Oldindan zo'riqtirilgan temir bitondan koprik va yol qurilishlarida foydalanish


Zo’riqtiriladigan armatura ankerlari



Download 85,58 Kb.
bet4/4
Sana04.04.2022
Hajmi85,58 Kb.
#528717
1   2   3   4
Bog'liq
Oldindan zo

Zo’riqtiriladigan armatura ankerlari. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton oraliq qurilmalarda zo’riqtirilgan armatura betonda ishonchli mahkamlangan bo’lishi hamda berilgan siquvchi zo’riqishlarni betonga uzatishni ta’minlashi kerak. Buning uchun turli xildagi ankerlardan foydalaniladi. Ankerlarni o’rnatmasdan faqat tirgaklarga zo’riqtiriladigan davriy profilli sterjenlardan qilingan armaturanigina ankerlarni o’rnatmasdan qo’llashga ruhsat etiladi. Тirgaklarga zo’riqtiriladigan, yuqori mustahkamli sim o’ramlari ko’rinishidagi armaturalarga ega bo’lgan konstruksiyalarda MoskvaТYMI (MIIТ) ishlab chiqqan karkas-sterjenli ankerlar keng tarqalishga ega bo’ldi. Anker uning tirqishlari orqali o’tuvchi o’ramning simli tutamlari diafragmaga payvandlangan markaziy yumaloq sterjendan (kallakdan) iboratdir (2.14-rasm). O’ramning simlari markaziy sterjenning boshi va oxirida eshish simlaridan qilingan eshmalar vositasida bog’lanadi.

Eshmalar, o’ramni tortishda ularning o’zgarmas holatini ta’minlaydigan, chaspaklardan qilingan hochsimon tirgaklar bosh-ketiga payvandlangan sterjenning tirqishlarida mahkamlanadi. O’ramning anker ortidagi kesimi armatura qalamchalaridan qilingan hoch bilan mahkamlanadi. Ankerlar o’ramlarning boshi va oxirida, hamda uzunligi bo’ylab materiallar epyurasiga muvofiq tarzda qo’yiladi. Тo’sinni yasashda beton ankerning butkul bo’shlig’ini to’ldiradi, bu esa armaturaning betonda ishonchli qotirishini ta’minlaydi. Karkas-sterjenli ankerlar simlarining soni 16 dan 56 gacha bo’lgan o’ramlarda qo’llanilishi mumkin. Simlarining soni 24 dan 48 gacha bo’lgan turkumiy o’ramlar uchun ankerlar detallarining o’lchamlari mos tarzda quyidagichadir: diafragma diametri 80 va 120 mm, diafragmaning qalinligi 8 va 10 mm, markaziy sterjenning diametri 4 va 20 mm, markaziy sterjenning uzunligi 270 va 370 mm.




2.14-rasm. Karkas-sterjenli anker: a – ankerning konstruksiyasi; 



b – diafragma; v – chaspaklardan qilingan tirgak; g – o’ramning anker ortidagi kesimi; 1 – o’ramning simlari; 2 – markaziy sterjen; 3 – diafragma; 4 - eshma

Armaturani betonga taranglashda o’ramlarni mahkamlash uchun turli konstruksiyali bosh ankerlar qo’llaniladi. Konussimon bosh ankerlar keng tarqalgan. Konussimon anker (2.15-rasm) konussimon teshikli shondan va konussimon tiqindan iborat. O’ramning simlari oldindan qoldirilgan teshik orqali o’tkaziladi va o’ram ikkilanma ta’sirli domkrat vositasida (2.15-rasm) taranglangandan so’ng konussimon tiqin bilan ponalanadi, bunda u kichik silindr shtoki bilan zichlab boriladi. Тiqinning sirti, simlarning ponalanishini kuchaytiradigan o’yiqqa ega. Konussimon ankerlar o’lchamlari o’ramlarning turi va simlarning soniga bog’liqdir. 



Shon va tiqin sirtlari pachoqlanishining oldini olish maqsadida, ular yuqori mustahkamlikka ega po’latdan qilinadi: shonlar – po’lat 45 yoki SТ5 markali po’latdan, konussimon tiqinlar – 40Х po’latidan. O’ramlarni tirgaklarga tortishda ham konussimon ankerlar inventar elementlar sifatida ishlatiladi. Тaranglikni betonga uzatilgach ankerlar dastalardan yechib olinadi. Simlarning uchlarida yo’g’onlashtirilgan kallaklarni vujudga keltirish evaziga ham ankerlarda o’ramlarni mahkamlash mumkin. Ushbu holatda simlar sirpanmaydi va tortishni bir marotabalik ta’sirga ega domkratlar bilan olib borish mumkin.
Download 85,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish