Etkazilgan zararni to‘lash
Zarar etkazilganda qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lsa, huquqbuzar zararni qoplash ko‘rinishidagi javobgarlikka tortiladi. Fuqarolik qonunchiligida javobgarlikning delikt va shartnomaviy turlari farqlanadi. Tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari holatlarida ko‘proq delikt ko‘rinishidagi javobgarliklar vujudga keladi. Binobarin, bemor va davolash- profilaktika muassasalari o ‘rtasida, shu jumladan sog‘liqni saqlashning nodavlat tizimida ham, shartnomaviy munosabatlar kamdan-kam holatlarda o‘rnatiladi. Shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari delikt javobgarlikda umumiy obyektiv mezonlarga asoslansa, shartnomaviy javobgarlikda g‘ayriqonuniy harakat faqat shartnomada nazarda tutilgan talablarining buzilishini anglatadi. Ta’kidlash lozimki, shartnomaviy javobgarlik hajmi delikt javobgarlikdan kam bo‘lmasligi lozim, qoplanadigan zarar hajmi esa umumiy qoidalarga nisbatan orttirilishi mumkin.
Fuqarolik qonunchiligida deliktning umumiy tamoyillari mavjud bo‘lib, ularga muvofiq bir shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga zarar etkazishning o ‘zi etkazilgan zarami qoplash majburiyatini yuzaga keltiradi. Shunday qilib, fiiqaro yoki yuridik shaxsning mulkiga yoki nomoddiy ne’matlarga zarar etkazish faktining mavjudligi delikt javobgarlikning vujudga kelishi uchun asos hisoblanadi (E. A. Suxanov, 1998).
Qonunchilikka muvofiq shaxsiy nomulkiy huquqlariga
shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro‘si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sir va boshqalar taalluqlidir. Shaxsga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va tug‘ilgandan boshlab yoki
qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne’matlar tortib olinmaydi va o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi ( 0 ‘zR FK 99-modda).
Ushbu muammo tibbiy xodimlar va muassasalar faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tibbiy yordam ko‘rsatishning noxush oqibatidagi zarami qoplash da’vosi bilan bog‘liq bo‘lgan fiiqarolik ishlarining ortishi ham tasdiqlaydi (G. A. Pashinyan va boshq., 2008). Binobarin, qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi huquqiy (intizomiy, ma’muriy, jinoiy) javobgarliklarga tortilish fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan, ya’ni zarami qoplashdan ozod etmaydi. A. V. Tixomirov (2000) xattoki maxsus “yatrogen delikt” atamasini taklifetgan bo ‘lib, u vrach tomonidan bemorga etkazilgan zarami qoplashni ko‘zda tutadigan huquqbuzarlik tushunchasini anglatadi.
Fuqarolik qonuni zarar etkazuvchi aybining usivorligi nazarda tutadi. Shu nuqtai-nazardan jabrlanuvchi zarar etkazuvchining aybini, uni harakatlarining g‘ayriqonuniyligini isbotlashi shart emas, ayni vaqtda aybsiz ekanligini isbotlash bilan u fuqaroviy- huquqiy javobgarlikdan ozod etiladi. Masalan, bemor tibbiy xodimni o‘z kasb vazifalarini lozim darajada bajarmaganlikda ayblaganda, vrach o‘z harakatlarini qonuniy ekanligi, aybi yo‘qligini isbotlamaguncha, aybdor hisoblanadi.
O ’zR FK 14-moddasiga muvofiq, agar qonun yoki shartnomada zarami kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs o‘ziga etkazilgan zaraming to‘la qoplashini talab qilishi mumkin.
Tibbiy xodimlami kasb vazifalarini lozim darajada bajarmagan holatlarda qo‘llaniladigan va nisbatan keng tarqalgan fuqaroviy-huquqiy munosabati shakli bu zarami qoplashdir. Zarar o‘z navbatida haqiqiy zarar va boy berilgan foydaga farqlanadi. Haqiqiy zarar huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan harajatlari, uning mol- mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishini anglatadi.
Tibbiy xodimlarning faoliyatiga nisbatan haqiqiy zarar davolanish, qo‘shimcha ovqatlanish, sanatoriya-kurortlarda sog‘liqni tiklash, dori-darmonlar va turli xil maxsus vositalar uchun sarflangan harajatlarni o‘z ichiga oladi. Ayni vaqtda ta’kidlash lozimki, sud zarami qoplash haqida qaror qabul qilishda o ‘tkazilgan tibbiy-mehnat, baxsli holatlarda esa sud-tibbiy ekspertiza natijalariga tayanadi.
Olinmay qolgan daromadni odatdagi fuqarolik muomalasida olishi mumkin bo‘lgan, ammo bemor ololmay qolgan ish haqi yoki boshqa daromadlar tashkil etadi (boy berilgan foyda).
Do'stlaringiz bilan baham: |