REJA:
Ma’naviyatshunosli fanining maqsad va vazifalari
Manaviyat shunoslik fani obyekti predmeti
Ma`naviyatning davlat siyosati darajasiga ko`tarlishining asosiy sabablari
Xulosa
«Ma’naviyatshunosli» fanining maqsad va vazifalari
O’zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchilar yuksak ma’naviyatga ega bo’lmoqlari zaruriyatdir. Zero, ulardan, avvalo, aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, siyosatchi, milliy g’ururli, vatanparvar, insonparvar, halol, qo’rqmas, baynalmilal, sofdil bo’lishlari talab etiladi. Bu xislatlarni har bir shaxsda shakllantirish mazkur fanning maqsadidir.
Mustaqilligimiz sharofati tufayli, Prezident Islom Karimovning ulkan sa’y-harakatlari yordamida, dunyoviy bilimlarni rivojlantirgan ajdodlarimizning hurmatini o’rniga qo’yish, ilm-ma’rifat, ma’naviyatni yuksakligini tarannum etgan shaxslarni muborak ekanliklari haqida yoshlarga aytish va ulug’lash payti keldi. Buning uchun «Ma’naviyat asoslari» faniga murojat etiladi.
Xalqimiz milliy g’ururini ko’tarish, jamiyatning ma’naviy holatini o’zgartirishga olib keladi. «Ma’naviyat asoslari» fani ana shu dolzarb muammoni ham o’rtaga qo’yadi va uni hayotga tatbiq etadi. O’zbek xalqining qadimiy tarixi, urf-odatlari, qadriyatlari haqida hozirgi avlod ko’proq bilishni istaydi, bunga ushbu fan yordamlashadi.
Mamlakatimizda Vataniga va xalqiga jonkuyar, mustaqil fikrlaydigan, Respublika muammolarini ongli ravishda mas’uliyat bilan hal eta oladigan ijodkor, yangilikka intiluvchan, istiqlol g’oyalari va mafkurasiga sadoqatli avlodni voyaga etkazish vazifasi “Ma’naviyat asoslari” fanining diqqat markazida turadi.
Barcha islohotlarning taqdiri va ularning samarasi uchun javob beradigan, mamlakatimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi insonlarni tarbiyalash borasida ustuvor davlat siyosati yuritilmoqda. Shu sababli, «Ma’naviyat asoslari» fani dasturida ko’zda tutilgan mavzular mohiyat jihatidan ulkan maqsad va vazifalarni ko’zlaydi. Bu fan mavjud intellektual imkoniyatlarni ishga solishga, milliy istiqlol mafkurasi g’oyasini tushuntirishga, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashga, olijanoblik tuyg’ularini chuqurlashtirishga, buyuk o’tmishga hurmat va porloq kelajakka ishonch tuyg’ularini mustahkamlashga hizmat qiladi.
Ushbu fan qadimgi O’rta Osiyo xalqlari ma’naviyati shakllangan jarayonlarni, islom dinidagi yuksak jamiyat ma’naviyati va shaxs ma’naviyatini, O’rta Osiyo o’rta asr falsafiy tafakkuridagi ma’naviy muammolarni, Amir Temur va temuriylar sulolasi davridagi ma’naviyatni, jadidchilik davridagi ma’naviyat va ma’rifatparvarlikni, mustamlakachilik va qaramlik yillaridagi ma’naviyat masalalarini tahlil qilibgina qolmasdan, ularning nazariy, amaliy jihatlarini ham o’rtaga qo’yadi.
Barkamol inson haqida so’z yuritganda avvalo, ma’naviyat fani uning qirralarini ochib beradi. Shu bilan birga barkamol inson tushunchasi orqali Sharq va G’arb mamlakatlaridagi aloqadorlikni o’rtaga qo’yadi, tahlil qiladi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlardagi vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalarini chambarchas bog’liqligi va farqlarini tushuntirishda «Ma’naviyat asoslari» fanidan foydalaniladi. «Ma’naviyat asoslari» insonlardagi iymon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, poklik, halollik va vafodorlik, mehnatsevarlik xislatlarini o’ziga xos xususiyatlarini, milliy o’zligini anglash va uni mustahkamlash, baynalmilallik jarayonlarini shaxs faoliyatidagi o’rnini, huquqiy jarayonlarni ma’naviyatga ta’sirini, umuman shaxsni barkamollik cho’qqilariga chiqishi yo’llarini ko’rsatuvchi fandir.
Asosan, «Ma’naviyat asoslari» fani mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng paydo bo’ldi. Uning muammolari qanchalik qadimiy bo’lsa o’zi navqirondir. U muammolarni o’rtaga qo’yibgina qolmaydi, balki, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yangi zamonaviy sohalarini paydo bo’layotganligini ko’rsatib beradi. To’g’ri, XX asr texnika taraqqiyotining olg’a qarab borishini ta’minlagan bo’lsa, XXI asr ham shunday bo’ladi. Insoniyat qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Texnika taraqqiyoti esa insonning ma’naviy va axloqiy muhitiga ta’sir etadi. Kompyuter, raketa, videotelefon, kimyoviy dori-darmonlar, asab sistemalarining o’zgarishi, ekologik jarayonlar, televidenie, kosmosni o’zlashtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Ma’lumki, insonlar texnika yordamida boshqa sayyoralar to’g’risida tasavvurlarga ega bo’layotir. Demak, insonlar tafakkuri ham o’zgarayotir. Tafakkur va ma’naviyat esa bir-biri bilan chambarchasdir. Shu sababli, aytish mumkinki, ma’naviyat fanining maqsad va vazifalari yanada kengayib boradi, jiddiy tus ola boshlaydi. Uning muammolari ijtimoiy hodisa sifatida inson faoliyatining barcha qirralarini qamrab oladi.
Olamni salbiy yoki ijobiy tomonga o’zgarishi inson faoliyati bilan bog’liq. Bu faoliyat esa ma’naviyatimiz amalga oshmaydi. Tabiat va jamiyatning o’zgarishi inson ruhiyati bilan ham bog’liqdir. Ruhiyat o’z navbatida yashash sharoitlari, insonning turmush tarzi bilan doimiy aloqada. Shu sharoitlarni insonga mos qilib yaratish jamiyat taraqqiyotiga bog’liq. Binobarin, jamiyatning ma’naviy yuksalishi shu jamiyat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Ana shu jihatlar «Ma’naviyat asoslari» fanining maqsad va vazifalarini belgilab beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Sh.M Mirziyoyev «Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz»
2. Karimov I.A. «Yuksak ma`naviyat va yengilmas kuch» asari
3. Imom Nazarov M «Milliy ma`naviyatimiz asoslari» Toshkent O`zbekiston
4. www.ziyonet.net
Do'stlaringiz bilan baham: |