‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. M.av. II mingyillik oxiri I ming yillik boshlarida



Download 12,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/243
Sana01.07.2022
Hajmi12,07 Mb.
#724957
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   243
Bog'liq
abdujabbor-kabirov -qadimgi-sharq-tarixi -pdf

10-§. M.av. II mingyillik oxiri I ming yillik boshlarida
Yangi Bobil podsholigi
M.av. 
X II-V II 
asrlarda M esopotamiyadagi siyosiy 
ahvol. 
M. av. XIII asr oxirlarida Bobilda iqtisodiy va siyosiy tushkunlik 
yuz 
bera boshladi. Bu vaziyatdan Bobilning dushmanlari Ossuriya 
va Elam foydalanib qolishga harakat qiladilar. Bobil uchun janu- 
bi-sharqdan bo'ladigan elamliklaming hujum qilish xavfi bor edi. 
Darhaqiqat m. av. XII asrda Bobil Elam qo'shinlari tomonidan bu- 
tunlay bosib olindi. Bobil shaharlari, qishloqlari va ibodatxonalari 
elamit qo'shinlari tomonidan talanib. so'nggi kassit podshosi Enlil 
-nadin-axxe o'zining arkoni davlati bilan elamliklarga asir tushadi. 
Bu 
voqea m. av. Ill7 -y ild a sodir bo'lgan edi.
Bobilliklarning bosh xudosi bo'lgan Marduk haykali ham 
Elamga olib ketiladi. Shu tariqa kassitlarning Bobildagi olti asr- 
lik hukmronligi barham topadi. Elamliklar Bobilga o 'z kishilari- 
dan birini hokim qilib tayinlaydilar, o'zlari esa Diyala va Zagros 
tog'lari orqasidagi yerlarni bosib oladilar. Elamliklarni mamlakat- 
dan haydab chiqarish uchun harakat boshlaydilar. Bu kurashda Bo­
bil g'arbidagi Isin shahri hukmdori boshchilik qilib, tashabbusni 
o 'z qo'liga oladi. shundan boshlab Bobil asta-sekin kuchaya bora- 
di. Ayniqsa m.av. 1126—1105-yillarda podsholik qilgan Navuxo- 
donosor I (Nabukudurriuqur) davrida Bobil podsholigi gullab 
yashnaydi. Dyer q a ia s i yaqinidagi qirg'in-barot jangida bobilliklar 
elamliklar ustidan porloq g'alaba qozonib. Elamga bostirib kiradi- 
lar. Bobil qo'shinlarining zarbalari natijasida Elam qo'shinlari tor- 
mor etilib, mamlakat uch yuz vilgacha o 'z mustaqilligini tiklay ol- 
may, Bobilga qaram bo'lib qoladi. M.av. 821-yilgacha bo'lgan davr 
orasida elamliklar to'g'risida hech qanday m aiu m o t uchramaydi.
M.av. XI asr o'rtalarida Frot daryosidan g'arbda yashovchi 
yarim ko'chmanchi aramey qabilalari kuchayib, Bobil va Ossuri-
152


ya ustiga bostirib kiradilar. M. av. VIII asr oxirlarida aramey qabi­
lalari Bobilning shimoliy va g'arbiy hududlarini bosib olib, u yerda 
o'm ashib qoladi.
M.av. IX asrdan boshlab bir necha asr mobaynida aramey tili- 
ning bir shevasida so'zlashuvchi xaldeylar (kaldu) Bobil tarixida 
muhim o 'rin tutadilar.
Xaldeylar haqidagi dastlabki m a’lumot m. av. 878-yilda Os­
suriya podshosi Ashsluirnatsirpal II ning solnomalarida uchraydi. 
Xaldeylar Fors q o 'ltig 'i sohilidagi botqoqlik va к о 'liar sohilida, 
Dajla va Frot daryosining quyi qismlarida yashar edilar. Xaldeylar 
olti qabiladan iborat bo'lib, ularning ko'pchiligi Barsippa shahri- 
dan janubdagi Bit-Dakkuri, ulardan janubroqda Bit-Amukkani 
hududlarida yashar edilar. Xaldeylarning yana bir kuchli qabilasi 
Bit-Yaqin Dajla daryosining etaklaridagi Elamga chegaradosh yer­
larda b o ig a n joylarda o ‘rnashgan edilar.
M.av. IX asrda Xaldeylar Bobilning janubidagi yerlarni egal­
laydi. Ular asta-sekin shimol tomon siljib, ayni paytda bobilliklar- 
ning madaniyati va dinini qabul qiladilar. Hamma xaldey qabilalari 
yarim ko'chmanchi b o iib , dengiz sohillarida baliqchilik bilan ha­
yot kechirganlar. Ular sardorlari rahbarligida urug'-urug' b o iib , 
o 'z mustaqilliklarini saqlagan holda yashaganlar.
Bobil qo'shinlari piyoda, otliq, jangchilar va ot qo'shilgan 
jangovar aravalardan tashkil topgan edi. M.av. X Il-X I asrlarda 
bobilliklar olib borgan urushlarda ot qo'shilgan jang aravalarining 
o'rni juda katta edi. Xususan, Navoxodonosor 

o'zining qo'shni 
mamlakatlar bilan olib borgan urushlarida jang aravalaridan keng, 
mohirona foydalanib porloq g'alabalarga erishgan.

Download 12,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish