‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Suriya, Finikiya va Falastin (manbalar va tarixnavislik)



Download 12,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/243
Sana01.07.2022
Hajmi12,07 Mb.
#724957
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   243
Bog'liq
abdujabbor-kabirov -qadimgi-sharq-tarixi -pdf

Suriya, Finikiya va Falastin (manbalar va tarixnavislik).
O 'rtayer dengizining sharqiy sohillarida yashagan qadimgi qabi­
lalar, etnik guruhlar va xalqlar tarixini o'rganishning asosiy man­
balari qatoriga qo'shni Misrning El-Amam a arxivi, xettlarning 
diplomatik hujjatlari, ossur podsholigining m a'm uriy yozishmalari. 
shuningdek, mahalliy manbalar, yozma hujjatlar, adabiy-diniy yod- 
gorliklar, shu jumladan. Bibliya kitobi kabilar ham katta ahamiyat­
ga egadir. Dengizbo'yi xalqlari tarixi va madaniyatini o'rganish­
da Ugarit arxividan topilgan Ras-Shamra hujjatlari ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ras-Shamra matnlarida mamlakatning iqti­
sodiy, siyosiy, diniy e'tiqodi bilan bog'liq, shuningdek, mahalliy 
ugarit yozuv tizimi haqida m a’lumot berilgan. O 'rtayer dengizi­
ning Sharqiy sohilidagi k o 'p joylardan juda ko'p qadimgi yozuvlar 
topilgan, hali ular o'qib chiqilganicha yo'q. Shimoliy Suriyaning 
epigrafik yodgorliklari orasida m. av. yashagan Xamat shohi. m. 
av. IX asrda yashagan Meshi shohining Iordaniyadagi yozuvlari 
ham mamlakat tarixini o'rganishda qimmatli manba hisoblanadi. 
Falastindan m. av. IX asrga mansub dehqon taqvimi topilgan. Unda 
Iyerusalim (Quddus) va uning atroflaridagi suv tarmoqlari - in- 
shooti haqidagi hujjatlar bor.
1974-1975-yillarda italiyalik arxeologlar Urning qadimgi Ebla 
shahri arxivini topishga muyassar bo'ldilar. Bu arxivda 16000 ga 
yaqin klinopis - ponasimon lavhalar bo'lib. ularning asosiy qis­
mi shumer tilida. bir qismi qadimgi Xanaan yozuvida bitilgan 
bo'lib, uni olimlar eblait yozuvi deb nomlaganlar. Bu arxiv diplo­
matik, m a’muriy, xo'jalik, diniy va maorifga oid matnlardan iborat 
bo'lgan.
Qadimgi shoh arxivi m. av. Ill mingyillikning 2-yarmiga man- 
subdir. Sharqiy O 'rtayer dengizi sohilidagi mamlakatlardan moddiy 
madaniyat yodgorliklari ham ko'plab topilgan. Bu jihatdan nemis 
arxeologi Sellinning 1907-yilda Iyerixondagi qazish ishlari juda
168


katta ahamiyatga ega bo'ldi. 30-50-yillar orasida Kenion boshliq 
amerikalik arxeologlar Iyerixonda qazish ishlarini olib bordilar.
Sellin ekspeditsiyasi madaniy yodgorlikdan qadimgi Xanaan 
va Isroil qatlamlarini ochgan bo'lib, arxeolog olimlar ularda Xett 
m e’morchiligining ta’sirini payqaganlar. Kenionning yangi qa- 
zishmalari natijasida u yerdan Iyerixonning eng qadimgi tarixiga 
oid juda boy arxeologik buyumlar topganlar. Bular Iyerixonning 
sopolsiz neolit, so'nggi neolit va eneolit davriga mansub ashyoviy 
buyumlar edi.
Qadimgi Megiddo, Gezyer va Laxishdagi qazishmalar vaqtida 
m.av. II mingyillikka oid ashyolar topilgan. Bu buyumlarning ak- 
sariyati M isrdan topilgan buvumlarga juda-juda o'xshaydi. Keyin- 
gi villarda arxeologlar Finikiya, Damashq yaqinidagi Tela-Ramat, 
Bibl. Tir va Sidondagi yangi qazishmalari natijasida juda ko'p 
arxeologik buyumlarni qo'lga kiritdilar.
XX asrning 70-yillarida Akko shahri yaqinidan m.av. XIV— 
XIII asrlarga mansub “savdogar-jangchilarning” mozorlari topib 
o'rganildi. Bu yodgorlikning madaniy qatlamlaridan, Egey dunyo- 
si, Misr, Kavkazorti, Mesopotamiya va Kiprdan keltirilgan juda 
boy buyumlar majmuasi topilgan.
O 'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlar tarixi va 
madaniyatini o'rganishda Bibliya - Tavrot, Zabur kitoblari ham 
muhim manba hisoblanadi. Unda bu yerda hukmronlik qilgan 
shohlar Dovud, o 'g 'li Sulaymon haqida ham k o 'p m a’lumot olish 
mumkin.
Qadimgi Bibl iya. Tavrot haqida XVII asrda yashagan faylasuf 
Spinoza (1632-1677) va Y. Belgauzen (1844-1918) kabilar tan- 
qidiy mulohazalar bildirgan.
O 'rtayer dengizi sohilidagi qadimgi davlatlar va Bibliya o'zga- 
rishga N. M. N ikolskiy. A. B. R anovich, ch et el o lim larid an
P. Monte. M. Dyunan, L. Vulli va boshqalar katta hissa qo'shgan- 
lar. Bu o'lkaning qadimiy yozuvlarini o'qib chiqish bilan G. Bauer, 
Sh. Virollo va E. Doromlar shug'illanishgan. 
h
O 'rtayer dengizining sharqidagi qadimgi davlatlar tarixi va 
madaniyati bilan U. F. Olbrayt, A. Ollisted, P. Xitti, S. Moskati, D. 
Mellart, R. de Vo va boshqa olimlar shug'illangan.
169


O 'rtayer dengizining sharqidagi qadimgi davlatlarning tarixi va 
madaniyati bilan X. A. Kink, V. V. Struve. B. A. Turayev, V.I. Avdi- 
yev va boshqa mashhur olimlar ham shug'illanganlar. Keyingi 
vaqtda bu mamlakatlar tarixini o'rganishda V.I. Kuzishinning ham 
xizmatlari katta ekanligini qayd etish kerak.

Download 12,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish