Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

28.2. Ekskursiya ob’yektini tanlash
Bu ish ekskursiya ob’yektini tanlashdan boshlanadi. Ob’yektni tanlash 
ekskursiya jarayonida qo’yiladigan vazifalar bilan belgilanadi. Masalan, 
o‘quvchilar kasb-hunar kollejining birinchi kursida tikuv materiallarini qirqish 
ishlarini bajaradilar (taxta tiladigan korxonalarga ekskursiya uyushtirib, 
o‘quvchilarni tikuv materiallari qirqish bilan tanishtirish mumkin) ; 2-kursda 
materiallarga ishlov berish o‘rganilgandan so‘ng asosiy ta’limiy vazifa 
o‘quvchilarga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish haqida tushuncha 
berishdan iborat bo‘ladi (tabiiyki, bunday payitda ekskursiya uchun avtomat liniya 
yoki alohida avtomat mashinalar mavjud ob‘ekt tanlanishi kerak). 
Ekskursiya 
ob‘ektlarini 
tanlashda 
qishloq 
joylarida 
kasb 
ta’limi 
o‘qituvchisining imkoniyati nihoyatda cheklanganini nazarda tutish kerak. Buning 
ustiga ba’zan hamma ekskursiyalarni bitta korxonaning o‘zida o‘tkazishga to‘g‘ri 
keladi. Bunday hollarda kasb ta’limi o‘qituvchisi ekskursiyalar mazmunan 
takrorlanmasligi va ularga o‘quvchilarning qiziqishi susaymasligi uchun oldindan 
ustaxonalarda 
ta’lim 
berishning 
butun 
davri 
uchun 
o‘tkaziladigan 
ekskursiyalarning rejasini tuzib oladi.
O‘qituvchi ekskursiya uchun ob’yekt tanlagach korxona rahbarlari bilan 
kelishib oladi va ekskursiyani kam o‘tkazishi masalasini hal qiladi. Ekskursiyani 
o‘qituvchining o‘zi o‘tkazsa, eng ko‘p ta’limiy samaraga erishiladi. Chunki 
o‘qituvchi mana shu tadbirning ta’lmiy vazifalarini, o‘quvchilarning tayyorligi va 
fan asoslariga doir bilimlarini yaqqol tasavvur etadi. Bularning xammasi unga ishni 
aniq olib borish, o‘quvchilarning diqqat - e’tiborini ular uchun eng muhim 
hisoblangan asosiy narsalarga qaratish imkonini beradi. Afsuski, har bir kasb 


302 
ta’limi o‘qituvchisi hozirgi sanoat korxonalarida o‘tkaziladigan ekskursiyalarni 
boshqarishga tayyorlangan, deb bo‘lmaydi. Ana shunday hollarda ekskursiyani 
korxonaning xodimi o‘tkazib, o‘qituvchi unga avval ekskursiyaning vazifalvrini 
tushuntiradi. 
Texnologiya fani o‘qituvchisi ekskursovod bilan birgalikda ekskursiyaning 
marshrutini va o‘quvchilarga ko‘rsatiladigan ob’yektni belgilaydi. Bunda 
o‘quvchilar uchun xavfsizlik masalalariga katta e’tibor beriladi. O‘qituvchi 
ekskursovod bilan birgalikda o‘quvchilarning korxona territoriyasidagi harakati 
xavfsizligini qanday ta’minlash ularni tsexga qanday joylashtirish kerakligi haqida 
fikrlashadi.
O‘qituvchi ekskursiya vaqtida o‘quvchilarning aktivligini oshirish uchun 
ularga individual topshiriqlar beradi. Bu topshiriqlar turli xarakterda bo‘lishi, 
masalan: muayyan detalga ishlov berish tartibini yozishdan(marshrutli texnologik 
karta tuzishdan), qator operatsiyalar bo‘yicha detal zagatovkasining eskizini 
tayyorlashdan, qo‘l mehnati bilan mashinada ishlashning unumdorligini 
taqqoslashdan iborat bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarishdagi ekskursiyalarni kasb 
ta’lim o‘qituvchisi boshqa fan o‘qituvchilari, xususan fizika o‘qituvchisi bilan 
birgalikda o‘tkazishi mumkin. Bunday hollarda ekskursiya vaqti uzaytiriladi va 
o‘rganish ob’yekti ancha chuqurlashadi hamda ko‘p qirrali bo‘ladi.


Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish