‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. 0 ‘rtayer dengizining sharqiy sohilidagi qadimgi



Download 12,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/243
Sana01.07.2022
Hajmi12,07 Mb.
#724957
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   243
Bog'liq
abdujabbor-kabirov -qadimgi-sharq-tarixi -pdf

2-§. 0 ‘rtayer dengizining sharqiy sohilidagi qadimgi
davlatlar. Qadimgi Falastin
Falastinning tabiati va aholisi. 
Falastin 0 ‘rtayer dengizining 
sharqiy sohilida joylashgan qadimgi mamlakat. Uning hududlari 
tekislik va yassitog'liklardan iborat. U yerdagi daryolardan biri 
Iordan
bo'lib, u O 'lik dengiziga quyiladi. Iyerixon va Saron yerlari 
juda hosildor bo‘lib. Saronni 
“Jannat bog

"ga
qiyos qilishadi. 
Bu
unumdor yerlar Kelt va mayda soy suvlari bilan sug‘orilgan. 
Bu
joylar mis va temir rudalariga ancha boy. Falastinning sharqiy to­
moni issiq va quruq, dengizga qaragan g'arb tomoni esa yumshoq 
dengiz iqlimiga yaqin. M amlakat o'sim lik va hayvonot dunyosiga 
u qadar boy emas.
Falastin serqatnov karvon yo'llari chorrahasida joylashgan edi. 
Kichik Osiyo. Ikki daryo oralig'i va Misrga boradigan katta sav­
do yo'llari Falastin yerlaridan kesib o'tganligi muhim ahamiyatga 
egadir.
Arxeologlar Falastin hududidan 80-90 mingyillar ilgari yasha­
gan odamlarning manzilgohlarini topishgan. Mezolit va neolit 
davrlariga kelib Falastinda aholi birmuncha ko'payib, ular ter- 
tnachilik. ovchilik bilan shug'illanib, ayni paytda ilk dehqonehilik 
va chorvachilikka ham asos solganlar.
M.av. Ill mingyillikda bu joyda mahalliy hisoblangan Xanaan- 
liklar yashaganlar. Falastinning O 'rtayer dengiziga tutash joylarida 
egey qabilalari - filistimlar joylashgan edi. Falastin nomi qadimgi 
yahudiycha peleshet so'zidan olingan ekan. Mamlakatning Sharqiy 
va Suriyaga tutash yerlarida amoriy qabilalari istiqomat qilishgan. 
M amlakatda yahudiylar ham keng tarqalgan edilar.
Falastinda xo'jalikning rivojlanishi va shahar-davlatlar-
ning tashkil topishi. 
M.av. IV mingyillik oxiri va III mingyillik 
boshlaridan Falastinda ishlab chiqarish xo'jaligi rivojlana bosh­
laydi. Mamlakatning g'arbiy qismidagi unumdor tuproqli joylarda 
yashagan aholi asosan sug'orm a ziroatchilik bilan shug'ullangan. 
Ular bug'doy, arpa, tariq, suli ekib. sabzavotchilik bilan m ashg'ul 
bo'lganlar. Ziroatchilar uzum, anjir, anor, zaytun, olma va boshqa
173


mevali daraxtlar ekib bog'dorchilikka ham katta e'tibor berganlar. 
Sohibkorlar maxsus ezuvchi uskunalar yordami bilan uzumdan 
musallas, zaytundan esa zaytun moyi olganlar. Ular yerni dast- 
lab motiga-ketmoncha bilan yumshatib. keyinchalik omoch bilan 
haydab so‘ng ekin ekkanlar. Ziroatchilar suvli joylarda sug'orma. 
suvsiz joylarda esa lalmikor dehqonchilik bilan shug‘illangan.
Aholining bir qismi dasht va to g ia rd a yashab, qoramol, qo'y 
-echki, ot-eshak boqib, chorvachilik bilan ham shug'iilanganlar. It 
ham chorvador aholining eng yaqin doimiy yordamchisi boigan.
Falastinda qadim zamonlardan boshlab hunarmandchilik. ku­
lolchilik, qurolsozlik. to'qim achilik, zargarlik taraqqiy etgan edi. 
Falastinliklar bundan 5 ming yil muqaddam jezni ixtiro qilib. un- 
dan pichoq, nayza, kamon o'qlari paykonlari, xan jar, bolta va bosh­
qa ro ‘zg ‘or buyumlari yasaganlar. Bundan 3-3,5 ming yil muqadda 
esa u yerda temir kashf etilgan. Fhmarmandlar temirdan qishloq 
xo‘jaligi qurollari, yarog‘-aslaha va boshqa buyumlar yasaganlar. 
temir qurollarni q o ila sh xo'jalikning hamma tarmoqlari rivojlani- 
shi uchun katta imkoniyat bergan.
Falastin ustalari ishlagan to'qim achilik. zargarlik, kulolchilik 
buyumlari savdo-sotiq rivojlanishini yanada tezlashtirgan.
M. av. Ill ming yillik oxiri va II ming yillik boshlariga kelib 
Falastinda Gezer, Megiddo, Laxish, Iyerusalim (Quddus) kabi sha- 
har-davlatlar q ad k o iarg an . Bu shahar-davlatlarning o'zhokim lari, 
podsholari, ruhoniylari, amaldorlari, soqchi va qo'shini bo'lgan. 
Shaharlar qalin mudofaa devorlari, minoralari bilan o ‘rab olingan 
edi.
M.av. X IX -X V III asrlarda Falastin shaharlari gullab-yash- 
nagan. Shahar-davlatlar Misr, Yunoniston, Bobil. Xett. Finikiya, 
Karfagen kabi mamlakatlar bilan q iz g in savdo-sotiq ishlari olib 
borganlar.

Download 12,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish