Mashg’ulot maqsadi:Laboratoriya mashg‘ulotida talabalarni YUSSX usulini dori moddalar tahlilida qo‘llashni o‘rganish.
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida kutilayotgan natijalar:
Talabalarga YUSSX tahlil asoslarini o‘rgatish, YUSSX usulida dori vositalarini tahlilini amalga oshirish uchun zarur shart sharoitlarni yaratish.
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish uchun zarur asbob-uskunalar:Darslik, ma’ruza matni, o‘quvqo‘llanmalar,xromatografik kolonkalar, YUSSX qurilmasi, analitik tarozi, Distillyator, voronka, mikroshprits, probirkalar, reaktivlar, ko‘rgazmalimateriallarlar, skotch, filtr qog‘oz.
Boshqa xromatografik usullarga o‘xshash YUSSX usulda dori vositalarini sifatini aniqlash bilan bir qatorda miqdoriy tahlilini olib borish mumkin. Hosil bo‘ladigan piklarni hajmi, yuborilgan moddaning hajmiga to‘g‘ri proporsionalikka bog‘liqdir.
Gaz xromatografiyasiga asosan, bu usulda ham piklarni hajmini aniqlashda pikning balandligini uning o‘rta kengligining yarim qiymatini ko‘paytmasi bilan yoki elektron integrator yordamida aniqlash mumkin.
Miqdoriy tahlil usulini olib borish ayrim kamchiliklardan holi emas. Bular kolonkaga shprits yordamida yuborilganda namunani to‘liq kolonkaga tushmasligi yoki kolonkadagi bosimni kuchligiga asoslanib shprits porshenlariga teskari ta’sir natijada ma’lum miqdorda moddalarn yo‘qotilishini kuzatish mumkin. SHuning uchun miqdoriy tahlil natijalarini aniq olib borish maqsadida ichki standart eritma bilan taqqoslab olib borishni keng yo‘lga qo‘yilgan. Bunda taqqoslovchi sifatida mos standart moddani tanlash kerakki, u hosil qiladigan pik aniq masofada bo‘lishiga erishishga harakat qilish kerak. Ana shu standart moddaning pikiga nisbatan olib borilgan tahlil natijasida yuqorida keltirilgan xatoliklarni oldini olishga erishiladi.
YUSSX tahlilda detektorni ko‘rsatkichi moddaning konsentrsiyasiga to‘g‘ri proporsionaldir. O‘zi yozib beradign moslama tekshiriluvchi moddani konsentrsiyasini o‘zgarishini va uni hosil bo‘lish vaqtni ќisobga oladi.
Detektorni ko‘rsatmasi har bir aniqlanuvchi moddaga aloќida spektral xususiyatni olishni tavsiya etiladi.
Hosil bo‘lgan spektral chizmalardagi cho‘qqilarni sifatini tahlil qilishda:
CHo‘qqilarni yuzasini yoki balandligini planimetrik usulda o‘lchash.
Xromatogrammadagi cho‘qqi chizmasi konturu bo‘yicha qirqib olib, uni tortish usulida olib borish.
CHo‘qq chizmasi balanligini uning balandligi yarmidagi kengligiga μ1/2 ko‘paytmasi bilan S=h. μ1/2.
Balandlikni bir nechta darajalarida o‘lchalgan kenglikning o‘rtacha qiymatiga ko‘paytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |