II-BO’LIM. QURILISH TEXNOLOGIYASI VA UNI TASHKIL ETISH BO’LIMI
2.1 Zamin va poydevorlarni qurish texnologiyasi
Poydevor (Fundament) (lotincha: fundamentum — asos) — inshootning ost qismi. Poydevor inshootdan o’ziga tushayotgan yuklarni qabul qilib tabiiy yoki sunʼiy zaminga uzatadi. Poydevor turlari qurilish maydonining geologik va gidrogeologik shart-sharoitlariga, quriladigan imorat yoki inshootning vazifasiga, tushadigan ogʻirlikka qarab tanlanadi. Qatlam grunti xususiyati, yer osti suvlarining sathi, zaminga taʼsir etuvchi yuk (kuch) qiymati hamda xususiyati va boshqaga qarab, poydevorlar sayoz yoki chuqur joylashgan boʻladi. Bizning Toshkent-Keles temir yo’l liniyasidagi 9,3+23,6+9,3m sxemali temirbeton yo’l o’tkazgich qurilishini tashkil etish loyihasi mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimda poydevorlar sayoz joylashgan.
Qurilishda poydevorga katta ahamiyat beriladi, chunki imorat yoki inshootning mustahkamligi, uzoq davrga chidashi, koʻrkamligi koʻp jihatdan poydevorga bogʻliq.
Poydevor kotlovanlarini qazishda teskari kovushli ekskovatorlardan foydalanamiz.
2.2-rasm Ekskovator yordamida kotlovan qazish
2.3-rasm Beton mikserlari yordamida poydevor quyish
2.4-rasm Buldozerlar yordamida kotlovanni qayta ko’mish
2.5-rasm Buldozerlar yordamida yer ishlari
2.2 Tayanchlarni qurish texnologiyasi
Yig‘ma va yig‘ma-monolit tayanchlar ularning loyihaviy shakllarini, o‘lchamlarini va yuza qismining tekisligini ta’minlovchi opalubkada betonlanadi. Opalubkaning konstruksiyasi tayanchning shakliga va undan qayta foydalanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Statsionar opalubka kichik va o‘rta ko‘priklarning murakkab shaklga ega bo‘lgan chetki va oraliq tayanchlarini betonlashda qo‘llaniladi.
Yig‘ma tayanchlarning montaji elementlarni tayyorlash va ularni yig‘ish, poydevor elementlarni vaqtinchalik mustahkamlab va montaj qilib bo‘lingandan so‘ng tutashma joylarini monolitlab o‘rnatishga tayyorlashdan iboratdir. Tayanchlar poydevorning ustki qismiga mustahkamlab o‘rnatiladi va yig‘ish tugatilgandan so‘ng tayanch tanasi beton bilan to’ldiriladi.
So‘ngra ustunlar ustiga shu kran yordamida rigel o‘rnatiladi, rigelning tutashma joylari betonlab monolitlanadi. Rigelni o‘rnatish va tutashma joylarini monolitlash uchun ustunlarga podmostlar mahkamlanadi. Rostverksiz ustunli tayanchlarda rigel qoziqlar yoki obolochkalar ustiga o‘rnatiladi va tutashma joylari monolitlanadi. Qurilish ishlari qish mavsumida bajarilganda, birlashma betoni muzlab qolguniga qadar o‘zining 100% loyihaviy mustahkamligiga erishgan bo‘lishi lozim. “Termos” usulini qo‘llash yotqiziladigan beton hajmi oz bo‘lganda maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Qorishma issig‘ini saqlash o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan elektrod usuli bilan elektr vositasida isitish yoki issiqhonalar qurish orqali ta’minlanadi. Bunda beton qorishmasi ichiga diametri 6÷10mm bo‘lgan sterjenli elektrodlar tushiriladi va qotayotgan betonning qarshiligi qanchaga oshsa, kuchlanish ham shunga qarab oshiriladi. Yig‘ma-monolit tayanchlarning konturli bloklari kranlar yordamida yarus–yarus qilib (har bir yarusda to‘rt qatorgacha) sement-qum qorishmasi ustiga qo‘yiladi. Bloklar diametri 12mm bo‘lgan, bloklardan chiqarilgan diametri 22mm bo‘lgan ilgaklarga payvandlangan tortqichlar bilan birbiriga mahkamlanadi. Bloklarning holati ichki podmostlardan turib regulirovka qilinadi.
2.6-rasm Oraliq tayanch tanasini montaj qilish
2.7-rasm Chetki tayanch tanasiga beton olish
2.8-rasm Chetki tayanch shkafnoy bloklarini montaj qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |