Oldindan zo'riqtirilgan temir bitondan koprik va yol qurilishlarida foydalanish



Download 85,58 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2022
Hajmi85,58 Kb.
#528717
  1   2   3   4
Bog'liq
Oldindan zo




Oldindan zo'riqtirilgan temir bitondan koprik va yol qurilishlarida foydalanish

Betonda yoriq paydo bo’lishining oldini olish uchun uni cho’zilgan armatura yordamida siqiladi. Тayyorlash jarayonida sun’iy ravishda (oldindan) betonda siqilish va armaturada cho’zilish kuchlanishlari uyg’otilgan temirbeton konstruksiyalari oldindan zo’riqitirilgan konstruksiyalar deb ataladi. 

Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarning afzalligi ularning yoriqbardoshliligi va bikirligi yuqori darajada ekanligidadir. Ana shu xossa tufayli o’ta mustahkam po’lat va betondan foydalanish imkoniyati tug’iladi, buning natijasida oddiy armatura temirbetondagiga nisbatan 30...70% kamroq bo’ladi. Ayni paytda beton sarfi ham kamayib, konstruksiya vazni yengillashadi. Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarda B20...B60 sinfli beton va o’ta mustahkam armatura ishlatiladi. O’ta mustahkam materiallarning qo’llanilishi temirbeton konstruksiyasining ko’ndalang kesimlarini kichraytirish imkonini beradi; bu esa konstruksiya narxini kamaytiradi, chunki beton bilan armaturaning narxi mustahkamlikka nisbatan sekinroq ortadi. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalari o’zining zanglashga qarshi o’ta turg’unligi, ko’pga chidamliligi va bardoshliligi bilan farq qiladi. Konstruksiyalrni oldindan zo’riqtirilishi oraliq (prolet)larni kattalashtiradi, kesimlarni kichiklashtirish evaziga ulardan samarali foydalanish doirasini kengaytiradi. Betonda cho’zuvchi kuchlanishlar paydo bo’ladigan konstruksiyalarda (egiluvchi elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va h.k.) oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Oldindan zo’riqitirilgan konstruksiyalarni tayyorlash uchun ko’p mehnat sarflanadi, maxsus uskunalar hamda yuqori malakali ishchilar talab etiladi; bular uning kamchiligi hisoblanadi. 



Oldindan zo’riqish hosil qilishning usullari. Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlash jarayonida armaturani beton yotqizishdan ilgari tirgaklariga tirab yoki beton qotgandan keyin betonning o’ziga tirab taranglash mumkin (2.11-rasm). Ba’zi hollarda taranglash ishlari bevosita qurilish maydonchasining o’zida amalga oshiriladi. Bunga katta oraliqli va yirik o’lchamli konstruksiyalar, ularning alohida bo’laklari zavodlarda tayyorlanib, 





2.11-rasm. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton qonstruksiyalarni tayyorlashning asosiy usullari: 



a – armaturani tirgaklarga tirab taranglash; b – armaturani betonga qadab taranglash; 

I – armaturani taranglash va elementni betonlash; 

II, IV – tayyor elementlar; 

III – element armaturasining cho’zilishdan oldingi qo’rinishi; 

1 – tirgak, 2 – domkrat; 

3 – anker


qurilish maydonchasida yig’iladigan temirbeton konstruksiyalar misol bo’la oladi. Bunday hollarda konstruksiyaning o’zi tirgak vazifasini o’taydi, betonni yotqizish jarayonida konstruksiyada armatura uchun tuynuk yoki o’yiq qoldirilgan bo’ladi. Тuynuklar beton qotishi jarayonida sug’urib olinadigan rezina shlanglar yoki po’lat quvurlar yordamida hosil qilinadi yoki maxsus tayyorlangan sirti g’adir-budur po’lat quvurlar beton ichida qoldiriladi. Beton yetarli mustahkamlikka erishgach, tuynuk yoki o’yiqdan o’tkazilgan armatura tarang tortiladi va uchlari mahkamlanadi (ankerlanadi). Keyin armatura bilan beton orasidagi yopishuvni ta’minlash va armaturani zanglashdan asrash maqsadida tuynukka 0,5...0,6 MPa bosim ostida sement qorishma xaydaladi.

Betonning uzatish mustahkamligi Rbp, ya’ni betonning siqish daqiqasida mustahkamligi uning sinfining 50% idan hamda 11 MPa dan kam bo’lmasligi; A–IV, At–IV, K–7, K–19, Vr–II singari o’ta mustahkam armaturalarda esa 15,5 MPa dan kam bo’lmasligi zarur.


Download 85,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish