Oliy maktab o'qituvchisining samarali faoliyati uning chuqur va rang-
barang kasbiy bilimlari, dars berish metodikasini egallanganligi, o'z
mehnatining psixologik asoslarini hisobga olishi bilan bog'langan.
Bu vazifalarning hal qilinishida pedagog shaxsiga muhim ahamiyat
beriladi.
5.2.1. O'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar:
Oliy maktab o'qituvchisi shaxsiga jiddiy talablar qo'yiladi. Ular
pedagoglar va psixologlar tomonidan chuqur o'rganilgan. O'qituvchi
shaxsiga qo'yiladigan eng muhim talab uning yuqori malakali bo'Iishidir.
Balki uningsiz pedagogik faoliyat yuritib bo'lmaydi. Oliy maktab
o'qituvchisi ham shunday talablarga javob berishi kerakki, bunda talablar
uni yuksak darajada bo‘Ig‘usi mutaxassisni shakllantiradigan shaxs
darajasiga ko‘tarsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |