‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Mitanni davlatining kuchayishi va istilochilik yurishlari



Download 12,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/243
Sana01.07.2022
Hajmi12,07 Mb.
#724957
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   243
Bog'liq
abdujabbor-kabirov -qadimgi-sharq-tarixi -pdf

Mitanni davlatining kuchayishi va istilochilik yurishlari.
Yuqorida ta’kidlab o'tilganidek, m.av. X V I-X V asrlar Mitanni 
davlatining kuch-qudrat jihatdan gullagan davriga to‘g ‘ri keladi. 
Bu davrda Mitanni podsholari faol istilochilik urushlarini olib 
borib, Ashshur. Niniviya shaharlarini, shuningdek, Ossuriyaning 
bir qism yerlarini ham bosib oladi. Mitanni q o ‘shinlari sharq 
va
janubi- sharqda Zagros tog'lari orasida yashovchi tog'lik gutey 
va
lulubey qabilalari yerlarini ham bosib oladilar.
M.av. X V I-X V asrlarda Mitanni xettlar bilan g'olibona urush­
lar olib borib, Kichik Osiyoning sharqiy hududlari, Suriya, Finiki­
ya va hatto Falastinga ham kirib borib ularga o 'z ta’sirini o ‘tkazadi. 
M. av. XVI asrda Mitanni davlati ta ’sir doirasining Old Osiyoda 
osha borishi uning atrofidagi davlatlarning e'tiborini o'ziga tort- 
may qo'vm as edi. Xususan, O 'rtayer dengizi sharqiy sohillarini 
bosib olishga intilayotgan Misr fir'avnlari bilan Mitanni podsholari 
o ‘rtasida kuchli to‘qnashuvlarga olib keldi. M azkur davrda har ikki 
davlat o'rtasida Old Osiyoda ustunlikka ega boTish uchun qizg'in 
kurash boshlandi. M isr qo'shinlari Tutmos 

boshchiligida Frot 
daiyosi bo'yigacha yetib kelib, Mitanni chegarasiga g'alaba toshini 
o'rnatdi. Tutmos III davrida Misr qo'shinlari Frot daryosini kechib 
o'tib, Mitanni qo'shinlari bilan g'olibona urushlar olib borib M i­
tanni podshosi va qo'shinlarini orqaga chekinishga majbur qiladi- 
lar. Tutmos III ham Mitanni chegarasiga g'alaba toshini o'rnatadi. 
Ammo misrliklar o 'z g'alabalarini oxiriga yetkazmaganlar. Tutmos 
III yana bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirib, u yerda bosh-
147


langan q o 'zg ‘ok)iilarni bostirishga urinadi. Ammo o‘sha davrdagi 
Old Osiyo va Yuqori Misrdagi siyosiy voqealar Misr qo'shinlariga 
Mitannini butunlay bosib olishga imkon bermaydi. Ikki orada sulh 
tuzilib Mitanni o 'z mustaqilligini saqlab qoladi. Hatto Misr bilan 
Mitanni o ‘rtasida m.av. XV asrda Misr Old Osiyodagi bir qator 
davlatlar bilan juda mustahkam savdo va diplomatiya mimosabatida 
b o ig an . Ayrim davlatlar o'rtasida b o iad ig an muzokaralar elchilar 
yordami bilan olib borilgan. Bu muzokaralar natijasida ko'pin- 
cha harbiy-siyosiy ittifoq va bitimlar tuzilgan. Siyosiy ittifoqlar. 
chunonchi Misr bilan Mitanni o'rtasidagi ittifoq kabi ko'pincha su- 
lolaviy nikohlar yo'li bilan ham mustahkamlangan.
Mitanni podshosi bir xatida Misr fir’avniga chegara shaharla- 
rini almashtirishni taklif qilgan. Mazkur davrda Kichik Osiyoning 
sharqida kuchli Xett podsholigi tashkil topgan. Xett podsholigi 
qo'shni Mitanni viloyatlari va a w a l Misr q o i ostida bo'lgan shi­
moliy Suriya yerlari hisobiga o 'z davlati chegaralarini kengayti- 
rishga intilgan. Xett davlatining kuchayishi birinehi navbatda 
Mesopotamiyaning shimolidagi 
Mitanni podsholigi uchun va 
Misrning Surivadagi yerlari uchun ham xatarli bo'lgan. Xettlar- 
ning istilo qilish xavfi aniq b o iib qolgach, Mitanni va Misr pod­
sholari bosh ko'tarib kelayotgan dushmanni birgalikda qaytarish 
maqsadida birlashganlar.
Misr bilan Mitanni o'rtasida ittifoq tuzilib. bu ittifoq bir necha 
sulolaviy nikohlar bilan mustahkamlangan. Mitanni podsho­
si Tushrattining Misr fir’avni Amenxoteb III ga yozgan xatlarida 
pirovardida Misr bilan Mitanni o'rtasida juda ham mustahkam 
munosabatlar o'rnatilishiga olib kelgan muzokaralarning ayrim 
bosqichlari ravshan va jonli qilib tasvirlangan. Misr Amenxotep 
III ning podsholik qilgan zamonida uzoq Suriyadagi o 'z yerlarini 
xettlaming istilosidan himoya qilmoq uchun yetarli harbiy kuchga 
ega bo'lmaganidan Mitanni yordamiga tayanishga majbur bo'lgan. 
Mitanni podsholigi esa do'stligi va yordami uchun oltin talab qil­
gan. Tutmos IV va Amenxoteb III Mitanni podshosi qizlariga uyla- 
nar ekan, ular o'rtasida o'zaro do'stlik aloqalari o'm atilib, ular bir 
-birlariga sovg'a-salom lar yuborib turadilar. Ammo ikki davlat 
o'rtasidagi do'stlik rishtalari uzoqqa bormaydi.
148


M. av. XV asr oxirlarida M isr kuchsizlanib qoladi. Bu vaziyat- 
dan fovdalangan Mitanni qo'shinlari shimoliy Suriya va Biblga 
bostirib kirib, Falastinni ham ishg'ol qiladi. Bu davrda M isr bilan 
Ossuriya Mitanniga qarshi ittifoq tuzadilar. O 'z o'rnida Mitanni 
ham Ossuriya-Misr ittifoqiga qarshi Bobil bilan ittifoq tuzadi. M az­
kur davrlar ichida Xett davlati kuchayib, Xett qo'shinlari Mitanni­
ga bostirib kirib, Mitanni qo'shinlarini tor-mor etadi. Bu davrda 
Mitanni podshosi saroyida fitna-fujur ko'payib. nihoyat Mitanni 
podshosi o'ldiriladi.
Shimoldagi Alba bilan Ossuriyaning birlashgan qo'shinlari Mi­
tanni qo'shinlariga zarba berib, uning shimoldagi yerlarini bosib 
oladilar. Bu vaziyatdan fovdalangan Xett podshosi qo'shinlari Mi- 
tannini ishg'ol qiladilar. Xett podshosi Tushrattining o 'g 'li Shatti- 
vasni taxtga o'tqazib, unga o 'z qizlaridan birini nikohlab beradi.
M.av. XIV asrning ikkinchi yarmida Mitanni Xettlarga tobe 
bo'lib qoladi. Xettlar yordamiga tayangan Mitanni podshosi 
qo'shinlari Ossuriyani bosib olish uchun ularga qarshi kurash bosh­
laydi. Ammo jangda Mitanni qo'shinlari m ag'lubiyatga uchrab, 
podsho oilasi bilan ossurlar qo'liga asir tushadi. M azkur janglar 
natijasida Mitanni poytaxti Vashshukan ossur qo'shinlari tomoni­
dan ishg'ol qilinadi. Keyingi janglar natijasida Ossuriya qo'shinlari 
Mitanni qo'shinlarini batamom m ag'lubiyatga uchratadi. Urushlar 
natijasida Mitanni mamlakati vayron qilinib, janglarda juda ko'p 
mitanni askarlari va oddiy aholi qirg'inbarot qilinadi. 15 mingdan 
ortiq kishi asir olinib, Ossuriyaga haydab ketiladi. Ossuriyaning 
ketma-ket bergan zarbalari natijasida Mitanni zaiflashib, mayda 
davlatchalarga bo'linib ketadi.
Keyinchalik Mitanni Ossuriyaning ta’siriga tushib, davlat sifa­
tida tarix sahnasidan tushib ketadi.

Download 12,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish