Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent


O‘quv tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish



Download 3,71 Mb.
bet113/220
Sana22.07.2022
Hajmi3,71 Mb.
#840098
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   220
Bog'liq
2020-21 ijtimоiy majmua янги

O‘quv tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish. Hozirgi vaqtda ta’lim va tarbiya jarayonini insonparvarlashtirishning mohiyati va yo‘llari to‘g‘risida ko‘plab munozaralar olib borilmoqda. Haqiqiy insoniylashtirishgina ta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishi mumkin.
Ta’lim va tarbiyaviy faoliyatni insonparvarlashtirish uning mohiyati va mazmunini ko‘zda tutadi. Shaxsning rivojlanish va o‘z-o‘zini anglashi huquqini ta’minlaydi. Shuningdek, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik vazifasini ham o‘taydi. Bu munosabat asosida insonga ishonch, uning qadriyatini hurmat qilish kabi fazilatlar yotadi. Bu huquqlarga kafolat beruvchi va bu qadriyatlarni himoya qiluvchi ijtimoy-pedagogik yaratilsagina insoniylashtirish haqiqiy kuchga aylanadi.
Insoniylashtirish ishlarini amalga oshirishda quyidagilar muhimdir:

  • Pedagogik jamoaning tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilishga tizimli yondashish;

  • o‘quvchilarning ijtimoiy tayyorgarligini kuchaytirish;

  • pedagogik muloqotni insoniylashtirish;

  • o‘zaro ishonch muhitini yaratish;

  • pedagogik jamoaning birligiga erishi;

  • o‘quv yurtlarini estetik jihozlash;

  • jamoaning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarida xushmuomalalik bilan murojaat qilish orqali o‘quvchilar orasidagi insoniy fazilatlarni kuchaytirishga erishish;

  • doimo xushkayfiyatda bo‘lish kabi ma’naviy-ruxiy muhit hosil qilish;

  • o‘quvchi va o‘qituvchilarga rahbarlik qilishning xalqchil uslubini yaratish.

Tarbiyaviy faoliyatning mazmuni to‘rtta bo‘lib, bular birlashtirilsa, ko‘zlangan maqsadga erishiladi:

  1. mafkuraviy tarbiya;

  2. ma’naviy tarbiya;

  3. o‘quv ishlab chiqarish;

  4. sport-sog‘lomlashtirish kompleksi.

Kompleks o‘quv-tarbiya jarayonining to‘rtta maqsadi mavjud. Bu maqsadlar quyidagilardan iborat:

  1. ilmiy dunyoqarash va siyosiy madaniyatni shakllantirish;

  2. shaxsning ma’naviy sifatlarini shakllantirish;

  3. kasbiy tayyorgarligi sifatini ta’minlash;

  4. jismoniy madaniyatga, sog‘lom turmush tarziga ehtiyojni rivojlantirish.

Bu qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish va uni anglash, uni o‘quvchilarda shakllantirish tarbiyaviy jarayonning maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Palapartish, rejasiz olib borilgan tarbiyaviy ishlar hech qanday natija bermasligi ma’lum bo‘ldi. Hal qilinishi kerak bo‘lgan tarbiyaviy jarayonni loyihalash, yangi pedagogik texnogiya asosida tashkil qilish, ta’lim va tarbiyaning eng yangi usul va yo‘llarini qo‘llagan holda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish ko‘zlangan maqsadni albatta berishi ma’lum.
Har bir tashkil qilinishi lozim bo‘lgan ta’lim va tarbiyaviy ish loyihalashtirish orqali tarbiyaviy faoliyatni insoniy yo‘nalishga ega bo‘lgan fazilat paydo bo‘layotganligidan darak beradi.
Shaxsni insoniylik asosida tarbiyalash dasturini qo‘llagan holda o‘quvchiga ta’sir etishning samarali shakllaridan – dars, umumiy tematik, operativ, siyosiy axborotlar, davra suhbati, konferensiya, munozara, tarixiy o‘quvlar, tarbiyaviy soatlardan foydalanish. Guruhlarda olib boriladigan siyosiy axborotlar operativ harakterga ega bo‘lib, unga barcha o‘quvchilar jalb qilinsa, vaqti-vaqti bilan tematik axborotlar o‘tkazilib turilsa insoniylikni tarbiyalashga yanada ko‘proq yondashilgan bo‘ladi.
Hozirgi sharoitni hisobga olib davlatimiz ichki va tashqi siyosati, boshka mamlakatlar bilan olib borilayotgan ishlar, qo‘shma korxonalar to‘g‘risida ham «Dalillar va faktlar» mavzusi ostida turli-tuman ishlar qilinishi mumkin. «Davra suhbati» o‘quvchilar orasida olib boriladigan g‘oyaviy-siyosiy ishlarning markazi hisoblanadi. Davra suhbatining maqsadi o‘quvchilarni buyuk siyosatdonlar misolida tarbiyalashdan, jamiyat rivojiga ilmiy nuqtai nazaridan qarash, bo‘lajak shaxsning ijtimoiy-mehnat faoliyatini tashkil qilishdan, suhbatga qatnashganlarning ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.
Agarda o‘quv yurtlarida turli – tuman anjumanlar, markazlar tashkil qilinib, o‘quvchilar unga qatnashtirilib borilsa, insoniylikni tarbiyalashdan tashqari:

  • belgilangan yo‘nalishda o‘quvchilar hayotini tashkil qiladi;

  • o‘quvchilar izlanish ishlari olib borishga odatlanadilar;

  • ommaviy ishlar tashkil qilishga o‘rgatadi;

  • tarbiyachi va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantiradi.

Bu olib boriladigan ishlarning hammasi sinfdan tashqari vaqtda tashkil qilinib, ko‘pincha nazariy ta’lim darslari maqsadidan kelib chiqadi va ularni to‘ldiradi, mazmunini boyitadi.
O‘quv-tarbiya jarayonini insoniylashtirishning yana bir yo‘li bu – muhitdir. O‘quvchida o‘qituvchi shaxsiga hurmatni o‘quv yurti bag‘rida tarbiyalash mumkin. Chunki o‘quvchi o‘zining juda ko‘p vaqtini ta’lim muassasasida o‘tkazadi. O‘quv yurtiga kirishda har bir zal, har bir bino did bilan estetik bezatilgan bo‘lsa, u o‘quvchi shaxsiga nihoyatda katta ta’sir etadi. O‘quv yurti jamoasi o‘quvchilar yaxshi o‘qishi, bilim olishi, jismoniy va ma’naviy rivojlanishi uchun jon-dildan xizmat qilsa, sport zallari, elektron xonalari, laboratoriya va badiiy havaskorlik to‘garaklari ishlab tursa, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash uchun imkoniyat yaratilsa, bolalar vaqti-vaqti bilan stadion, basseyn, kutubxonalardan foydalansa, insoniylikni tarbiyalash uchun zamin yaratilgan bo‘ladi.

  • o‘quvchilar, o‘qituvchilar, mehnat ta’limi ustalari uchun yaxshi shart-sharoit yaratish;

  • ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish;

  • pedagogik kadrlar malakasini oshirish;

  • o‘quv-tarbiya jarayonini rahbarlik usullarini takomillashtirish;

  • barcha o‘quv xonalarda, laboratoriyalarda, ustaxonalarda maxsus metodik ko‘rsatmalar tayyorlash;

  • tashkil qilingan ko‘rgazmalarni, maketlarni, tarqatma materiallarni, o‘quv adabiyotlarini, diafilm, kinofilmlarni foydalanish uchun doimiy ravishda tayyorlab borish;

  • muallim va ustalarning ish joylarini zarur texnik vositalar bilan jihozlab qo‘yish;

  • har bir o‘quv xona va laboratoriyalarni jihozlashda yagona didaktik va gigenetik, texnik talablar hamda texnik xavfsizlik qoidalarini hisobga olgan holda jihozlash. O‘quvchilarni ish joyida kerakli adabiyot, lug‘at, darslik, darslarning tayanch konspektlari bilan ta’minlab qo‘yish darslar va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘z vaqtida samarali olib borilishini ta’minlash ham ma’lum darajada insoniy fazilatlarni tarbiyalashda yordam beradi. O‘quvchilar o‘quv xonalaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari vaqtlarda ham foydalanadilar. Darsdan tashqari olib boriladigan konsultatsiyalar faqat dars mashg‘ulotlariga yordam beribgina qolmasdan, keyinchalik oliy o‘quv yurtlariga o‘qish uchun ham zamin yaratadi.

Dam olish kunlarida shug‘ullanish uchun ashula, raqs to‘garagi, milliy ansabl ishlab tursa, har bir o‘quv yurti o‘zining vokal cholg‘u ansambliga ega bo‘lsa, teatr va o‘z studiyasiga ega bo‘lsa o‘quvchilar o‘rtasida do‘stlik, bir-birini tushunish kabi g‘oyalar o‘sib boradi, yanada insoniy sifatlarni tarbiyalash imkoniyati yaratiladi.
Ishlab chiqarish ta’limi bo‘lgan o‘quv yurtlarida ustaxonalarning tarbiyachilari bilan tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi munosabati o‘quvchilardan tanlangan kasblariga bo‘lgan munosabatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Chunki ustalar o‘quvchilar bilan hammadan ko‘proq birga bo‘ladilar. Shuning uchun usta, masterlarga talabchanlikni kuchaytirish, ularni insoniylikka, diyonatli bo‘lishga da’vat etadi.
Ma’lumki, shaxsni faqat shaxslar tarbiyalaydilar. O‘z-o‘zidan faqat insoniy jamoagina insoniy shaxsni tarbiyalashi mumkin. Shuning uchun o‘quv yurti o‘qituvchi – tarbiyachilari bunday birlikka erishishi uchun quyidagilarga alohida e’tibor berishi kerak, deb hisoblaymiz.

  • pedagog jamoaning g‘oyaviy-ma’naviy jipslashishi;

  • o‘zaro mas’uliyat asosida hamkorlikdagi faoliyatni tashkil qilish;

  • estetik muhit yaratish;

  • o‘quv yurti rahbarining bevosita o‘quvchilar tarbiyasiga ishtirok etishi;

  • o‘quvchilar jamoasi va o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining kuch – g‘ayratlarini birlashtirish;

  • bo‘lajak shaxsni shakllantirish o‘quv yurti pedagogik jamoasi tarbiyaviy faoliyatining yagona maqsadi bo‘lmogi lozim.


Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish