Z. A, G‘iyosov


Miya o‘limini aniqlash muammosi



Download 10,66 Mb.
bet10/45
Sana11.06.2022
Hajmi10,66 Mb.
#656189
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Miya o‘limini aniqlash muammosi


Murdadan a’zo va to‘qimalami olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biri a’zolarning donordan olinadigan muddatini, va u bilan uzviy bog‘liq holatda o‘lim yuz bergan vaqtni aniqlashdir. Tabiiyki, o‘z faoliyatini keyinchalik davom ettira oladigan tirik a’zo va tirik to‘qimagina ko‘chirib o ‘tkazish uchun olinishi mumkin. Shu sababli shaxsning o ‘limi va transplantantni olish oralig‘idagi vaqtni imkon darajasida qisqartirish zaruriyati tug‘iladi.
Klinik o‘lim organizmning hayot va o‘lim o‘rtasidagi oraliq bosqichi bo‘lib, yurak va nafas to‘xtagandan so‘ng qisqa muddat oralig‘ida (5-6 daqiqa) bosh miyaning oliy qismlari faoliyati davom etadi. Ushbu holatni huquqiy va etika nuqtai-nazaridan o‘lim sifatida baholash mumkin emas, binobarin organizmni qayta tiriltirish imkoniyati saqlanadi. Keyinroq yurak va nafas faoliyati tiklanmasa, bosh miyada orqaga qaytmas o‘zgarishlar vujudga keladi va o‘lim yuz beradi.
Anesteziologiya va reanimatologiyaning zamonaviy imkoniyatlari insonni hamma vaqt hayotga qaytarish imkonini bermasa ham, ammo miya o‘limidan so‘ng a’zo va to‘qimalarda hayotiy jarayonlami uzoq muddat davomida saqlab turishi mumkin.
Shu sababli reanimatsion tadbirlami to‘xtatish va keyinroq a’zo yoki to‘qimalami olishning maqsadga muvofiqligi donorning individ sifatida hayotga layoqatliligi masalasiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Vrachlar konsiliumi tomonidan belgilangan tartibda o‘lim fakti qayd etilgandan so‘ng reanimatsion chora-tadbirlami yana davom ettirishga ehtiyoj qolmaydi. Professor S. Ya. Doletskiy qayd etganidek, “bemorning hayoti uchun kurashish, dogma ko‘rinishidagi fikrlaming mavjudligiga qaramay, faqatgina uni qutqarib qolishga umid bo‘lgandagina adolatlidir”.
Haqiqatdan ham, reanimatsion chora-tadbirlaming maqsadga muvofiqligi va asoslanganligi faqat organizmning hayotiy muhim faoliyatlarini to‘laqonli tiklash imkoniyatining mavjudligi bilan belgilanadi. Bosh miya hujayralarining o‘Iimi yuz bergandan so‘ng ularni davom ettirishdan ma’no qolmaydi.
Reanimatologiyaning zamonaviy yutuqlari xushni qayta tiklashga umid qolmagan holda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi yordamida yurak faoliyatini turg‘un saqlab turish imkonini beradi. Bosh miya o‘lgan, qon aylanish va nafas sun’iy tarzda ushlab turilgan odamni tirik deb hisoblash mumkin emas (A. P. Gromov, 1976). V. A. Negovskiy (1977) fikricha, ongli hayotga hech qachon qayta olmaydigan bunday holatni odam yoki shaxs sifatida atab bo‘lmaydi, u qarindoshlari va yaqinlari uchun faqat ma’no- maqsadsiz azob manbaiga aylanadi.
Miya o‘limi haqida qaror qabul qilish va shundan so‘ng reanimatsion tadbirlami to‘xtatish vakolati vrachlarga berilgan. Hayotni sun’iy tarzda ushlab turish texnologiyasining rivojlanishi munosabati bilan o‘lim faktini qayd etish masalasida muammolar yuzaga kelishidan tashvishga tushgan Anesteziolog va reanimatologlammg Xalqaro kongressi uzoq 1957 yildayoq o‘sha vaqtdagi katolik cherkovining rahbari Papa Piy Xllga murojaat etib, o‘lim va hayot o‘rtasidagi chegarani aniqlashda qanday mezonlarga amal qilish masalasiga aniqlik kiritib berishini so‘raganda, u o‘lim
faktini aniqlash vrachning ishi ekanligini e’tirof etgan. Zero, o‘lim faktini qayd etish mas’uliyati ruhoniyga emas, balki aynan vrachga taalluqli ekanligini cherkov ham ma’qullaydi.
Miya oiim i - bu mustaqil nafasning to‘xtashi va barcha o‘zak reflekslarini so‘nishi, qayta tiklanmaydigan hushsizlik holati bilan namoyon boiadigan bosh miyaning, shu jumladan uning o‘zak qismlarining ham oiishidir (A. M. Gurevich, 1997). Miya
oiim i haqidaga bu kontseptsiya ilmiy asoslangan, etarli darajada isbotlangandir. Ushbu fikr bosh miyada qaytmas o‘zgarishlaming rivojlanishini odamning individ sifatida oiimiga tenglashtiradi. Ayni vaqtda mazkur talqin o iim haqidagi odatiy tasavvurlarga nafaqat mos kelmaydi, balki ma’lum ma’noda ulami inkor ham etadi. Binobarin, u bo‘yicha yurak faoliyati, hayotning boshqa belgilari saqlangan holatda odam оigan db hisoblanadi Shu munosabati bilan oiim faktini qayd etish amaliyoti murakkab va jiddiy ko‘rinish oladi. Mazkur jarayon tajribali mutaxassislar konsiliumi tomonidan zamonaviy klinik va paraklinik tekshiruv usullaridan foydalanilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Ma’naviy-axloqiy va huquqiy jihatlarini inobatga olganda
o iim vaqtini qayd etish mezonlari quyidagi talablarga mos boiishi lozim:

      1. Ilmiy asoslanganligi, ya’ni kimni qutqarish mumkin, kimni esa - yo‘qligini ishonchli va etarli darajada aniq farqlash imkonining mavjudligi;

      2. Amaliy jihatdan qulayligi, ya’ni ko‘p mutaxassislar, ortiqcha harakatni talab etmasligi;

      3. Ob’ektivligi, lozim darajadagi malakaga ega boigan har qanday mutaxassis tomonidan bir xilda tushunilib, qoilanilishi, shuningdek har bir holatda to‘g‘ri foydalanilganini tekshirish imkoniyatining mavjudligi;

      4. Jamiyatdagi hukmron madaniy va ma’naviy qarashlarga

mosligi.
Rossiya Federatsiyasining 1993 yilda qabul qilingan
“Miya o‘limi tashhisi asosida odam o‘limini qayd etish haqidagi Yo‘riqnoma”ga muvofiq miya o‘limi odam o‘limiga tenglashtiriladi va u ishlab turgan yurak va o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi fonida bosh miya faoliyatinin to6liq va qayta tiklanmaydigan to‘xtashida namoyon bo‘ladi. Miya o‘limi tashhisini qo‘yishda uning vujudga kelish sababi va mexanizmi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Dori-darmonlaming markaziy nerv tizimi va nerv-mushak o‘tkazuvchanligiga falajlovchi ta’siri, zaharlanishlar, metabolik
o‘zgarishlar va miyaning infektsion omil ta’sirida shikastlanishi kabi holatlami istisno etilishi miya o‘limi tashhisotining asosiy shartlaridan hisoblanadi.
Ushbu yo‘riqnomaga muvofiq Rossiya Federatsiyasida miya
o‘limi tashxisi tajribali, soha bo‘yicha 5 yildan kam bolmagan ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan qo'yiladi va tasdiqlangan shakldagi “Miya o‘limini aniqlash bayonnomasi” bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya tarkibida boshqa mutaxassislar bilan bir qatorda anesteziolog-reanimatolog va nevropatologning bo‘lishi shart ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Miya o‘limi tashhisini belgilangan tartibda qo‘yilishi va mos tarzdagi hujjatning rasmiylashtirilishi reanimatsion chora- tadbirlarni to‘xtatish uchun asos hisoblanadi.
Albatta, murdadan a’zo va to‘qimalami ko‘chirib o‘tkazish uchun olish rejalashtirilgan holatlarda komissiya tarkibiga a’zolami olish va transplantatsiya amaliyotida ishtirok etuvchi mutaxassislami kiritish mumkin emas.
0 ‘lim faktini qayd etuvchi aniq mezonlaming yo‘qligi tibbiy xodimlar faoliyatida jiddiy qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi bilan bir qatorda, ulaming ayrim holatlarda murakkab vaziyatda qolishiga sabab bo‘ladi. Miya o‘limi haqida aniq va ishonchli tarzda tuzilgan tibbiy-huquqiy tushunchaning mavjudligi vrachga reanimatsion tadbirlarni to‘xtatish haqida asosli qaror qabul qilish imkonini beradi.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston
Respublikasining Qonuniga muvofiq o‘lim faktini qayd etish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi (40-modda). Chet davlatlar tajribasi ushbu tartib (qoida, yo‘riqnoma) asosan anesteziolog-reanimatolog va nevropatologlar tomonidan ishlab chiqilishi lozimligidan dalolat beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1992 yil 21 oktyabrdagi 551 - son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Murdalar sud-tibbiy ekspertizasi qoidalari”ga muvofiq (11 ilova, 1. 13 band) murdaning sud-tibbiy ekspertizasi ilk murda o‘zgarishlari vujudga kelgandan so‘ng (murdaning sovushi, murda dog‘i, murda qotishi) boshlanishi mumkin. 0 ‘limdan so‘ng transplantatsiya uchun a ’zo va to‘qimalami imkon darajasida qisqa muddatlarda olish lozimligini inobatga olib, qoidalar 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘lim fakti qayd etilib, mos tarzdagi hujjat rasmiylashtirilgan holatda yuqorida qayd etilgan o‘zgarishlar rivojlanishini kutmasdan murda tekshiruvini boshlashga imkon beradi. Ushbu hujjatning bir nusxasi ekspertiza tayinlangan sud-tibiy ekspertga topshiriladi, va sud- tibbiy ekspertiza muassasi arxivida xulosa nusxasi bilan birgalikda saqlanadi.



Download 10,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish