6) ijtimoiy pedagogning idoralararo aloqalari.
Huquqbuzarlik sodir etgan o’smirlar bilan asosiy profilaktik ishlar asosan ochiq sotsiumda (o’smir kichik huquqbuzarlik sodir etgan bo’lsa yoki shartli hukm etilgan bo’lsa) o’tkazilsa yoki maxsus o’quv tarbiyaviy tashkilotlarda olib borilsa, tarbiyalash koloniyalarida asosan balog’atga yetmagan hukm etilganlarga yordam reabilitatsion dasturlari amalga oshiriladi.Balog’atga yetmaganlar uchun koloniyalarda tarbiyalash jarayoni “kattalar” koloniyalaridan ancha farq qiladi. Bu koloniyalarda qonun hukm etilganlar bilan ishlash uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi, tahsir ko’rsatish pozitiv choralari qo’llaniladi, bu imtiyozlar sonini ancha oshiradi va jazo choralarini ancha kamaytiradi.
O’smirlar bilan ishlashda umumtahlim va professional tayyorgarlikdan iborat o’quv-tarbiyaviy ishlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Hamma tarbiyalanuvchilar uchun ular kasb egallashlari uchun kerakli sharoitlar yaratiladi: shu bilan birga kasb tanlash keng va ixtiyoriy imkoniyatlari ta’minlanadi. Region va mehnat bozori talablari, yoshi, jismoniy va psixik xususiyatlari hisobga olinadi. Mehnat tarbiyasining samaraliligini oshirish o’smirlarni ijtimoiylashtirish masalasini, ularni mustaqil hayotga tayyorlashning muhim sharti hisoblanadi.
Hukm etilganlarning ko’pchiligi koloniyaga kelishidan avva maktablarda kollejlarda o’qigarlar, imtizomni buzuvchi, tartibbuzarlikni boshlovchi va janjallarda ishtirok etuvchi deb tahriflanadilar, ular darslardan qochib ketadilar, tengdoshlari va o’qituvchilarni haqoratlaganlar. Shuning uchun o’qituvchilar va ishlab chiqarish tahlimi ustalari bilan hukm etilgan o’quvchilar orasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish kerak. O’z faniga qiziqtirish, foydali ishlarga jalb eta bilish mahorati, chidamli bo’lish va qo’yilgan maqsadga erishishda qathiy, tirishqoq bo’lish – mana shular bu turdagi balog’atga yetmaganlar bilan ishlovchi pedagogning professional mahorati mezonlaridir.
Hukm etilganlarning bilm olishga, mehnatga munosabatlarini o’zgartirish, tarbiyalanuvchilarni ishlab chiqarishni tashkil etish va madaniyati yuqori darajali ish bilan, texnologiyalar bilan ta’minlash juda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bajargan ishlariga haq to’lashni ta’minlashga erishish zarur, bu o’smirlarning o’z mehnatlari natijasiga qiziqishlarini oshiradi. Jinoyatchilarni tuzatish jarayonini ta’minlovchi asosiy vositalarga umumtahlim o’qitish kiradi.
Umumta’lim o’qitish balog’atga yetmaganlarga tahsir ko’rsatish vositasi sifatida alohida rol o’ynaydi. Chunki, tarbiyalash koloniyasida tashkilotning asosiy tuzilish elementi va amalda koloniyada olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning markazi hisoblanuvchi umumtahlim maktabida hamma hukm etilganlar bilim oladilar. Koloniyaga kelganlarida hamma hukm etilganlar umumtahlim maktabining kerakli sinflariga taqsimlanadilar, otryadlar bo’yicha taqsimlash ularning bilim darajalaridan kelib chiqib “bo’lim-sinf” printsipi asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishda ishlash yoki kasb-hunar kollejida o’qitish faqatgina maktabdan bo’sh vaqtida amalga oshirilishi mumkin.Koloniyada tarbiyalash jarayonida maktab o’qituvchilarining, otryadlar tarbiyachilari va kasb-hunar kolleji o’qituvchilari, ishlab chiqarish murabbiylarining aniq o’zaro aloqalari juda muhimdir. Koloniyada eng keng tarqalgan tarbiyaviy ishlar usullari suhbatlar, lektsiya, munozaralar, qiziqarli insonlar bilan uchrashuvlar hisoblanadi.
Oxirgi paytlarda halol hayot kechirayotgan koloniyaning sobiq tarbiyalanuvchilari bilan hukm etilganlarning qarindoshlari, jamoatchilik va diniy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar keng qo’llanila boshlandi. Ozodlikdan mahrum etilish sharoitlarida o’qishdan va ishdan bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish kerak bo’ladi. Koloniyada bu vaqt tartibli belgilab qo’yilgan bo’ladi. Shuning uchun, ular rasmiy ko’rinishda bo’lmasligi uchun (hisobot uchun) hukm etilganlar uchun bo’sh vaqti chora-tadbirlarni aniq rejalashtirish zarurdir. Chora-tadbirlar o’smirlarda hayotga qiziqish uyg’otishi,irodalilik sifatlari va ularning jamoatchilik tartibiga zid tahsirlarga qarshi turishga imkon beruvchi xarakteri xususiyatlarini shakllantirish kerak.
Bu tushunchalar o’rtasida chegara qanday? Afsuski bu baholash kriteriylari hamma tuzatish koloniyalari uchun yagona hisoblanadi va haqiqiy jarayonlarni mos ravishda aks ettirmaydi.Demak, tuzatish tahsir ko’rsatishining samaraliligini belgilovchi aniq ko’rsatkich ozod etilgandan so’ng jinoyatchining hulqi retsidivi (qayta takrorlash) hisoblanadi. Balog’atga yetmagan huquqbuzarlar uchun tuzatish tahsir ko’rsatishi amaliyotida jazo turlarini qo’llashni kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazo turiga muqobil jazolar turlaridan biri qisqa muddatga qamoqqa olish bo’lishi mumkin, bu usul Yevropa mamlakatlarida keng qo’llaniladi. Shartli ravishda hukm etish haqida gapirsak jazolashning bu turiga juda ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak va uni qo’llanilgan o’smirlarni aniq nazorat qilish kerak bo’ladi. Bu talab bajarilmaganda o’smirlar o’z holiga tashlab qo’yilgan bo’ladi va qilgan jinoiy harakatlari uchun jazolanmasligini his qiladi.Balog’atga yetmaganlar huquqbuzarlik va retsidiv jinoyatchiliklarini profilaktika qilishda istalgan samaraga ular bilan tarbiyaviy ishlarga ijtimoiy pedagog-professionallarni jalb etilgandagina samaraga erishish mumkin. Penitentsiar tashkilotlar boshida bunday yuksak va qiyin masalani hal etishga qodir bo’lgan – yuristlar, psixologlar, ijtimoiy pedagoglarning eng yaxshilari turishlari ker



Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish