‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Bobil ossurlar hukmi ostida (m .av.VIII-VI asrlar)



Download 12,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/243
Sana01.07.2022
Hajmi12,07 Mb.
#724957
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   243
Bog'liq
abdujabbor-kabirov -qadimgi-sharq-tarixi -pdf

Bobil ossurlar hukmi ostida (m .av.VIII-VI asrlar). 
M.av. 
IX
asr oxirlarida ossur qo'shinlari Bobilga bostirib kirib, uning shi­
moliy hududlarini egallay boshlaydilar. M. av. 
VIII 
asr o'rtalarida 
Ossuriya podsholari Bobil shahriga ham xav f sola boshlaydi. M. 
av. 744-yilda Tiglatpalasar 
III 
Bobilga bostirib kirib, xaldeylarga 
qattiq zarba berib. Sippardan Fors q o ltig 'ig a ch a b o ig an joylam i 
egallab, o'zini “Shumer va Akkad podshosi'’, deb e ’lon qiladi. 
у
M. av. 729-yilda Tiglatpalasar 
III 
Bobilni bosib oladi. Shundan 
so'ng Bobil o ’z mustaqilligini yo'qotib. Ossurga qaram bo'lib qola-’
153


di. Ammo Sargon 11 davrida ossurlar Bobilni o 'z q o ilarid a saqlab 
qola olmaganlar. Bit-Yaxin qabilasining sardori Marduk-apla-iddin
II Bobilni egallab. o'zini mamlakat shohi deb e'lon qiladi.
U elamliklar bilan ittifoq tuzib. ossurlarga qarshi kurashaja- 
gini e ’lon qiladi. M. av. 720-yilda Dyer qal’asi yonida elamliklar 
ossurlar bilan urush harakatlarini boshlab yuboradilar va xaldey 
qo'shinlari yetib kelmasdanoq ossur qo'shiniarini tor-mor qiladilar. 
Bu g'alaba xaldey sardoriga katta imkoniyat ochib beradi. U m. av. 
721-710-yillarda Bobil taxtini o 'z qo'lida tutib turadi.
Ammo m.av. 710-yilda Sargon II Elamga yana g'olibona 
yurish qiladi, so'ng Bobil tomon qo'shin tortadi. Xaldey sardori 
dastlab Bobil janubiga chekinib, so'ng Bit-Yaxinga qocbib ketadi.
M.av. 709-yilda Sargon II Bobilni qo'lga kiritadi. M.av. 705- 
yili Sinnaxerib Ossuriya taxtiga o'tirgach. Marduk-apla-iddin o 'z 
atrofiga Iudeya, Tir, Arvad va Askalon kabi Finikiya shaharlarini 
to'plab ular bilan ittifoq tuzib, ossurlarga qarshi kurash boshlay­
di. U m. av. 703-yili Bobilni egallashga muvaffaq bo'ladi. Ammo 
Bobilni o 'z qo'lida uzoq tutib tura olmay, ossurlar borolmaydigan 
Bit-Yaxinning botqoqlik yerlariga chekinadi.
M.av. 692-yilda bobilliklar Elam, Zagros va aramey qabilalari 
bilan ittifoq tuzib ossurlarga qarshi qo'zg'olon ko'taradilar. Ikki 
tomon o'rtasidag hal qiluvchi jang Dajla (Tigr) daryosi bo'yidagi 
Xalula degan joy da b o iib o'tib. ikki tomondan ham ko'p odam 
qiriladi. Ikki tomon ham hal qiluvchi g'alabaga erishmaydilar.
M. av. 690-yilda Elam podshosining shol bo'lib qolganini eshit- 
gan Sinnaxerib Bobilga yana qo'shin tortib. uni qamal qiladi. Sha­
harda ochlik boshlanadi, oziq-ovqatlarning narxi 75 martaga qim- 
matlashadi, shahar ko'chalari odamlar o'ligiga to'lib ketadiki, hatto 
ulami ko'm ishga imkon ham boim aydi. M. av. 689-yil aprel oyida 
Bobil Sinnaxeribga taslim bo'ladi. Ossur shohi aholidan qattiq o 'ch
olib, shahar aholisi va ibodatxonalarining boyliklari talon-taroj 
qilinadi. Shahar butunlay vayron qilinib, Bobil Ossuriya davlatiga 
qaram bo‘lab qoladi.
Ossuriyaning yangi podshosi Asarxaddon Bobilni qayta tiklab. 
o'lishidan oldin 669-yili Ossuriyani o 'z o'g'illariga bo'lib be-
154


radi. Ossuriya uning o 'g 'li Ashshurbanipalga, Bobil esa qaram 
mamlakat sifatida Shamash-Shum-Ukinga tegadi. M.av. 652-yil 
Shamash-Shum-Ukiti akasi Ashshurbanipalga qarshi Misr, Suri­
ya, Elam, xaldey. aramey va arab qabilalari bilan yashirin ittifoq 
tuzib Ossuriyaga qarshi q o 'zg 'o lo n ko'taradi. Shu yili ittifoqchilar 
qo'shini bilan Ossuriya qo'shinlari o ‘rtasida Dyer qal’asi yaqinida 
qattiq jang b o iib o'tadi. Jangda har ikki tomon ham hal qiluvchi 
g'alabaga erishmaydilar.
Ossurlar saroy to'ntarishi va ichki qarama-qarshiliklarni ishga 
solib, elamliklarni kurashdan chetlatadilar. Endi boshqa ittifoqchilar 
ham qo'zg'olonchi bobilliklarga jiddiy yordam berolmaydilar. 
Ossurlar Bobilni uch yil qamal qilib, nihoyat uni m.av. 648-yilda 
ishg'ol qiladilar. Q irg'in-barot urushda shaharning so‘nggi 
himoyachilari qirib tashlanib. Shamash-Shum-Ukin ham o'ldiriladi. 
Shahar xarobaga aylantiriladi. Ashshurbanipal o'zining g ‘olibona 
urushidan so'ng Bobilda mavqeyini tiklab, mustahkamlaydi.

Download 12,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish