Bog'liq Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.
Medikotanaziyabedavo bemorlaming azob, uqubatlarini turli xil konservativ, simptomatik davolash usullari yordamida
engi11ashtirishni anglatadi. Ushbu harakatlar tibbiy etika va huquq me’yorlariga zid kelmaydi.
Medikotanaziya muammosi palliativ yordam masalasi
bilan bevosita bogiiqdir. Jahon Sogiiqn saqlash tashkilotining ta’rifiga binoan, palliativ yordam - davosiz kasallik bilan og‘riga bemomi toiaqonli aktiv parvarish qilishni nazarda tutadi. Uning maqsadi bemor va uning oilasi uchun eng yaxshi hayot tarziga erishishdir. Palliativ parvarish hayotni ulugiaydi va o‘limga odatiy tabiiy jarayon sifatida qaraydi. U oiim ni na tezlashtiradi va na uzoqlashtiradi.
Umidsiz bemorlarga palliativ terapiyani tashkil etishda tibbiy ko‘rinishdagi bosh masala hayotni cho‘zmaslik, og‘riqlami kamaytirishvaqolganhayotsifatinimaksimaldarajadayaxshilashdan iboratdir. Shu sababli palliativ yordam ko‘rsatishda an’anaviy tibbiy amaliyotning qator klassik holatlarini qaytadan ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, “odatdagi” bemorga mos bo igan yordam, oiim arafasidagi bemorga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shu munosabat bilan palliativ terapiya o ‘tkazuvchi vrachlar, ayniqsa umumiy amaliyot vrachlarining kasbiy tayyorgarligining talab darajasida boiishi o‘ta muhimdir. Binobarin, aksariyat holatlarda hayoti so‘nayotgan bemorlarga aynan ular tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi.
Insoniyat tarixida oiim arafasida boigan bemorlarni parvarish qiluvchi diniy va boshqa hayriya tashkilotlari boigan. Rak kasalligidan vafot etayotgan bemorlarni paravarish qiluvchi va xospis deb nomlanuvchi ilk tashkilot Jiyan Game tomonidan 1842 yilda Frantsiyaning Lion shahrida tashkil etilgan.
asrda hayoti so‘nayotgan insonlami paravarish qiluvchi va xospis deb nomlanuvchi birinchi ixtisoslashgan tashkilot 1947
yilda Sessiliya Sonders tomonidan London shahrida tashkil etilgan. Shu erda u keyinroq, 1967 yilda ilohiy Xristofor nomli namunaviy ko‘rinishdagi muruwat uyiga asos solgan. Xospisda bemorlarni parvarilash nafaqat tibbiy muolajalar o ‘tkazishni, balki ularga
psixologik yordam berishni o‘z ichiga oladi.
Xospislar ochishni faol tashviqotchilaridan bin mashhur amerikalik jumalist Viktor Zorzadir. 1977 yilda Zorza oilasi mudhish fojeani boshidan kechiradi - oilaning yolg‘iz farzandi, qizi Djeyn davosiz rakdan vafot etadi. Unarming oxirgi 8 kunini u Oksforddagi xospisda o‘tkazadi va o'limidan oldin u ota-onasiga bu kunlar hayotining eng baxtli kunlari bo‘lganligini ma’lum qilib, ulardan qolgan hayotlarini butun dunyoda xospislar tashkil qilishga bag'ishlashlarini iltimos qiladi. Qizlarini dafh etgandan so‘ng, Zorzalar oilasi AQSHda xospislar tashkil qilish bo‘yicha umummilliy kompaniya o‘tkazadilar. Umummilliy “Hospice action” qo‘mitasi tashkil etilib, unga mashhur insonlar a’zo bo'ldi. “Hayotni to‘liq yashash. Insondek o'lish” kabi so‘zlar V. Zorzaga tegishlidir.
Ko‘plab davlatlarda xospislar tarmog‘i tuzilgan bo‘lib, ular ham ambulator va ham statsionar yordam ko'rsatadilar. Rivojlangan davlatlarda odatda 450-500 ming aholiga bitta xospis ochiladi. Sobiq ittifoq hududida birinchi xospis faqat 1990 yildagina Sankt- Peterburg yaqinidagi Laxteda ochilgan.