‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Kichiik Osiyodagi qadimgi dehqonchilik va ibtidoiy jamoa



Download 12,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/243
Sana01.07.2022
Hajmi12,07 Mb.
#724957
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   243
Bog'liq
abdujabbor-kabirov -qadimgi-sharq-tarixi -pdf

2-§. Kichiik Osiyodagi qadimgi dehqonchilik va ibtidoiy jamoa
tuzumining yemirilishi. Ilk davlatlarning tashkil topishi
Arxeologik ashyoviy dalillarga ko'ra, m.av. V III-V II ming- 
yilliklarda Kichik Osiyoda qator qishloqlar paydo b o iib , odam- 
lari devori paxsadan ko'tarilgan uylarda istiqomat qilganlar. Ular 
termachilik, ovchilik va ilk dehqonchilik bilan shug'ullanib tirik- 
chilik o'tkazgan. Dehqonchilik va chorvachilikka o iis h xo'jalik va 
madaniyatning rivojlanishiga asos solgan. Bu jarayon m.av. V II-V I 
mingy ill ikka mansub bo'lgan Cbatal -X y u y u k madaniyati misolida 
yaqqol ko'zga tashlanadi. Bu yerda yashagan qabilalar Koni serho- 
sil vodiysini o'zlashtirib, bu yerda o ‘nlab qishloqlar barpo qilgan­
lar. Bu qishloqlardan biri Chatal-Xyuyuk edi. Chatal-Xyuyukning 
maydoni 12 gektami egallab, qishloq aholisi 14 xilga yaqin ekin 
turlarini ekib parvarish qilgan. Ular orasida bug‘doy, arpa va no'xat- 
ning bir necha navi b o ig a n , shuningdek, xonaki q o 'y va echkilarni 
boqib ko'paytirganlar. Aholining eng muhim texnologik yutuqlari- 
dan biri mis va qo'rg'oshinni eritib, jez hosil qilib, undan munchoq, 
har xil ro zg‘or buyumlari, igna va teshgich-bigizlar yasaganlar. 
Ammo dehqonchilik bilan b o g iiq mehnat qurollarining aksariya- 
ti toshdan va yog'ochdan bo'lgan. Shuningdek, har turli bezaklar, 
shu jumladan munchoqlar keng tarqalgan edi. Ayollaming qabrla- 
rida yog' bilan tayyorlangan angob-oxra, obsidiandan tayyorlangan
204


oyna va boshqa bezak buvumlari topilgan. Turar joylar yaqinida 
uncha katta b o im ag an ibodatxona b o iib , uning devorlari loydan 
yasalgan haykalchalar va rasmlar bilan bezatilgan. U >erda buqa 
e ’tiqodi. hosildorlik, to ‘kin-soehinlik homiysi, ilk dehqonehilik xu­
dosi siymosi keng tarqalgan edi.
Dehqon-chorvadorlar jam oasi m.av. V-1V mingy illiklarda 
rivojlana borgan. Ammo ularning madaniyati Chatal-Xyuvukka 
nisbatan yorqinroq va mukammalroq edi. Ular 0,5-5 gektarni egal- 
lagan qishloqlarda yashaganlar. Bu janubi-g‘arbiy Anatoliya va 
Marsindagi Xodjilar degan joy misolida ko'zga tashlanadi. M az­
kur davrda metaldan yasalgan buyumlar ko'paya borib, tosh qu- 
rollarning soni kamaygan. Marsinda misdan qilingan teshaeha va 
boltalar topilgan. Boshqa qishloqdan esa misdan yasalgan buyum­
lar omborlari orasida kumushdan yasalgan halqa topilgan. Sopol 
idishlar chiroyli rasmlar bilan bezatilgan. Bu hoi mazkur joyda hu- 
narmandchilikning yaxshi rivojlanganligidan darak beradi.
Yarimorolning tabiiy muhiti bu joylarda alohida madaniyat- 
lar va etnik xilma-xillik vujudga kelishi uchun sharoit yaratgan. 
Arxeologlar Kichik Osiyoda 10 dan ziyod madaniyatning turlarini 
aniqlaganlar. Arxeolog olimlarning ta ’kidlashlarieha Kichik Osiyo 
qabilalari Mesopotamiya, Old Osiyodagi qabilalar bilan yaqindan 
aloqada b o ig an . Kichik Osiyoda sug'orm a dehqonehilik M isr va 
Mesopotamiyaga nisbatan sust rivojlangan. Chunki bu hududda 
Misrdagi kabi Nil, Mesopotamiyadagi Frot va Dajla kabi doimo 
oqib turuvchi sersuv daryolar yo ‘q edi.
M.av. Ill mingyillikka kelib etnik guruhlarning ко" с his hi nati- 
jasida Kichik Osiyoda hal qiluvchi o'zgarishlar sodir bo'lgan. Bu 
hududda xo‘jalikning rivojlana borishi natijasida atrofi mustahkam 
devor bilan o'rab olingan shahar tipidagi markazlar qad ko‘tara- 
di. Bular qatoriga eng qadimgi Troya podsholigi va boshqalami 
kiritish mumkin. Bu shahar tipidagi qal'alar maydoni 1-2 gektar 
bo'lib, ular hunarmandchilik, savdo-sotiq va boylik to ‘planadigan 
joy hisoblangan. Qazish vaqtida bu markazlardan oltindan yasal­
gan idishlar va bezaklar xazinasi ham topilgan.
205


Troyani qazish vaqtida Boltiqbo'yi yantari va shimoliy 
A fg’onistondan keltirilgan la'I kabi qimmatbaho toshlar ham to­
pilgan. Dorakdagi qabrdan esa Misrda ishlangan yog'och quticha 
topilgan. Shuni aytish lozimki, Suriya, Mesopotamiya, Ossuriya 
va boshqa mamlakatlarga Kichik Osiyodan muttasil metal 1 rudasi 
chiqarilib turilgan. Qadimda Kichik Osiyoning o'zida ham metall 
eritish, unga ishlov berish gullab-yashnagan.
Mahalliy usta-temirchilar va zargarlar ajoyib taqinchoqlar va 
xilma-xil qurol-aslahalar ishlab chiqargan. Qurolsozlikning rivoj­
lanishi va mudofaa-inshootlarining mustahkamlanishi o'sha davr- 
dagi hayotning qizg‘in ekanligini koTsatadi. Mazkur davr ibtidoiy 
jamoaning harbiy demokratiya bosqichiga to‘g'ri keladi. Tashqi 
hujumlar vaqtida qabila boshliqlari, savdogarlar va hunarmandlar 
to ‘plagan boyliklarini qal'a devorlari orqasiga yashirganlar. Shu 
davrga kelib ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida mulkiy 
tengsizlik, xususiy mulk va tabaqalanish shakllana boshlaydi.
Bu haqda Dorak va Aladja-Xyuyukda m.av. ITT mingyillikda 
boy zodagonlarning qabri ochilishi misol b o ia oladi.
M.av. Ill mingyillik oxirlarida Kichik Osiyoda y a’ni Anatoli- 
yada ilk davlatlarning paydo boTishi uchun shart-sharoit vujudga 
keladi.
Keyingi davrdagi manbalarga asoslanib Xatti. Kanish, Busur 
Xanda, Xaxxa kabi markazlar vujudga keladi. Bular Misrdagi ilk 
nomlarga o'xshar edi. Bu m.av. XXTV-XXIII asrlarga to'g'ri kela­
di. Shunday qilib yozma bitiklar, arxeologik ashyolar va yunon rnu- 
alliflarining asarlaridagi ma'lumotlar Kichik Osiyo xalqlari tarixini 
va madaniyatini o ‘ganish uchun eng zaruriy manbalar hisoblanadi.

Download 12,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish