Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

Nazorat uchun savollar: 
1. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlarining mazmuni nimadan iborat? 
2. Texnologiya fanida kuzatish metodining qo‘llanilishini izohlang. 
3. Suhbat metodining afzalligi nimada? 
4. Ekperiment metodi sharoitga qarab necha turga bo‘linadi? 
5. Maktab hujjatlarini tahlil qilish deganda nimani tushunasiz? 
6. Fanda matematik, kibernatika metodi nima uchun kerak? 
28-Mavzu. Texnologiya fanida ekskursiyalarni amalga oshirish metodikasi 
Tayanch so

zlar: 
Ekskursiya, ekskursiya maqsadi, ekskursiya vazifasi, 
ekskuesiya ob’yekti, ekskursiyaga tayyorgarlik, ekskursiyani o

tkazish va 
yakunlash. 


300 
28.1. Texnologiya fanida ekskursiyalarni amalga oshirish metodikasi. 
Ekskursiyaning maqsad va vazifalari 
Texnologiya ta’limi bo‘yicha o‘quv dasturida ko‘rsatilganidek, ekskursiya 
soati ajratilgan o‘quv fanlarining har birida ishlab chiqarishga bir martadan 
ekskursiya o‘tkazish nazarda tutiladi. Ekskursiyalar o‘tkazishdan maqsad avvalo 
o‘quvchilarda hozirgi zamon ishlab chiqarishi haqida tasavvur hosil qilishdir. Zero, 
o‘quv ustaxonalari sharoitida o‘quvchilar odatda materiallarga ishlov berishning 
sanoatdagi eng yangi yutuqlarini aks ettiradigan usullari bilan tanishish 
imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. Shunga ko‘ra aytish mumkinki, ekskursiya -
o‘quvchilarni zamonaviy texnika, texnalogiya va bevosita korxonada ishlab 
chiqarish tashkil qilish bilan tanishtirishning yagona yo‘lidir.
Ekskursiya anchagina muhim tushunchalarni, jumladan, ”mehnat 
unumdorligi” tushunchasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Bu tushunchani 
bayon qilish va ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanish orqali ham shakllantirish 
mumkin, albatta. Lekin bunda mazkur tushuncha o‘quvchilarning amaliy 
faoliyatidagi, jumladan, ishlab chiqarishga uyushtirilgan ekskursiyadagi kabi 
mustahkam o‘zlashtirilmaydi. Ular rejalashni to‘g‘ri bajarish va birikadigan 
detallarni aniq moslash qanchalik qiyinligini biladilar. Mehnat unumdorligini 
oshirishda murakkab tikuvchilik yo‘llaridan biri bilan tanishish o‘quvchilarda katta 
taassurot qoldiradi va ularning esida yaxshi qoladi. Shu tariqa tikuv materiallarini 
qayta ishlash korxonasining tayyorlov tsexiga o’tkazilgan ekskursiya davomida, 
o‘quvchilar ‘har xil mashinalarning ishlashini, tikuv materiallarining qirqilishini 
ko‘rayotganlarida 
ularning 
mehnat 
unumdorligi 
haqidagi 
bilimlarini 
mustahkamlash va kengaytirish mumkin. Bolalar ekskursiyada baravar vaqt 
mobaynida qo‘llariga nisbatan mexanik qaychi bilan ancha ko‘p ish bajarish 
mumkinligini bevosita ko’radilar. Ana shu misol orqali mehnat unumdorligini 
oshirishning ayrim yo‘llarini ko‘rsatish mumkin. Masalan, qo‘l qaychi o‘rniga 
mexanizatsiyalashtirilgan 
qaychidan 
foydalanish 
qo‘l 
mehnati 
o’rnini 
mexanizatsiyalashgan mehnat egallashining namunalaridan biridir, mehnat 
unumdorligining oshirilishi esa ishda bir yo‘la bir necha asbobdan foydalanishga 


301 
misol bo‘la oladi. Mehnat unumdorligini oshirish nuqtai nazaridan qaychilash 
jarayonini ta‘riflashda o‘quvchilarga mustaqil holda bir necha misollar keltirishni 
tavsiya etish ma‘qul. Ular ilgari o’rganilgan materiallarni: qo‘l va elektr
mashinalar bilan tikish, qo‘lda va mashinalarda averloglash, qo‘l va mexanik 
qaychilarda qirqish va hokazolarni eslasalar mazkur topshiriqni bajaradilar.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish